Connect with us

Jamiyat

Sirdaryoda elektr qarmoqda baliq ovlaganlar tabiatga 512 mln so‘mlik zarar yetkazdi

Published

on


Huquqbuzarlik natijasida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” to‘g‘risidagi hamda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar buzilgan.

Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya vazirligining xabar qilishicha, o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida uch nafar fuqaro Sirdaryo tumani hududidan o‘qib o‘tuvchi «Sho‘razak» zovuridan elektr qarmoq yordamida 7 turdagi 38 dona baliqni noqonuniy ovlagani aniqlangan.

Huquqbuzarlar baliqlarni mashinada olib chiqib ketishayotganida to‘xtatib qolingan.

Noqonuniy ovlangan baliqlar, elektr qarmoq, rezina qayiq, “setkali tutqich” va akkumulyator vaqtinchalik olib qo‘yilgan, transport vositasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, huquqbuzarlik natijasida “Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida”gi, “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish” to‘g‘risidagi hamda “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunlar buzilgan. Tabiatga 521 million 180 ming miqdorida zarar yetkazilgan.

To‘plangan hujjatlar Bosh prokuraturaga yuborilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Dam olish kunlari beqaror ob-havo kutiladi

Published

on


O‘zbekiston bo‘yicha may oyining birinchi kunlarida bahoriy ob-havo sharoiti bilan kutilmoqda. 

Respublika hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyati shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Buxoro viloyatida va Navoiy viloyati janubida asosiy yomg‘irlar bugun yog‘adi, 2-3 may kunlari esa faqat ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 

1-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 

Bugun kunduzi havo harorati asosan 27-30 daraja, dam olish kunlari esa 22-25 daraja bo‘ladi. Shimoli-g‘arbiy hududlarda bugun eng salqin kun 20-23 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, yakshanba kuniga borib esa havo harorati 27-30 darajagacha ko‘tariladi. 

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 1-3-may kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. 

Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. 

Toshkentda: bugun kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 28-30 daraja bo‘ladi. 

Shanba va yakshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat kechalari 13-15 daraja, kunduz kunlari 22-24 daraja bo‘ladi. 

1-2-may kunlari shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi, bugun kunduzi shaharning ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chustda qalbaki dollar sotuvchilari qo‘lga tushdi

Published

on


Namangan viloyatining Chust tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qalbaki valyuta savdosi bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga tushdi.

Yangi Namangan tumanida yashovchi shaxs (1984-y.t.) va Chust tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam sudlangan fuqaro (1980-y.t.) o‘zaro til biriktirib, xorijdan olib kelingan qalbaki 10 ming AQSh dollarini shartli xaridorga haqiqiy 7,5 ming AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Published

on


Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yana neft aralash suyuqlik oqayotgani kuzatilmoqda.

Ayni damda holat Surxondaryo viloyati Ekologiya bosh boshqarmasi Ekopolitsiya xodimlaridan iborat ishchi guruh tomonidan va boshqa tegishli tashkilotlar bilan birga voqea joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda. Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, bugun tonggi 06:30da kuchli sel kelishi natijasida handaqni buzib ketgan va natijada neft aralash suyuqlik oqib chiqqan.

Hozirda o‘rganish davom etmoqda va natijalariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Beqaror dunyoda taraqqiyotning yo‘li bitta» – Toyvo Klaar Lissabondan Andijonga qadar kengaygan hamkorlik haqida

Published

on


Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan, O‘zbekistonning yanada kuchli, o‘ziga ishonchli va tashqi omillarga kamroq qaram bo‘lishi uchun faol qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining yurtimizdagi elchisi Toyvo Klaar Toshkentda Yevropa kuni munosabati bilan o‘tkazilgan anjumandagi nutqida gapirdi.

Tadbirda O‘zbekiston hukumati nomidan Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov qatnashdi.

«2024-yilda Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun import bo‘yicha uchinchi yirik savdo hamkori va eksport bo‘yicha ikkinchi yirik savdo hamkori bo‘ldi. O‘zaro savdo hajmi qariyb 4,8 milliard yevroni tashkil etib, 2020 yilga nisbatan deyarli ikki barobarga oshdi. Iqtisodiy aloqalarimizning kengayishi Lissabondan Andijongacha bo‘lgan hududda ham o‘zbekistonliklar, ham yevropaliklarga foyda keltirmoqda», – dedi elchi Toyvo Klaar.

O‘tgan yili Bryussel va Toshkent munosabatlariga oid ikki o‘ta muhim hodisa ro‘y berdi.

2025-yil 4-aprel kuni Samarqand shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» birinchi sammiti bo‘lib o‘tdi. YeI va mintaqa rahbariyati qatnashgan tadbirda Bryussel «Global Gateway» dasturi bo‘yicha 12 mlrd yevro hajmidagi investitsiya paketini e’lon qildi.

2025-yil 24-oktyabr kuni esa Bryussel shahrida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni (EPCA – Enhanced Partnership and Cooperation Agreement) imzolashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

YeI elchisiga ko‘ra, Samarqandda bo‘lib o‘tgan tarixiy sammit allaqachon aniq natijalar bermoqda.  Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim esa savdo va investitsiyalar, barqaror rivojlanish, transport va raqamli aloqalar, huquq ustuvorligi va inson huquqlari kabi ko‘plab yo‘nalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirmoqda.

«Beqaror dunyoda hamkorlik bu – kuchdir. Yevropa O‘zbekiston uchun biznes, hamkorlik, xalqaro huquqqa hurmat, xavfsizlik va inson qadr-qimmatini ta’minlash borasida kuchli va ishonchli hamkor bo‘lib qoladi», – dedi notiq.

Bundan 76 yil avval, 1950-yil 9-may kuni fransiyalik atoqli davlat arbobi Rober Shuman yagona Yevropa haqidagi qarashlarini bayon etgan edi. U Yevropa ko‘mir va po‘lat hamjamiyatini tashkil etishni taklif etar ekan, raqobat o‘rniga hamkorlikni, tarqoqlik o‘rniga birlikni, urush o‘rniga tinchlikni targ‘ib qilgan edi.

Rober Shumanning qarashlari bugungi Yevropaning 27 davlatini birlashtirgan siyosiy va iqtisodiy ittifoqqa asos bo‘ldi va u qariyb 80 yil davomida qit’ada tinchlik, demokratiya va iqtisodiy farovonlikni ta’minlab kelmoqda.

«YeI oddiy, ammo kuchli g‘oyaga asoslangan: insonlar erkin yashashi, ularning huquqlari himoya qilinishi va ular doimo teng munosabatda bo‘lishi kerak. Bu tamoyillar bugungi kunda ham YeI ichida o‘z kuchini saqlab qolmoqda. Biroq bugungi dunyo tobora ortib borayotgan mojarolar, iqtisodiy beqarorlik va iqlim o‘zgarishining kuchayib borayotgan ta’siri bilan tavsiflanmoqda», – dedi T.Klaar.

Diplomat o‘z chiqishida Yaqin Sharqdagi to‘qnashuvlar, Rossiyaning Ukrainaga tajovuzi kabi dolzarb masalalarga ham to‘xtaldi.

«Bugungi kunda Yevropa loyihasining bir muhim haqiqatini yana bir bor ko‘rib turibmiz: umumiy muammolar umumiy yechimlarni talab qiladi. Hech bir davlat bugungi global muammolarni yakka holda hal qila olmaydi. Iqlim o‘zgarishi global hamkorlikni, adolatli savdo umumiy tamoyillarga sodiqlikni, tinchlik esa qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni talab qiladi. Aynan shu sababli YeI butun dunyo bo‘ylab mustahkam, adolatli va ishonchli hamkorliklarni rivojlantirishda davom etmoqda, umumiy muammolarni hal etish uchun o‘zaro manfaatli sherikliklarni yo‘lga qo‘yib, 80 yil davomida shakllanishiga hissa qo‘shgan qoidalarga asoslangan xalqaro tartibni qo‘llab-quvvatlamoqda», – deya xulosa qildi YeIning O‘zbekistondagi elchisi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Prezident orzumga yetkazsin deyman” – farg‘onalik 106 yoshli urush faxriysi

Published

on


Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Katta Qaynar mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Usmonjon ota Rahimov bu yil 106 yoshni qarshi oldi. Otaxonning uch o‘g‘il, uch qiz, 20 nevara, 45 evara, besh chevarasi bor.

“Urush boshlanishidan avval kolxozda ishladim, temiryo‘lda mashinistlik qildim. Urushdan qaytib kelib turli sohalarda ishladim. Qani endi prezidentimiz bilan uchrashsam-u ularga orzumni aytsam. Ulardan mashina sovg‘a qilishlarini iltimos qilgan bo‘lardim. Shu yoshimda prezident bergan mashinada Buxoro-yu, Samarqandga sayohatga chiqsam”, – deydi ota.

Usmonjon ota Rahimov urush xotiralarini so‘zlab berdi:

“1920 yilda tug‘ilganman. Urush boshlanganda kolxozda ishlardim. Ayni navqiron 21 yoshda edim. O‘shanda otam 84, onam esa 75 yoshda edi.

Ocharchilik boshlangan payt, hatto yeyishga non ham yo‘q. Nima qilishni bilmay qishloqda o‘tin teramanda aravaga solib markazga chiqib yarim buxonka nonga almashtirib kelaman. Ana shunday qilib yurib ota-onamni boqqanman. Haftalab non yemagan kunlarimiz ham bo‘lgan. Amakim bilan tomorqamizga sholg‘om, rediska ekib pishganida katta qozonga solib qaynatib shuni yeganmiz. Ota-onamga xizmat qilib ayni duolarini olish paytida noiloj urushga jo‘nab ketganman.

1941 yil 29 dekabrda Moskvaga yetib bordim…

Snayper, miltiq, minomyotga otishga o‘rgatishdi. Urushda faqat tank haydamadim xolos. Lekin sheriklarim meni “tankist” deb chaqirishardi. Urush shunchalik dahshatli bo‘lganki, Xarkivni vayron qilib yuborgan nemis. O‘q yomg‘iri ostida boshimdagi kaskamga qarsillaganicha nemisning o‘qi tegadi. Kaskalarim ilma-teshik bo‘lib ketgan. Sheriklarimning ko‘pi o‘lib ketdi. Umrimdan bergan ekan vatanimizga sog‘-omon qaytib keldim. 

O‘tgan yili prezidentning qizi va kuyovlari kelib meni yo‘qlab ketishdi. Qo‘limga dollar tutqazib ketishdi. Ular bilan hazillashib bir oz kulishdik.

106 yeshga kirdim. Orzum… prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan ko‘rishsam, mendan nima so‘raysiz, desalar, mehnatlarimni hurmat qilib bittagina mashina sovg‘a qilsalar. Mashinaga chiqib Sarmarqand-u Buxorolarni ziyorat qilsam armonim qolmas edi”, — deydi Usmonjon ota Rahimov.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.