Jamiyat
1 mlrd so‘mdan ortiq pul o‘zlashtirilgan
Telegram va Instagram’da “kredit limitini naqdlashtirib beramiz” deb va’da qilgan anonim shaxslar fuqarolardan jami 1 mlrd 32 mln so‘mni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirgan. IIBB Kiberxavfsizlik xizmati hamda Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari ushbu guruhni qo‘lga oldi.
Toshkent viloyati IIBB «Axborot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi» tezkor tekshiruvi natijasida Ohangaron tumanida yashovchi, 2005 yilda tug‘ilgan fuqaro B.N. va uning uch nafar sherigi ushlandi. Ular Telegram messenjeri va Instagram’da “limitlash xizmati” nomi bilan sahifa ochib, mikromoliya tashkilotlari ajratgan kredit limitlarini naqdlashtirishni va’da qilgan.
Gumondorlar o‘zlari ro‘yxatdan o‘tkazgan tadbirkorlik sub’yekti orqali onlayn savdo platformalarida faoliyat yuritib, taxminan 600 nafar fuqaroning ishonchini suiiste’mol qilgan va jami 1 mlrd 32 mln so‘m mablag‘ni o‘zlashtirgani aniqlandi.
Holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-modda 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llandi. Hozirda yetkazilgan moddiy zararni undirish choralari ko‘rilmoqda, dastlabki tergov harakatlari boshlangan.
Viloyat miqyosida noyabr oyi «Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi» deb e’lon qilingan bo‘lib, profilaktika va targ‘ibot ishlari kuchaytirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 10 oyida viloyatda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 44 foizini kiberjinoyatlar tashkil etgan. Asosiy usullar: zararli havolalar orqali karta/akkauntni qo‘lga kiritish, oldindan to‘lov talab qiladigan soxta bitimlar, soxta kriptobirjalar, o‘zgalar nomiga onlayn kredit olish, telefon qo‘ng‘iroqlari orqali aldov.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha qisqa tavsiyalar:
«limitni naqdlash», «oson daromad» takliflariga ishonmang;
pul o‘tkazishdan oldin ustuvor tarzda huquqiy sub’yektni tekshiring;
noma’lum havolalarga bosmang, autentifikatsiya kodlarini hech kimga aytmang;
shubhali holat haqida IIBB yoki “102”, kiberxavfsizlik xizmatlariga xabar bering.
Jamiyat
Farzandli bo‘lganda erkaklarga ham qo‘shimcha ta’til taklif qilinyapti
Endi ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’til berish belgilanmoqda.
«Milliy tiklanish» partiyasi axborot xzimati xabariga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha birinchi o‘qishda muhokama qilingan loyiha bilan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.
Shuningdek, mehnat bozorida norasmiy bandlikni kamaytirish maqsadida fuqarolarni mehnat shartnomasisiz ishga qabul qilish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etmaganlik, ish haqini vaqtida to‘lamaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Jamiyat
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
Shahrisabz tumanida baliqchi Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i va 6 dona oddiy qorabaliqni noqonuniy ovlagan. Tabiatga yetkazilgan zarar 12,7 mlrd so‘m hisoblangan.
Foto: Ekologiya vazirligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanida reyd o‘tkazilgan. Unda Hisor mahallasida yashovchi Y.Q. noqonuniy ravishda Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i (forel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlagani aniqlangan.
Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 749 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Avvalroq Zangiota tumanida baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m kompensatsiya hisoblangandi.
Jamiyat
Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda
7 may kuni soat 15:00 da «Makro Yangi Zamon» filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Dasturda DJ, boshlovchi va blogerlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar, sovg‘ali o‘yinlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda bepul tatib ko‘rish imkoniyati mavjud. 150 000 so‘mdan ortiq xarid qilganlar sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ko‘chasi 9-uy (Uchxoz).
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Ekologiya qonunbuzarliklari uchun jarimalar keskin oshirildi
Ekologiya sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Yangi qonunga ko‘ra, jarimalar endi tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga bog‘liq tarzda hisoblanadi.
Jumladan:
daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan yuridik shaxslarga – zararning 3 baravari miqdorida;
daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun – 5 baravari miqdorida;
suvlarni ifloslantirish yoki oqova suvlarni noqonuniy oqizish uchun – 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ta’kidlanishicha, avvalgi tartibda jarimalar yetkazilgan zararga mutanosib emasligi sabab ayrim korxonalar uchun jarima to‘lab, faoliyatni davom ettirish osonroq bo‘lib qolgani tanqid qilingan edi.
Jamiyat
Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi
Hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 24 aprel kuni vagon ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Jabrlanuvchi 2012 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bola, hodisadan so‘ng tez tibbiy yordam orqali G‘allaorol tumani tibbiyot muassasasiga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolaga tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
-
Dunyodan3 days ago
Sudya Terranovaning o’ldirilishi
-
Sport5 days ago
FIDE reytingi yangilandi: ikki o‘zbekistonlik «top-5»talikda!
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin
-
Jamiyat4 days agoJinoiy guruh yetakchisidan 2,7 ming dollar olgan profilaktika inspektori ushlandi
-
Jamiyat4 days agoDiyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi
-
Dunyodan5 days ago
Smartfonlar nutqni o’ldiradiganmi?
-
Dunyodan3 days ago
Prezident Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar toʻxtatilishini eʼlon qildi…
-
Iqtisodiyot3 days ago
qaysi modellar ko‘p ishlab chiqarilmoqda?
