Sport
Ispaniya va Fransiya o‘yinida 9 ta gol urildi
Jamoalar Millatlar ligasi yarimfinalida ajoyib shou namoyish etib berishdi. Yamal Dembele bilan qarama-qarshilikda yaqqol ustun keldi. Endi muxlislar uning Krishtianu Ronaldu bilan duelini kutmoqda.
Foto: James Gill – Danehouse/Getty Images
Millatlar ligasi, yarimfinal
Ispaniya – Fransiya 5:4
Gollar: Uilyams 22, Merino 25, Yamal 54, 67, Pedri 55 – Mbappe 59 (p), Sherki 79, Vivian (a.g) 84, Kolo Muani 90+4.
Ispaniya: Simon, Porro, Le Normann, Heysen, Kukureliya, Pedri (Ruis 64), Subimendi, Merino (Gavi 90+1), Uilyams (Olmo 64), Yamal, Oyarsabal (Samu 77).
Fransiya: Meniyan, Kalulu (Gyusto 63), Konate, Langle (Lyuka Ernandes 72), Teo, Rabio, Kone, Duye (Barkolya 63), Dembele (Kolo Muani 76), Olise (Sherki 63), Mbappe.
Ogohlantirishlar: Yamal 33, Gavi 90+6 – Rabio 51, Teo 82, Kolo Muani 90+4, Kone 90+7.
Ispaniya va Fransiya Yevro-2024 yarimfinali remeykini ijro etishdi – bu safar Millatlar ligasining shu bosqichida. Oldingi to‘qnashuvda Yamal va Dani Olmoning gollari bilan irodali g‘alabaga (2:1) erishgan «Qizil furiya» oltin sari navbatdagi qadamni tashlagandi. Lekin fransuzlar o‘sha mag‘lubiyat uchun revansh olish imkoniyati o‘yindan oldinoq pasayib ketdi – mudofaa chizig‘ida birdaniga uch yo‘qotish yuzaga kelgandi: o‘yinni jarohat tufayli Saliba, Yupamekano va Kunde o‘tkazib yuborishdi, natijada himoyachilar to‘rtligi Teo, Langle, Konate va Kalyulyu tomonidan tarkib topdi. Va bu ispanlarning yuqori pressingi fonida edi. Ha, o‘yin Fransiya uchun qiyin kechishi oldindan kutilgandi. Ammo maydondagi voqealarni hech kim oldindan taxmin qilolmasdi.
Ispanlar kutilganidek to‘pni o‘z nazoratiga olishdi, ammo baribir avvaliga fransuzlar hujumda qiziqarliroq harakat qilishdi. Dembele maydon markazida raqibdan to‘pni olib qo‘ydi va Mbappeni o‘ng qanot bo‘ylab oldinga boshladi, ammo hujumchi Simon bilan yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi. Keyin esa Teo Rabio aql bilan o‘tkazib yuborgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, kuchli zarba yo‘lladi, to‘p darvoza ustuni va to‘sini birlashgan nuqtaga bordi. De la Fuente jamoasi ham zarbalar berdi, ammo keskinlik yetishmadi. Bu holat 22-daqiqagacha davom etdi, shundan keyin esa Ispaniya bir necha daqiqa oralig‘ida ikkita gol urdi.
Birinchi holatda Oyarsabal Menyan qo‘riqlayotgan darvozaga teskari turgan holda turib, to‘pni ikki himoyachi orasidan o‘tkazgan holda Uilyamsga tashlab berdi — yosh vinger esa yaqin masofadan aniq zarba yo‘lladi. Ikkinchi holatda esa Merino xuddi shu Oyarsabal bilan devor uslubida o‘ynab, jarima maydonida ochildi va yaqin burchakni aniq nishonga oldi.
Bunday futbol — Luis de la Fuentening g‘alabali davri uchun klassika. Bu Ispaniya Luis Enrike faoliyatining oxirgi damlaridagi kabi shunchaki to‘pni olib yurish va bugungi kunda modadan qolgan tiki-taka bilan shug‘ullanmaydi. Hozirgi «Qizil furiya» vaziyatga qarab moslashadi, o‘yinni va uning sur’atini boshqaradi. To‘pni raqibga topshirishi ham, kutilmaganda vertikal uzatmalar bilan hujumga o‘tishi ham, ortga qaytib o‘ynashi ham mumkin. Lekin hujumi kuchli Fransiyaga qarshi himoyada o‘ynash katta tavakkalchilik bo‘lardi. Unai Simon yaxshi posbon, ammo baribir darvozabonlik san’ati dohiysi emas. Shu bilan birga, o‘yini chiqib qolsa, haqiqiy devorga aylanishi mumkin. Payshanba oqshomida birinchi bo‘limda u Mbappe, Dembele va Chempionlar ligasi finali qahramoni Duening zarbalarini qaytardi hamda jamoasi birinchi bo‘limni ikki to‘p ustunligida yakunlashiga katta hissa qo‘shdi.
Ikkinchi bo‘lim startida Fransiya yana o‘z imkoniyatini yo‘qqa chiqardi: Dembele Teoning qanotdan uzatmasini darvozaga to‘g‘rilab yuborishga ulgurmadi. Yamal esa Rabio o‘ziga nisbatan ishlatgan qo‘pollik uchun belgilangan penaltini aniq ijro etib, hisobni yiriklashtirdi. Yarimfinalda 54-daqiqagacha hisob 3:0 ko‘rinishini olishini kimdir kutganmidi? 55-daqiqaga kelib 4:0 bo‘lishini-chi? Kurajni ushlab olgan ispanlar darhol to‘rtinchi golni ham urishdi: Pedri raqib hududida to‘pni olib qo‘ydi va uni Uilyamsga oshirdi, jarima maydoniga yugurib kirib, o‘ziga qaytgan to‘pni Menyanning yonidan o‘tkazdi.
Biroz o‘tib Mbappe ham penaltidan aniq foydalandi va birinchi javob golini urdi. Ammo u golni nishonlaydigan ahvolda emasdi. Keyingi daqiqalarda Due va Barkolyaning zarbalari biroz xato ketdi. Yamal esa ularga epizodlarni qanday yakunlash bo‘yicha dars o‘tib, Menyanni yana bir bor to‘pni o‘z darvozasidan olib chiqishga majbur etdi. 5:1!
Dembele esa yana bir bor ustunni poyladi. Bu o‘yin «Oltin to‘p» uchun ovoz berish jarayoniga deyarli ta’sir qilmasligini uning baxti deyish mumkin — aks holda bu o‘yin tufayli uning o‘rniga Yamal asosiy favorit bo‘lib qolgan bo‘lardi. Sherki ham o‘nlikka kirib olishi mumkin edi. Fransiya uchun debyut o‘yinida ushbu futbolchi havodagi to‘pni to‘xtatmasdan yo‘llagan zargarona zarbasi bilan birinchi golini urdi.
5:2 — ham yirik mag‘lubiyat, ammo u qadar tahqiromuz emas. 5:3 — esa umuman yirik mag‘lubiyat emas. 84-daqiqada Sherki to‘pni raqib himoyachilari orasidan o‘tkazib berdi va Gyusto qanotdan to‘pni jarima maydoniga yetkazdi, u yerda Vivian o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Holbuki hisob 1:5 ko‘rinishiga kelgach, barchasi hal bo‘lgandek ko‘ringandi. 88-daqiqada Kolo Muani o‘ta qulay pozitsiyadan aniq zarba berolmadi va JCh-2022 finalini yodga solib yubordi. 90+4-daqiqada u xatosini tuzatdi va hisobni minimumgacha qisqartirdi. Bu vaziyatda ham uni Sherki to‘p bilan ta’minlagandi! Desham ushbu futbolchini 63-daqiqada maydonga tushirdi. Agar Rayan boshlang‘ich tarkibda tushganida voqealar qanday rivojlangan bo‘lardi?
Fransiyada mo‘jiza ko‘rsatish uchun bir necha daqiqa qolgandi. Lekin bu yetarli bo‘lmadi. Jamoalar bu o‘yini bilan Millatlar ligasiga bo‘lgan qiziqishni oshirib berishdi: to‘qqiz gol hatto hokkeyda ham har kuni urilavermaydi. Ikki jamoa jami 40 bor zarba yo‘lladi: ispanlarda 16, fransuzlarda 24. Ispaniya endi sovrin uchun Portugaliya bilan bellashadi, Fransiya Germaniya bilan uchinchi o‘rin egasi masalasini hal qiladi. Yakshanba kuni muxlislarni finalda Yamal va Krishtianu qarama-qarshiligi kutmoqda.
Sport
Prezident shaxmatchilar haqida kitob va filmlar yaratilishiga ishonch bildirdi
Shavkat Mirziyoyev shaxmatchilar bilan uchrashuvda Javohir Sindorov, Muhiddin Madaminov va Shamsiddin Vohidovning Olimpiadadagi o‘yinlarini alohida e’tirof etdi.
Prezident Javohir Sindorovga murojaat qilib, bir necha oy avval uning Nomzodlar turniridagi tarixiy g‘alabasi nishonlanganini esladi. Olimpiadada ham Javohir Sindorov sovuqqonlik va barqarorlik ko‘rsatib, kuchli raqiblar oldida ortga chekinmagani ta’kidlandi.
«Endi oldingda yana bir ulkan marra — jahon toji uchun bellashuv turibdi. Bugun ortingda nafaqat jamoadoshlaring va ustozlaring, balki qirq millionga yaqin O‘zbekiston xalqi turibdi. Biz senga ishonamiz!» — dedi davlat rahbari.
Yirik musobaqada ilk bor ishtirok etgan Muhiddin Madaminov hal qiluvchi kunda ukrainalik Roman Dextyarovni qora donalarda mag‘lub etdi.
Uning g‘alabasi jamoaga oltin medal uchun zarur ochkoni olib keldi. Prezident uning g‘ayrati va g‘alabalari muxlislar ko‘nglidan joy olganini ta’kidladi.
Shamsiddin Vohidov ham umumiy natijaga munosib hissa qo‘shdi. U amaldagi jahon chempioni Gukeshga qarshi qora donalarda tengma-teng kurashib, o‘z salohiyatini namoyon etdi.
Prezident oltin medal jamoaning har bir a’zosi mehnati va hissasi natijasi ekanini ta’kidladi.
«Bu oltin medalda jamoaning har bir a’zosining mashaqqatli mehnati va ulkan hissasi bor», — dedi Prezident.
Davlat rahbari shaxmatchilar haqida hali kitoblar yozilishi, filmlar yaratilishi va ularning o‘yin uslubi darsliklarga kirishiga ishonch bildirdi.
Sport
Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining uchta mintaqaviy filiali ochiladi
Yosh shaxmatchilarni tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirish uchun Toshkent xalqaro shaxmat akademiyasining Samarqand, Xorazm va Farg‘onada uchta mintaqaviy filiali tashkil etiladi. Akademiyada oliy toifali murabbiylarni tayyorlash ham yo‘lga qo‘yiladi.
FIDE reytingida 1 ming 500 dan yuqori ball to‘plagan shaxmatchilarning xususiy klublarda o‘qish xarajatlarining yarmi davlat tomonidan qoplanadi. Bu yosh iste’dodlarning tayyorgarligini davom ettirishiga qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.
Mamlakatimizda “O‘zbekiston Grand Chess” milliy brendi ostida xalqaro turnirlar muntazam o‘tkazib boriladi. Bu shaxmatchilarimizga kuchli raqiblar bilan o‘z yurtimizda bellashish imkonini beradi.
Prezidentimiz Yangi Toshkentda 500 kishilik o‘yin zali, yotoqxona va sport maydonchalariga ega zamonaviy shaxmat saroyini barpo etishni taklif qildi.
Sport
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlari turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarildi
O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyadagi Osiyo o‘yinlarining bugungi kunini oltin va kumush medallarni qo‘lga kiritish bilan boshladi.
Shahriyor Mahkamov baydarkachilar o‘rtasida 500 metr masofaga kechgan yakkalik poygalarida marrani birinchi bo‘lib zabt etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Terma jamoamizning yana bir a’zosi Arina Tanatmisheva esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. U 500 metr masofaga kechgan yakkalik dasturida marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.
Shuningdek, kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi a’zolari Vladlen Denisov hamda Nilufar Zokirova juftligi kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Hozirgacha o‘tkazilgan musobaqalardan so‘ng, O‘zbekiston delegatsiyasi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Jami 34 ta medal qo‘lga kiritildi: 8 ta — oltin, 17 ta — kumush, 9 ta — bronza.
Aichi-Nagoya-2026 musobaqalarida medallar jamg‘arish bo‘yicha Xitoy peshqadamlik qilmoqda, Yaponiya — ikkinchi, Janubiy Koreya — uchinchi o‘rinda.
Sport
O‘zbekiston U-23 yarim finalda Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Osiyo o‘yinlari yarim finalidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.
Chorak finalda Yaponiya terma jamoasi KXDRni 1:0 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l oldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi final yo‘llanmasi uchun musobaqa mezboni Yaponiyaga qarshi maydonga tushadi.
Uchrashuv 30-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:30 da “Nagai” stadionida boshlanadi.
Sport
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yoqubboyev va Muhiddin Madaminov ishtirok etgan O‘zbekiston-1 jamoasi Armanistonni mag‘lub etdi.
Abdusattorov, Sindarov va Madaminov o‘z raqiblaridan ustun keldi. Shu tariqa, O‘zbekiston-1 jamoasi 18 ochko bilan musobaqada yetakchilikni saqlab qoldi.
O‘zbekiston-2 jamoasi Hindistonga imkoniyatni boy berdi. O‘zbekiston-3 esa Isroilga qarshi keskin bahsda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.
Xotin-qizlar o‘rtasidagi 10-turda O‘zbekiston-1 jamoasi Peru vakillarini yirik hisobda mag‘lub etdi.
27-sentyabr kuni Olimpiadaning so‘nggi — 11-tur bahslari o‘tkaziladi. Uning yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanadi.
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot10 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
