Connect with us

Jamiyat

“Qarzimni uzish uchun urushga bordim” – Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

Published

on


Namangan shahrida yashovchi 50 yoshli shaxs pul uchun Rossiya armiyasiga yollanib, Ukrainaga qarshi janglarda ishtirok etgani ma’lum bo‘ldi. U frontda mina portlashi oqibatida yaralangan va vaqtincha harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgach, O‘zbekistonga qaytgan. Sudlanuvchi odamlardan qarz bo‘lib qolgani sababli bu ishga qo‘l urganini aytgan.

Rossiya armiyasiga yollangan o‘zbekistonlik shaxs jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hukmi bilan tanishdi.

Sud hujjatida keltirilishicha, Namangan shahrida yashovchi, 1975 yilda tug‘ilgan Sh.M. ishlab pul topish maqsadida bir necha bor Rossiya davlatiga borib kelgan. U 2025 yil 10 aprel kuni Rossiyaga borgan. 15 aprel kuni moddiy boylik orttirish maqsadida Rossiya armiyasi safida xizmat qilish bo‘yicha shartnoma imzolagan. So‘ngra oddiy askar unvonini olib, haydovchi-chilangar vazifasida xizmat qilishga kirishgan.

Sh.M. 2025 yil 20 aprel kuni Luhanskdagi harbiy lagerga olib borilgan. 2 hafta davomida o‘sha yerda harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan. 2025 yil 5 may kunidan esa Ukrainaga qarshi urushda ishtirok eta boshlagan. Biroq oradan 4 kun o‘tib, 9 may kuni mina portlashi oqibatida chap oyog‘idan yaralangan.

Sh.M. sudda aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan hamda odamlardan qarz bo‘lib qolgani sababli bu ishga qo‘l urganini aytgan.

“2012 yilda ishlash maqsadida Rossiyaga borib, 2013 yilda qaytib kelganman. 2024 yil 10 noyabr kuni Rossiyaning Ivanovo shahriga bordim va u yerdagi tekstil korxonasida usta bo‘lib ishlay boshladim. 2025 yil 4 aprelda yashash uyimga qaytib keldim. O‘zbekistonga kelishimning asosiy sababi Rossiyaga qaytib borib, Ukrainaga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etish istagim borligini oilamga bildirish hamda yaqinlarim bilan xayrlashish bo‘lgan. Biroq bu haqda oila a’zolarimga aytmadim.

2025 yil 10 aprelda Rossiyaning Ivanovo shahriga qaytdim va o‘sha yerdagi Mudofaa ishlari bo‘limiga borib, Rossiya Qurolli kuchlari tarkibiga kirish bo‘yicha bir yillik shartnoma imzoladim. Buning uchun menga 1 mln rubl miqdorda pul mablag‘i berildi.

2025 yil 20 aprel kuni meni va Rossiya Qurolli kuchlari safiga kirgan boshqa shaxslarni Luhanskning Markovka shahrida joylashgan harbiy lagerga olib borishdi. Bu yerda harbiy xizmatchilar ikki hafta davomida bizga AK-74 qurolini otish va dushman hujumidan himoyalanishni o‘rgatishdi. Qo‘l granatalaridan foydalanish, piyodaga va tankka qarshi minalarni aniqlash esa qisman o‘rgatildi.

2025 yil 9 may kuni xizmat vazifamni olib borish davomida Ukraina harbiylari tomonidan qo‘yilgan minani bosib olib, chap oyog‘imdan yaralandim. Meni avvaliga Luhanskdagi harbiy gospitalga olib borishdi. U yerda birinchi yordam ko‘rsatilgach, Belgorod shahridagi harbiy gospitalga jo‘natishdi”, degan erkak suddagi ko‘rsatmasida.

Shundan so‘ng u 5 iyunga qadar harbiy gospitalda davolangan. 2025 yil 6 iyun kuni esa Sh.M. harbiy tibbiy komissiya tomonidan vaqtincha harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan va unga reabilitatsiya uchun 6 iyulgacha ta’til berilgan.

“Bir muddat Ivanovo shahrida dam olib, qilgan ishlarim xato ekanini angladim hamda O‘zbekistonga qaytishga qaror qildim. Rossiyada ishlovchi boshqa davlat fuqarolaridan taxminan 5 ming dollar qarzim bo‘lgan. Ular qarzni qaytarishimni talab qilishgan. Ilojsizlikdan Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi jangovar harakatlarda ishtirok etish orqali ushbu qarzlarimni qoplamoqchi bo‘ldim”, degan Sh.M.

U 2025 yil 4 iyul kuni O‘zbekistonga qaytib kelgan. So‘ngra o‘zi Davlatobod tumani IIBga borib, bo‘lgan holatlarni aytib bergan, tuzgan shartnomasi va boshqa hujjatlarni ixtiyoriy ravishda topshirgan.

JIB Pop tuman sudining hukmi bilan Sh.M. Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish) 1-qismi hamda 154-1-moddasi 1-qismida (chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 3 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Avvalroq frontda Rossiya askarlariga mototsiklda oziq-ovqat yetkazib bergan o‘zbekistonlik yigit ozodlikdan mahrum qilingandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Farzandli bo‘lganda erkaklarga ham qo‘shimcha ta’til taklif qilinyapti

Published

on


Endi ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’til berish belgilanmoqda.

«Milliy tiklanish» partiyasi axborot xzimati xabariga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha birinchi o‘qishda muhokama qilingan loyiha bilan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.

Shuningdek, mehnat bozorida norasmiy bandlikni kamaytirish maqsadida fuqarolarni mehnat shartnomasisiz ishga qabul qilish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etmaganlik, ish haqini vaqtida to‘lamaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi

Published

on


Shahrisabz tumanida baliqchi Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i va 6 dona oddiy qorabaliqni noqonuniy ovlagan. Tabiatga yetkazilgan zarar 12,7 mlrd so‘m hisoblangan.

Foto: Ekologiya vazirligi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanida reyd o‘tkazilgan. Unda Hisor mahallasida yashovchi Y.Q. noqonuniy ravishda Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i (forel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlagani aniqlangan.

Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 749 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.

Avvalroq Zangiota tumanida baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m kompensatsiya hisoblangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda

Published

on


7 may kuni soat 15:00 da «Makro Yangi Zamon» filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Dasturda DJ, boshlovchi va blogerlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar, sovg‘ali o‘yinlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda bepul tatib ko‘rish imkoniyati mavjud. 150 000 so‘mdan ortiq xarid qilganlar sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ko‘chasi 9-uy (Uchxoz).

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ekologiya qonunbuzarliklari uchun jarimalar keskin oshirildi

Published

on


Ekologiya sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Yangi qonunga ko‘ra, jarimalar endi tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga bog‘liq tarzda hisoblanadi.

Jumladan:


daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan yuridik shaxslarga – zararning 3 baravari miqdorida;
daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun – 5 baravari miqdorida;
suvlarni ifloslantirish yoki oqova suvlarni noqonuniy oqizish uchun – 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, avvalgi tartibda jarimalar yetkazilgan zararga mutanosib emasligi sabab ayrim korxonalar uchun jarima to‘lab, faoliyatni davom ettirish osonroq bo‘lib qolgani tanqid qilingan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi

Published

on


Hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 24 aprel kuni vagon ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Jabrlanuvchi 2012 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bola, hodisadan so‘ng tez tibbiy yordam orqali G‘allaorol tumani tibbiyot muassasasiga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolaga tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.