Connect with us

Jamiyat

MIB tashkil etilgandan buyon 17 mlrd dollardan oshiq pul undirdi

Published

on


O‘zbekistonda Majburiy ijro byurosi tashkil etilganidan buyon o‘tgan qariyb 8 yil ichida 219 trillion so‘mdan ortiq yoki 17 milliard dollardan ortiq mablag‘ (e’lon qilingan paytdagi MB kursi bo‘yicha) undirilgan. Bu haqda MIB matbuot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov ma’lum qildi.

Shundan qariyb 95 trln so‘mi davlat foydasiga, 67 trln so‘mi tadbirkorlik sub’yektlari foydasiga, 46 trln so‘mi banklar foydasiga va 11,3 trln so‘mdan ortig‘i fuqarolar foydasiga undirilgan.

Energetika, suv ta’minoti va boshqaruv servis kompaniyalarining barqaror ishlashini ta’minlash maqsadida 5 trln so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan. “Temir daftar,” “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” dasturlari doirasida fuqarolarga 3,6 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Bolalar manfaatida 6,6 trln so‘m aliment undirilgan.

Aliment majburiyatlari bo‘yicha qarz hisobiga 27,9 mlrd so‘mlik 179 ta uy-joy, 3,7 mlrd so‘mlik 45 ta avtomashina va 4,1 mlrd so‘mlik 280 ta boshqa mol-mulk o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, davlat ijrochilari tomonidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 188 mingdan ortiq oila yarashtirildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bugun ayrim hududlarda havo harorati 44 darajaga yetishi mumkin

Published

on


O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun O‘zbekistonda havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 31-36°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarida 41-44° gacha bo‘ladi.

Toshkentda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 32-34° bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi vafot etdi

Published

on


O‘tgan yili Ro‘ziboy Sattorov Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyotda parvozni amalga oshirgandi.

O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Ro‘ziboy Sattorov 116 yoshida vafot etdi, deb ma’lum qildi Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot kotibi Ahror Sodiqov.

Ro‘ziboy Sattorov Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidan bo‘lib, Stalingrad frontida o‘qchi bo‘lib xizmat qilgan.

O‘tgan yili prezident topshirig‘i bilan Qarshi shahriga samolyot yuborilgan va Ro‘ziboy Sattorovning istagi amalga oshib, Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuchlariga qarashli samolyotda parvozni amalga oshirgandi.

Ma’lumot berilishicha, Qashqadaryo viloyatidan Ikkinchi jahon urushida 47051 nafar, shu jumladan, 95 nafar xotin-qiz qatnashgan. Shundan 22077 nafari yurtga sog‘-omon qaytgan.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan suv fondi yerlariga bo‘lgan huquqlar bekor qilinadi

Published

on


2026 yil yakuniga qadar begonalashtirilgan hamda jismoniy va yuridik shaxslar nomiga tegishliligi bo‘yicha mulk va ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan suv fondi yerlari xatlovdan o‘tkaziladi.

Prezidentning “Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, 2026 yil 1 avgustga qadar suv fondi yerlarini ijaraga berish, monitoring qilish, shartnomalar tuzish va hisobotini onlayn yuritish imkonini beruvchi “Suv-yer-ijara” axborot tizimi ishga tushiriladi va Suv xo‘jaligi vazirligining “Raqamli suv xo‘jaligi” yagona axborot tizimiga integratsiya qilinadi.

Suv omborlari atrofidagi ijaraga berilgan suv fondi yerlarida organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda xalqaro sertifikatlar talablariga rioya etilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.

Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga quyidagi yo‘nalishlarda davlat nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vazifalar yuklanadi:

a) suv fondi yerlaridan oqilona va maqsadli foydalanishni nazorat qilish;

b) suv fondi yerlari o‘zboshimchalik bilan egallanishining oldi olinishini nazorat qilish.

2026 yil yakuniga qadar begonalashtirilgan hamda jismoniy va yuridik shaxslar nomiga tegishliligi bo‘yicha mulk va ijara huquqi asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan suv fondi yerlari xatlovdan o‘tkazilib, ularga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinadi hamda ushbu yerlar suv xo‘jaligi obektlari ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

Suv xo‘jaligi obektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladigan suv fondi yerlaridan tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan vaqtincha foydalanish maqsadida tuzilgan ijara shartnomalari Davlat muassasasi hamda suv xo‘jaligi obektlarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlar tomonidan qayta ro‘yxatga olinadi.

Daryo o‘zanlari va suv xo‘jaligi obektlaridan qazib olinadigan qum-shag‘al materiallari hajmi Suv xo‘jaligi vazirligi mablag‘lari hisobidan va vazirlikning so‘roviga asosan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan texnik imkoniyatlardan kelib chiqib hisoblanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Bloger Geydar Aliyev 5 sutkaga qamaldi

Published

on


Gonzo nomi ostida faoliyat olib boradigan bloger Geydar Aliyev ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Sud uni mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik hamda shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish huquqbuzarliklarida aybli deb topdi.

Bloger Geydar Aliyev ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

Sud hujjatiga ko‘ra, Gonzo nomi ostida faoliyat olib boradigan 28 yoshli Geydar Aliyev 13 iyunda Toshkent shahrida o‘tkazilgan festivalda jamoat tartibini buzgan. U voyaga yetmagan shaxslarni ularning qarshiligiga qaramay videotasvirga olgan hamda Telegram kanalida tarqatgan.

Shuningdek, bloger ichki ishlar organi xodimining huquqbuzarlikni to‘xtatish haqidagi talabini bajarmasdan jamoat joyida so‘kingan holda odamlar osoyishtaligini buzgan.

Bundan tashqari, Geydar Aliyev 17 iyun kuni jabrlanuvchilardan birining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi ma’lumotlarni Telegram’da tarqatgani ham aniqlangan.

Geydar Aliyev sudda qilmishidan pushaymon ekanini bildirgan.

“13 iyun kuni Mirobod tumanida o‘tkazilgan “K-Vibe” festivaliga “Kimano” kiyimida borib, ukamning operatorligida bayram jarayonini jonli video orqali tasvirga olishni boshladim. O‘sha yerdagi fuqaroga birga raqsga tushishni taklif qildim. U videoga olmaslikni aytib, operatorga qarshilik qildi. O‘sha yerda xizmatni o‘tayotgan profilaktika inspektori videoga olmasligimni va o‘chirib tashlashimni so‘radi. Men qaysi asosga ko‘ra fuqarolar yoki IIO xodimlarini videoga olmaslik kerakligini so‘radim. Xodimning IIB binosiga birga borish taklifini rad qildim.

Bundan tashqari, jamoat joyida ruscha so‘zlar bilan so‘kinganim rost. Bunday qilmishi uchun chin ko‘ngildan pushaymonman”, degan bloger.

Jabrlanuvchilar suddan Aliyevga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

JIB Mirobod tuman sudi qarori bilan Geydar Aliyev MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik), 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi, va 46-2-moddasi (shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilgan Unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi 8 ta ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi

Published

on


Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli shakllantirilganligi o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmagani aniqlandi.

Raqobat qo‘mitasi respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar narxlarining adolatli shakllantirilganligini o‘rganmoqda.

May oyiga qadar respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya, ko‘z mikroxirurgiyasi, endokrinologiya, xirurgiya, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, ona va bola salomatligi, dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, ayrim holatlarda tariflarni shakllantirish bo‘yicha belgilangan talablarga to‘liq rioya etilmagani aniqlandi.

Shu bois o‘rganish o‘tkazilgan markazlarga tariflarni amaldagi tartib va talablar asosida qayta shakllantirish hamda narxlarni maqbullashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

O‘rganishlar yakuni bo‘yicha tibbiy xizmatlar tariflarini maqbullashtirishga qaratilgan umumlashtirilgan takliflar ishlab chiqilib, vakolatli davlat organlariga yuboriladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.