Jamiyat
Bekobodda endi bolalarda murakkab operatsiya amalga oshiriladi
1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda Qurbon hayiti munosabati bilan Bekobod tumanida ilk bor 4 nafar bolaga yurak jarrohligi amaliyoti o‘tkazilmoqda.
Ulardan 3 nafarida yopiq usulda, 1 nafarida esa ochiq yurakda “Aorta karonar shuntlash” amaliyoti amalga oshiriladi.
Bu xayrli ish Milliy tibbiyot markazi hamda Bekobod tumani tibbiyot birlashmasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Kambag‘allik reyestirida turgan, tug‘ma yurak nuqsoni bor 43 nafar bola to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, shifokorlar tomonidan 12 nafariga jarrohlik amaliyoti tavsiya qilindi.
Endi bemor bolajonlar uzoq shaharlarga bormay, tumanda shifo topadilar. Bu — tibbiyotdagi yangicha yondashuv va inson qadriga bo‘lgan e’tiborning yorqin namunasidir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekobodda tuman darajasida amalga oshirilgan respublikadagi ilk murakkab amaliyot — tarixiy operatsiya amalga oshirilgandi.
Jamiyat
Toshkentda IIO bo‘linma boshlig‘i jinoyatda gumonlanib qo‘lga olindi
Shayxontohur tumanida ishlovchi xodim firibgarlik bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ijobiy hal qilish evaziga tadbirkordan 7 ming dollar talab qilgan. U o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2,5 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.
Foto: Davlat xavfsizlik xizmati
Toshkent shahrida ichki ishlar xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shayxontohur tumani IIO FMB TQX jinoyat qidiruv bo‘limi bo‘linma boshlig‘i tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxsga nisbatan firibgarlik bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini o‘zining mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni aytgan. Buning evaziga 7 ming dollar talab qilgan.
Shuningdek, tadbirkorga tegishli restoranda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida mazkur muassasa ishchisining kuyish jarohati olganligi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini tugatib berish uchun 500 dollar so‘ragan.
Shu tariqa, bo‘linma boshlig‘i ikki holat bo‘yicha 7,5 ming dollar talab qilgan. U kelishilgan puldan 2,5 ming dollarini olgan vaqtida DXX, IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi va Toshkent shahar prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ushlangan.
Mansabdor shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Samarqand va Namangan viloyatlarida pora talab qilgan profilaktika inspektorlari qo‘lga olingandi.
Jamiyat
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
Sud organlari fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga chaqirdi. So‘nggi vaqtlarda sudlar nomidan yuborilayotgan soxta SMS-xabarlar orqali shaxsiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish va fuqarolarni firibgarlik domiga tortish holatlari kuzatilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, ayrim shaxslar sud organlari nomidan SMS-xabarlar tarqatib, fuqarolarni shubhali havolalarga o‘tishga undamoqda. Bu kabi xabarlar orqali shaxsiy ma’lumotlar, bank kartalari rekvizitlari va boshqa maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish maqsad qilingan bo‘lishi mumkin.
Shu munosabat bilan sud organlari sud ishlariga oid barcha rasmiy xabarlar endilikda faqat «SUD» nomidan yuborilishini ma’lum qildi.
Fuqarolardan noma’lum havolalarga kirmaslik, shaxsiy ma’lumotlarini uchinchi shaxslarga taqdim etmaslik hamda faqat rasmiy manbalar orqali olingan axborotlarga ishonish so‘ralmoqda.
Sudlar shubhali xabarlar kelib tushgan taqdirda ularga javob qaytarmaslik va havolalarni ochmaslikni tavsiya etmoqda.
Jamiyat
Endi jinoyat ishi sudga faqat ayblov xulosasi emas, himoyachining fikri bilan birga kiritiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat-protsessual kodeksi hamda «Advokatura to‘g‘risida»gi qonunga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Asosiy yangiliklardan biri jinoyat ishini sudga yuborish tartibi bilan bog‘liq.
Loyihaga ko‘ra, endilikda jinoyat ishi sudga faqat ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan emas, balki himoyachining rasmiy fikri bilan birga kiritiladi.
Qonun loyihasida himoyachilarning protsessual huquqlarini kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. Unga muvofiq, dastlabki tergov yoki surishtiruv yakunlanganidan keyin advokatga besh sutka ichida «himoya fikri»ni taqdim etish huquqi beriladi.
Ta’kidlanishicha, taklif etilayotgan o‘zgartishlar sud muhokamalarida haqiqiy tortishuv muhitini shakllantirishga xizmat qiladi. Sudya ishni ko‘rishdan avval nafaqat ayblov tomonining, balki himoya tomonining ham asoslangan pozitsiyasi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Muhokamalar yakunlari bo‘yicha mazkur qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Jamiyat
Chirchiq bo‘yida yangi ishbilarmonlik va dam olish hududi tashkil etiladi
Toshkent shahrida Chirchiq daryosi bo‘ylab zamonaviy ishbilarmonlik, turar joy va dam olish hududlarini o‘z ichiga olgan «Daryo bo‘yi Business City» loyihasi taqdim etildi. Loyiha poytaxt infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi uchun qulay shahar muhitini shakllantirishga qaratilgan.
Bektemir tumanida bo‘lib o‘tgan taqdimotda Chirchiq daryosining 24 kilometrlik qismi bo‘ylab hududni kompleks rivojlantirish rejalari muhokama qilindi. Loyiha doirasida daryo qirg‘oqlarini ikki tomonlama obodonlashtirish, zamonaviy turar joy majmualari va ishbilarmonlik markazlarini barpo etish, jamoat maskanlari hamda transport va muhandislik infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Tadbirda O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Timur Butunbayev, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov, tumanlar hokimlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda loyiha va pudrat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, taqdimot davomida Toshkent shahrida 12 ta sun’iy ko‘l barpo etish loyihasi ham ko‘rib chiqildi. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, mazkur tashabbuslar shaharning ekologik holatini yaxshilash, yashil hududlarni kengaytirish va aholi uchun yangi rekreatsion maskanlar yaratishga xizmat qiladi.
«Daryo bo‘yi Business City» loyihasi sohilbo‘yi hududlarining salohiyatini to‘liq ishga solish, yangi turar joy va ishbilarmonlik hududlarini mavjud infratuzilma bilan uyg‘unlashtirish hamda poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yanada jozibador muhit yaratishni maqsad qilgan.
Taqdimot yakunida loyihaviy yechimlar batafsil tahlil qilinib, aholi qulayligi, xavfsizlik, ekologik barqarorlik va iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan konsepsiyani yanada takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Jamiyat
Yoqilg‘i narxi oshdi, ammo bu asossiz tariflar uchun bahona emas
Raqobat qo‘mitasi yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshishi monopol va tabiiy monopol korxonalar tomonidan mahsulot va xizmatlar narxlarini iqtisodiy asoslanmagan tarzda ko‘tarish uchun sabab bo‘la olmasligini ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1 iyundan boshlab yoqilg‘i-energetika resurslari narxlari 10 foizga oshirilgani ayrim mahsulot va xizmatlar tannarxiga muayyan darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Biroq bu holat monopol mahsulotlar va xizmatlar narxlarini asossiz ravishda oshirish uchun asos bo‘lmaydi.
Qayd etilishicha, Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan ustun mavqega ega korxonalar faoliyati, jumladan ular qo‘llayotgan narxlar doimiy ravishda monitoring qilib borilmoqda.
Shuningdek, qo‘mita tomonidan monopol va tabiiy monopol mahsulotlar tannarxida yoqilg‘i-energetika resurslarining ulushi hamda ular narxining oshishi mahsulot qiymatiga qay darajada ta’sir qilishi oldindan tahlil qilingan. Ilgari mahsulot va xizmatlar narxlarini haqiqiy xarajatlarga nisbatan yuqori shakllantirgan ayrim korxonalarga nisbatan tegishli ta’sir choralari ham qo‘llangan.
Raqobat qo‘mitasi monopol va tabiiy monopol korxonalarni narx belgilashda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishga chaqirib, har qanday asossiz narx oshirish holatlariga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, monopol mahsulotlar va xizmatlar narxlari iqtisodiy jihatdan asoslantirilmasdan oshirilgani aniqlansa, qonunchilikda belgilangan moliyaviy jarimalar va boshqa ta’sir choralari qo‘llanishi mumkin.
Qo‘mita bozorda sog‘lom raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha nazorat tadbirlari izchil davom ettirilishini bildirdi.
-
Iqtisodiyot4 days agoSpaceX tarixdagi eng yirik IPOʻni amalga oshirdi
-
Dunyodan5 days agoYevropa Ittifoqi Oʻrta Yer dengizidagi “soya flotlari”ga qarshi reydlarni kuchaytirdi
-
Jamiyat4 days agoIchki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
-
Iqtisodiyot4 days agoMevalar nega qimmat?
-
Iqtisodiyot5 days ago
Qaysi hududlar aholisi eng ko‘p keshbekka ega bo‘ldi?
-
Jamiyat4 days agoToshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
-
Siyosat21 hours ago
«Ushbu masalani shaxsan nazoratimga oldim» — Saida Mirziyoyeva giyohvandlikka qarshi kurash haqida
-
Iqtisodiyot5 days ago
Fond birjasi va birjadan tashqari savdo tashkilotchilari uchun litsenziyalash tartibi belgilandi
