Iqtisodiyot
Markaziy Osiyo davlatlari umumiy sanoat brendini yaratadi
2025 yil 13 noyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ozarboyjon savdo va investitsiyalar vazirlari kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, Made in Central Asia sanoat brendini shakllantirish va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirning asosiy maqsadi mintaqa davlatlari o‘rtasida savdo, investitsiya va sanoat kooperatsiyasi sohalarida amaliy hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish hamda kooperatsion ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi. Ushbu yig‘ilish mintaqaviy iqtisodiy muloqotni institutsional asosda rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida qayd etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov, Qozog‘iston savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev, Tojikiston iqtisodiy taraqqiyot va savdo vaziri Zavqi Zavqizoda, Turkmanistonning savdo va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Nazar Agahanov, Ozarboyjon iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Elnur Aliyev, Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Duyshonkul Chotonov ishtirok etdi.
Yig‘ilish davomida Markaziy Osiyo mamlakatlarining savdo va investitsiya uchun mas’ul rahbarlari o‘zaro savdoni rivojlantirish va sanoat integratsiyasini chuqurlashtirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni muhokama qildi.
Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard AQSh dollariga yetkazish bo‘yicha samarali mexanizmlarni yaratish;
Made in Central Asia brendi ostida qo‘shma ishlab chiqarish maydonlarini shakllantirish;
xalqaro moliya institutlari va yirik investorlarni infratuzilma va sanoat loyihalariga jalb etish.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro savdosi so‘nggi yillarda barqaror o‘sish sur’atlarini namoyon etmoqda.
2017 yilda tovar ayirboshlash hajmi 3,2 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkich ikki baravaridan ortiq o‘sib, 6,9 mlrd dollarga yetdi.
Shu jumladan:
Qozog‘iston bilan savdo hajmi 4 mlrd dollarga yaqinlashgan;
Qirg‘iziston bilan – 700 mln dollar atrofida;
Tojikiston bilan – 570 mln dollardan oshgan;
Turkmaniston bilan so‘nggi besh yilda savdo ikki baravaridan ko‘proq o‘sib, 1,15 mlrd dollarga yetgan;
Ozarboyjon bilan savdo aylanmasi esa joriy yil boshidan buyon 13 foizga o‘sgani qayd etildi.
Yig‘ilishda bojxona va chegara tartib-taomillarini yanada optimallashtirish, transport-logistika infratuzilmasini uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish zanjirlarini birlashtira oladigan sanoat hablarini yaratish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish, xomashyo va texnologik imkoniyatlarni birgalikda o‘zlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish yo‘nalishlari bo‘yicha ham taklif va tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilish yakunida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, kooperatsiya va qo‘shma ishlab chiqarishlarni rivojlantirish, shuningdek, investitsion o‘zaro hamkorlikning yangi mexanizmlarini shakllantirishga oid asosiy kelishuvlarni o‘z ichiga olgan qo‘shma kommyunike imzolandi.
Tadbir konstruktiv va ishchan ruhda o‘tdi hamda Markaziy Osiyo davlatlarining sanoat va investitsiya sohalarida eng dinamik rivojlanayotgan hududlardan biri sifatida mintaqaning birgalikda ilgarilashini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini yana bir bor tasdiqladi.
Iqtisodiyot
Xitoylik investorlar Jizzaxdagi volfram konini ishga tushirmoqda
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Jizzax viloyatida 2,5 million tonna volfram zaxirasiga ega Qo‘ytosh koni ishga tushish arafasida, deb xabar berdi viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Xabarga ko‘ra, xitoylik investorlar yil oxirigacha konni tozalash ishlarini tugallaydi. Kelasi yilda esa ruda qazib olish jarayonlari boshlanadi.
Kon hududida volframni ajratib olish bo‘yicha zamonaviy qayta ishlash zavodi barpo etiladi.
Qayd etilishicha, Nurota tog‘ tizmasining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan ushbu kon O‘zbekiston tog‘-kon sanoatida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yirik obektlardan biri hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida 100 nafarga yaqin fuqaro ish bilan ta’minlanadi va yiliga 150 ming tonna ruda qazib olinadi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 61,23 mlrd dollarga yetdi
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari, 1-dekabr holatiga, 61,23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumot berdi.
Zaxiralar noyabrda 1,9 mlrd dollarga (+3,2 foiz) o‘sdi, yil boshidan esa 20 mlrd dollarga (+48,7 foiz) oshdi. Bu avvalo oltin narxi va hajmining ortishi bilan bog‘lanmoqda.
Qolaversa, Markaziy bank sotib olgan qimmatli qog‘ozlar qiymati ham sezilarli darajada oshgan — noyabrda 503 mln dollarga ko‘payib, $1,52 mlrdga yetgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi. O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar Koreyaga ishga jo‘natiladi.
Foto: Migratsiya agentligi
Janubiy Koreyaning “KIA Auto” kompaniyasi rahbariyati Migratsiya agentligida bo‘ldi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, 2026 yil boshidan Migratsiya agentligi tomonidan KIA AUTO standartlariga mos maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi. Uch oylik dasturda koreys tili va madaniyati, texnika xavfsizligi, Koreya metodikasi asosida amaliy avtomobil servisi o‘rgatiladi.
O‘quvni muvaffaqiyatli tamomlaganlar E-7 vizasi (malakali ishchi) bilan Koreyaga ishga joylashtiriladi. E-7 vizasining asosiy talabi — koreys tilini TOPIK 1 darajasida bilish.
“Koreya Adliya vazirligi 2025 yildan boshlab avtomobil kuzovini bo‘yash yo‘nalishiga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishga ruxsat berdi. Shu vaqtga qadar faqat mahalliy aholi ishlagan. O‘zbekiston ushbu loyihaga birinchi bo‘lib jalb etilmoqda”, deyiladi Migratsiya agentligi xabarida.
KIA Auto — Koreyaning yetakchi avtomobillarga xizmat ko‘rsatish tarmog‘i bo‘lib, mamlakat bo‘ylab 600 ga yaqin servis markazi bor. Yiliga 1 milliondan ortiq avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatadi va malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori.
Iqtisodiyot
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan hamkorlikda qator loyihalar amalga oshiriladi
O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha milliy brendni yaratish borasida hamkorlik qilinadi.
Foto: Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) katta iqtisodchisi Dmitro Prixodko bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot FAO bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini barqaror rivojlantirish masalalariga bag‘ishlandi.
Uchrashuvda respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari faoliyatiga «yashil» texnologiyalarni joriy etish, sohani barqaror rivojlantirish bo‘yicha strategik yondashuvlar hamda uning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan uyg‘unlashuvi muhokama qilindi.
Shuningdek, FAO bilan Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan «Agrokonnekt» dasturi doirasida hamkorlik qilish, O‘zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, shu jumladan, meva-sabzavotlar bo‘yicha milliy brendni yaratish yuzasidan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Bundan tashqari, FAO yordamida Italiyaning qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘nalishidagi dasturlarida ishtirok etish masalasi yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma tashabbuslarni davom ettirish va kelgusi loyihalarni muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish kuzatilmoqda
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimiz turizm sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. 11 oy davomida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (o‘sish 114 foiz) va ularga 4,4 milliard AQSh dollari miqdorida turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatildi (o‘sish 144 foiz).
Ichki turizm bo‘yicha “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturi doirasida aholining hududlarga 23,7 million marta tashrifi amalga oshirildi (rejaga nisbatan 114,8 foiz). Hududlarda 954 ta joylashtirish vositalari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, umumiy soni 6861 taga, o‘rinlar soni 183,9 mingtaga yetdi.
Turistlar uchun xizmat ko‘rsatuvchi 662 ta yangi turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida ularning soni 4348 tani tashkil etmoqda. Respublika bo‘ylab 4345 nafar gid-ekskursovodlar faoliyat olib bormoqda, joriy yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida 375 nafar gid-ekskursovodlar tayyorlandi. Tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan tavsiyalar natijasida 784 ta sanitariya-gigiyena shoxobchasi holati yaxshilanishiga erishildi.
Investitsiya sohasida 421 ta loyiha amalga oshirilib, 6313 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.
-
Jamiyat4 days agoСаида Мирзиёева атмосфера ҳавосининг ифлосланиши бўйича йиғилиш ўтказмоқда
-
Iqtisodiyot3 days agoO‘zbekistondan Daniyaga ilk bor oziq-ovqat va quruq meva eksport qilindi
-
Iqtisodiyot3 days agoPrezidentning Sirdaryoga tashrifi «River Med Pharm» korxonasidan boshlandi
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekistonga eng ko‘p dengiz mahsulotlarini yetkazib bergan davlatlar ma’lum qilindi
-
Jamiyat4 days agoYunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
-
Dunyodan4 days agoIndoneziyada bir necha kun ichida 700 dan ortiq kishi halok bo’ldi.
-
Siyosat3 days agoMarkaziy Osiyo mamlakatlari 2026 yilda suvdan foydalanish va suv havzalari tizimiga kelishib olishdi
-
Sport3 days ago«Real» ta’qibni davom ettirdi, «Liverpul» yana ochko yo‘qotdi. Kun o‘yinlari
