Iqtisodiyot
Qurilish sanoatida beshta yirik loyiha amalga oshiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-noyabr kuni qurilish materiallari tarmog‘ini rivojlantirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
So‘nggi sakkiz yilda mamlakatimiz aholisi 6 million nafarga ko‘paydi. Shunga mos ravishda yangi uylar, yo‘llar va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini barpo etish ko‘lami kengayib bormoqda. O‘tgan davrda 210 million kvadrat metr turar va noturar joylar foydalanishga topshirildi. Aholi uchun 565 mingta, avvalgi yillarga nisbatan 10 barobar ko‘p xonadon qurildi.
Qurilish materiallarining sanoati uchun ham katta imkoniyatlar yaratildi. Uning hajmi so‘nggi sakkiz yilda 4 barobar o‘sib, joriy yilda 53 trillion so‘mga, eksporti esa 1,1 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Eng muhimi, bu tarmoq Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm va Jizzax viloyatlarining ilgari sanoati bo‘lmagan tumanlarida ish o‘rni va daromad manbai yaratadigan katta “drayver” sohaga aylandi.
Shu bilan birga, sohada mahsulotlar sifati va standartlarga rioya etish, logistika masalalari, yangi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq muammolar saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Jumladan, PVX-quvur, fitinglar, pardozbop tosh va qurilish oynasi ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar mavjud bo‘lsa-da, 2024 yilda ushbu mahsulotlar katta hajmda import qilingani ko‘rsatib o‘tildi.
Taqdimotda kelgusidagi asosiy rejalar bayon qilindi.
Xususan, tarmoqda 2,4 milliard dollarlik 112 ta loyihani amalga oshirish, ular orqali 13,5 mingta ish o‘rinlarini yaratish rejalashtirilgan. Strategik ahamiyatga ega 110 million dollarlik yana 5 ta yirik loyiha amalga oshiriladi. Kelgusi yillarda loyihalar portfelini 3,5 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Prezidentimiz bu loyihalar har bir viloyat va tumanning mavjud zaxiralari, xomashyo bazasi va logistika imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi zarurligini ta’kidladi.
Qo‘shni mamlakatlarda 4 milliard dollardan ziyod qurilish materiallari bozori bor. Bundan tashqari, 26 mamlakatga 9 ta mahsulot eksportini keskin ko‘paytirish imkoni mavjud.
Mutasaddilarga hududlar va tarmoqlarning eksport imkoniyatlarini to‘liq ishga solib, tashqi bozorlarga chiqishni faollashtirish, eksportbop materiallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish topshirildi.
Taqdimotda kaolin zaxiralaridan samarali foydalanish masalalari ham o‘rganildi. Yurtimizda 1 milliard tonnadan ortiq kaolin bo‘lishiga qaramay, har yili millionlab dollarlik chinni import qilinayotgani qayd etildi. Shu bois, kelgusi yilda kaolinni chuqur qayta ishlash bo‘yicha 515 million dollarlik 40 ta loyihani amalga oshirish va 460 nafar mutaxassis tayyorlash rejalashtirilgan.
Tarmoqda energiya samaradorligini oshirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Bugungi kungacha 34 ta korxonada energiya auditining o‘tkazilishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‘i miqdorining kamayishiga erishildi.
Bu ishlarni tizimli davom ettirib, ishlab chiqarilayotgan energiya tejovchi mahsulotlarning turini kengaytirish, qurilishda foydalaniladigan energiya tejamkor va ekologik mahsulotlarning ulushini kelgusi yili 25 foizga, 2030 yilga qadar esa 35 foizgacha yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Mahsulot sifati va xavfsizligini oshirishda ilm-fanning o‘rni muhimligi, olimlarimizning salohiyatidan kengroq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Bu borada Toshkent kimyo-texnologiya instituti bilan hamkorlikda 4 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda, Germaniya, Koreya va Turkiyadan olimlar jalb etilgan. Amaliyot va fan integratsiyasini kuchaytirish doirasida kelgusi yildan qurilish materiallari yo‘nalishidagi ilmiy loyihalarni moliyalashtirish uchun 30 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.
Korxonalarda raqamli boshqaruv va sun’iy intellekt texnologiyalarini keng joriy etish orqali tannarxni 5-10 foizga qisqartirish mumkinligi ta’kidlandi. Bunday tizimlar joriy etiladigan korxonalarni ko‘paytirish maqsadida ikki yil davomida 100 milliard so‘m ajratilishi belgilandi.
Mamlakatimizning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida qurilish materiallari sohasi ham xalqaro talablarga moslashtirilmoqda. O‘tgan davrda bu borada 125 ta xalqaro standart qabul qilindi. 2026 yilda buni 166 taga yetkazish muhimligi qayd etildi.
Prezidentimiz belgilangan rejalarni amalga oshirish, yuqori sifatli va xalqaro standartlarga javob beradigan mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat3 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Iqtisodiyot2 days ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
