Connect with us

Jamiyat

Farg‘ona shahar IIB, ijarachi va opa-singil ishi: qamoq muddati uzaytirildi

Published

on


Farg‘ona viloyati IIB tomonidan tovlamachilikda ayblanib, qamoqqa olingan Mahliyo Umarovani qamoqda ushlab turish muddati 5 oyga qadar uzaytirildi. Bu qamoqda ushlab turish muddati hali tugamay turib amalga oshirildi. Jinoyat ishi tergovi Farg‘onadan avvaliga Toshkent shahri Mirobod tumani IIBga, so‘ngra Toshkent shahar IIBBga o‘tkazilgan. Ammo qamoqda saqlanayotgan M.Umarova hamon Farg‘ona viloyati IIBda qolmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tovlamachilikda ayblanayotgan Mahliyo Umarovani qamoqda ushlab turish muddatini uzaytirdi. Sudning bu boradagi hujjati 2025 yil 10 noyabr kuni chiqarildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudi tomonidan Mahliyo Umarovaning yaqin qarindoshlariga jo‘natilgan xabarnomada keltirilishicha, uni qamoqda saqlash muddati 2025 yil 10 noyabrdan 5 oyga qadar uzaytirilgan.

Mahliyo Umarovaga Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining 2025 yil 22 avgustdagi ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangandi.


Mahliyo Umarova

Jinoyat-protsessual kodeksining 245-moddasiga ko‘ra, jinoyatlar tergov qilinayotganda qamoqda saqlab turish muddati ko‘pi bilan uch oyni tashkil etadi. Ushbu tartib bo‘yicha Umarovani qamoqda saqlab turish muddati 2025 yil 22 noyabr kuni tugashi kerak edi. Ammo ushbu muddat hali tugamasdan turib ayolni qamoqda saqlash muddati uzaytirilgan.

Qamoqda saqlab turishning belgilangan uch oylik muddatini besh oygacha uzaytirish imkoni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori yoki viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning iltimosnomasiga binoan sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Mahliyo Umarova va uning opasi Mohinur Xoliqnazarovaga nisbatan tovlamachilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Opa-singil fuqaro Nazokat Shukurovani “mashinada Quva tumani hududida joylashgan “Karkidon” suv ombori yaqinidagi ovloq joyga olib borib, mashina ichida zo‘rlik ishlatib, uyini farzandlariga qo‘shib yoqib yuborish bilan qo‘rqitgan holda pul talab qilgan”likda gumonlanmoqda.

Avvalroq Kun.uz holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazgandi. Unda Mohinur Xoliqnazarova bu jinoyat ishi Farg‘ona shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Alisher Ashurovning adovati tufayli uyushtirilganini bildirgandi.


Mohinur Holiqnazarova

Gap shundaki, oldinroq Mahliyo Umarovaning yonib ketgan mashinasi sabab Alisher Ashurov uning “jim yurishi” uchun 10 ming dollar to‘lab bergan.


Foto: Videodan kadr

Mohinur Xoliqnazarova Nazokat Shukurovadan aslida o‘zining pulini so‘raganini, Shukurova Quva tumanidagi tanishidan pul olib berishini aytib, mashinaga o‘zi minganini aytgandi. U 2025 yil 20 avgust kuni go‘yoki Nazokat Shukurovadan pulini olib berish aldovi bilan IIB binosiga chaqirtirilib, shu yerning o‘zida tezkor tadbir o‘tkazilgan holda ushlangan.

Mohinur Xoliqnazarovani ushlashda Alisher Ashurovning ukasi Oybek Ashurov ishtirok etgan. U IIB tezkor xodimi vazifasida ishlaydi. Jinoyat ishi tergovini Farg‘ona viloyati IIB tergovchisi Nurmuhammad Ashurov olib borgan. Alisher Ashurovning qarindoshi ekani aytiladigan bu xodim Mohinur Xoliqnazarovaga “garchi mehnat ta’tilida bo‘lsa ham, ularning ishi uchun atay kelganini” aytgan.


Foto: Videodan kadr

Kun.uz ikkinchi tomonni ham tinglash maqsadida Nazokat Shukurova bilan ham bog‘langandi. Ammo u tahririyatning intervyu berish haqidagi taklifini hozirda “ahvoli og‘irligi”ni aytib, rad etdi. Shukurovaga ko‘ra, Mohinur va Mahliyo ismli ayollar unga tuhmat qilgan va “o‘ldirib yuborish bilan qo‘rqitib”, tilxat yozdirib olgan. Shukurova Farg‘ona viloyati IIBda jiyanlari ishlashini aytib, opa-singil ichki ishlar xodimlari ustidan ham yozayotganini bildirgandi.


Nazokat Shukurova

Kun.uz surishtiruvidan so‘ng Farg‘ona viloyati IIB holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Ammo unda yongan avtomobil, uning o‘rniga berilgan 10 ming dollar hamda Ashurovlar uchligi haqida lom-mim deyilmadi: jabrlanuvchi ekani aytilayotgan Nazokat Shukurovaning intervyusi bilan cheklangan.

Ma’lumot uchun, ushbu jinoyat ishi tergovi Farg‘ona viloyatidan Toshkent shahar Mirobod tumani IIBga o‘tkazilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tergov endilikda Mirobod tumanidan Toshkent shahar IIBBga o‘tkazilgan. Ammo tergov Toshkent shahriga o‘tkazilgani bilan Mahliyo Umarova Farg‘ona viloyati IIBda ushlab turilibdi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda

Published

on


7 may kuni soat 15:00 da «Makro Yangi Zamon» filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.

Dasturda DJ, boshlovchi va blogerlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar, sovg‘ali o‘yinlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda bepul tatib ko‘rish imkoniyati mavjud. 150 000 so‘mdan ortiq xarid qilganlar sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.

Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ko‘chasi 9-uy (Uchxoz).

Reklama huquqi asosida



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ekologiya qonunbuzarliklari uchun jarimalar keskin oshirildi

Published

on


Ekologiya sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Yangi qonunga ko‘ra, jarimalar endi tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga bog‘liq tarzda hisoblanadi.

Jumladan:


daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan yuridik shaxslarga – zararning 3 baravari miqdorida;
daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun – 5 baravari miqdorida;
suvlarni ifloslantirish yoki oqova suvlarni noqonuniy oqizish uchun – 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.

Qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ta’kidlanishicha, avvalgi tartibda jarimalar yetkazilgan zararga mutanosib emasligi sabab ayrim korxonalar uchun jarima to‘lab, faoliyatni davom ettirish osonroq bo‘lib qolgani tanqid qilingan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi

Published

on


Hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 24 aprel kuni vagon ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.

Jabrlanuvchi 2012 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bola, hodisadan so‘ng tez tibbiy yordam orqali G‘allaorol tumani tibbiyot muassasasiga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolaga tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Meningit bilan bog‘liq vaziyat barqaror, ammo ehtiyot choralari muhim – Sanepidqo‘mita

Published

on


So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi (meningit) bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar ko‘paygani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik qo‘mita vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, meningokokk infeksiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mavsumiy xususiyatga ega. Kasallanish holatlari, odatda, kuz va bahor oylarida, ayniqsa fevral-mart davrida ko‘proq qayd etiladi.

Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Barqarorlikni ta’minlash maqsadida profilaktik va sanitariya tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ular orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan. Tibbiy qarshi ko‘rsatmasi bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan ta’minlanmoqda.

Mutaxassislar kasallikning asosiy belgilariga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlamoqda. Ular orasida yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, bo‘yin qotishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish, yorug‘likka sezgirlik, xolsizlik va ayrim hollarda tanada toshma paydo bo‘lishi bor. Bolalarda esa tinmay yig‘lash, ovqat yemaclik, ortiqcha uyquchanlik yoki bezovtalik kuzatilishi mumkin.

Shu kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda, fuqarolarga oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinikalar yoki yuqumli kasalliklar shifoxonalariga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish, ixtiyoriy emlanishdan o‘tish muhim. Shuningdek, haj va umra safariga chiqishdan oldin emlanish va safardan qaytgach ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash tavsiya etiladi.

Ayni paytda respublika bo‘ylab barcha hududlarda vaksinatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda va aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli zaxiralar yaratilgan (ixtiyoriy emlash punktlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin)

Mutaxassislar aholini ortiqcha xavotirga tushmaslikka, vaziyat barqarorligini inobatga olgan holda faqat ishonchli va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

OTM bitiruvchilaridan «diplom himoyasi»gi kirishda bandligini ko‘rsatishga oid talab yo‘q – vazirlik

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilaridan diplom himoyasidan oldin turli hujjatlar — jumladan, o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risida ma’lumot, rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi murojaatlar tarqaldi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibda bitiruvchilardan bitiruv malakaviy ishiga kiritish yoki diplom berish jarayonida ish bilan bandligiga oid har qanday qo‘shimcha hujjatlarni  talab qilish belgilanmagan. Bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qo‘yish faqatgina o‘quv jarayoni bilan bog‘liq talablar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar bandligini tahlil qilish va ularning mehnat bozoriga chiqish jarayonini kuzatib borish maqsadida Soliq qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan holda monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar raqamli platformalar orqali avtomatik tarzda olib boriladi va talabalardan qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni majburiy tarzda talab qilishni nazarda tutmaydi.

«Vazirlik tomonidan barcha oliy ta’lim tashkilotlariga bitiruvchilar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, ularga nisbatan ortiqcha byurokratik talablar qo‘ymaslik hamda har qanday ma’lumotlarni yig‘ishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan», – deyiladi rasmiy munosabatda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.