Sport
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
«Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi prezident farmoni e’lon qilindi.
Ulkan g‘alaba — O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan milliy jamoa Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkentga qaytib kelmoqda.
Poytaxtda minglab yurtdoshlar futbolchilarni tantanali kutib olishga shay turibdi. Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning xabar berishicha, milliy jamoa a’zolari sharafiga o‘tkaziladigan tantanali marosimda ularga Prezident sovg‘asi – BYD avtomobillari topshiriladi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi murabbiylari va futbolchilari, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xodimlari milliy jamoaning jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani uchun davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Jumladan, O‘zbekiston milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi, sloveniyalik Srechko Katanets «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi. U salomatligi yomonlashgani tufayli 2025 yil yanvar oyidan milliy jamoadagi ishini davom ettira olmadi.
Shu bilan birga, milliy jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Kapadze Timur Taxirovich «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlandi. U yanvar oyida milliy jamoani Srcheko Katanetsdan qabul qilib oldi va uning zafarli ishini davom ettirdi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidentining birinchi o‘rinbosari Ermatov Ravshan Sayfiddinovich «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.
Farmon bilan taqdirlangan boshqa futbolchilar va xodimlar quyidagilar:
«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan
Abdullayev Abdulla Qaxramonjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Alijonov Xojiakbar Ulug‘bek o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Aliqulov Xusniddin Ro‘zi o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Ashurmatov Rustamjon Elyorovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Bo‘riyev Abdurauf Anvar o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Jiyanov Ruslanbek Muzaffar o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Iskanderov Jamshid Maxmudovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Masharipov Jaloliddin Qadomboy o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Mozgovoy Akmal Vladimirovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Nasrullayev Sherzod Innatillo o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Ne’matov Abduvahid Furqat o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Sayfiyev Farrux Karimovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Sergeyev Igor Vladimirovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Turg‘unboyev Azizbek Murodulla o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
To‘xtaxo‘jayev Islom Saidkamolovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Urunov Oston Rustam o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Fayzullayev Abbosbek Sayidjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Xamrobekov Odiljon Soxibjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Xusanov Abduqodir Xikmatjon o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Shomurodov Eldor Azamat o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Shukurov Otabek G‘ayrat o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Ergashev Botirali Xaydarali o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Erkinov Hojimat Botir o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Eshmurodov Umarbek Yusuf o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Yusupov Utkir Davlatbekovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Alesh Chex – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiysi
Vlado Radmanovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiysi
Yeremchuk Mixail Viktorovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiysi
Martin Magister – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiysi
Nixad Pejkovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiysi
Iseyev Shamil Tagirovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining ilmiy-o‘quv va metodika bo‘limi boshlig‘i
Fazilov Abduraxmon Raximovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi muxlislar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi
II darajali «Salomatlik» ordeni bilan
Aripov Alisher Erkinovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori
«Sog‘lom turmush» medali bilan
Bezborodov Andrey Vladimirovich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi fizioterapevti
Usmanov Islambek Yuldashevich – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi fizioterapevti
Hasanov Axmadjon Diyor o‘g‘li – Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi fizioterapevti
«Shuhrat» medali bilan
Axmedov Davron Uktamovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tarjimoni
Ashirov Shukurullo Shuxratovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi administratori
Igamberdiyev Sherzod Dilmuratovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i
Maksumov Avaz Parxatovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi
Pirmuxamedov Xasan Mirzaxakimovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi fotosuratchisi
Ruziyev Islom Baxrom o‘g‘li – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi video operatori
Salixov Jamoliddin Salaxutdinovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi bosh mutaxassisi
Tadjiyev Sarvar Mirxatamovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining terma jamoalar bo‘limi administratori
Fayziyev Davron Axmedjanovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining marketing va media bo‘limi boshlig‘i
Xakimov Dilshod Maxmudjanovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha maxsus inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i
Sherbayev Jurabek Faziljanovich – O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining muxlislar klubi raisi o‘rinbosari.
Sport
Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.
«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.
Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.
Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.
Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.
«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.
Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.
Sport
Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi
Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Sport
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.
Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.
Sport
O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Sport
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.
-
Iqtisodiyot3 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat3 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot10 hours ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat6 hours ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat5 hours ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
