Sport
«Real» yo‘qotishsiz ketmoqda, «Liverpul» noxush seriyasini to‘xtatdi. Kun o‘yinlari
«Marsel» futbolchisi penalti ishlashga urinib, qizil kartochka oldi, «Chelsi» va «Bavariya»da yirik g‘alaba. Chorshanba oqshomida YeChLning 3-turi doirasidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.
«Real» 28 ta zarbadan 1 ta gol urdi
«Real» – «Yuventus» 1:0
Gollar: Bellinghem, 57 (1:0)
«Real»: Kurtua, Eder Militau, Raul Asensio (G. Garsiya, 88), Karreras, Valverde, Tshuameni, Arda Guler (Kamavinga, 74), Vinisius Junior (F. Garsiya, 84), Dias (Mastantuono, 84), Bellinghem, Mbappe
«Yuventus»: Di Gregorio, Rugani, Kelli, Gatti, Tyuram (Konseysau, 62), Makkenni, Kambyaso (Kostich, 88), Kalyulyu, Kenan Yildiz (Lokatelli, 74), Kopmeyners (Openda, 74), Vlahovich (David, 74)
Ogohlantirish: Dias, 61
YeChL 3-turidagi markaziy bahs Madridda o‘tkazildi. Chorshanba oqshomida «Santyago Bernabeu»da «Yuventus» mehmon bo‘ldi. Habi Alonso jamoasi oldingi turlarda ikki g‘alabaga erishgandi, turinliklar esa ikki o‘yinda ham durang qayd etgandi. Igor Tyudor jamoasi anchadan buyon g‘alaba neligini bilmayapti (oxirgisi sentabr oyida «Inter» bilan o‘yinda bo‘lgandi, shundan keyin ketma-ket besh o‘yinda durang qayd etildi, A Seriyaning oxirgi o‘yinida esa «Komo»dan mag‘lub bo‘lindi).
Madridliklar o‘z uyida muhim g‘alabaga erishdi va Tyudorning iste’fosini tezlashtirishdi. Turinliklar munosib qarshilik ko‘rsatdi va 13 bor zarba berdi, ammo madridliklar ikki barobar ko‘proq imkoniyatga ega bo‘ldi, ammo shu kuni Di Gregorio qahramonlarcha o‘ynadi va mezbonlar 28 ta zarbadan faqat bir gol urish bilan kifoyalandi (to‘qqiz zarba – darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan). G‘alaba golida asosiy ishni Vinisius bajardi, u barcha himoyachilardan o‘tib zarba berdi, ustundan qaytgan to‘pni esa Bellinghem bo‘sh darvozaga kiritib yubordi.
Turinliklar uch turdan keyin ham ikki ochko bilan qolmoqda va o‘tish bosqichiga yo‘llanma olish ham qiyinlashdi. «Real» esa qatorasiga uch g‘alabadan keyin 1/8 finalga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanma olish uchun yaxshi imkoniyat hosil qilgan.
«Liverpul» alamini «Ayntraxt»dan oldi
«Ayntraxt» – «Liverpul» 1:5
Gollar: Kristensen, 26 (1:0). Ekitike, 35 (1:1). van Deyk, 39 (1:2). Konate, 44 (1:3). Gakpo, 66 (1:4). Soboslai, 70 (1:5)
«Ayntraxt» F: Tsetterer, Kox, Teat, Amenda, Larsson, Getse (Shaibi, 64), Braun, Kristensen (Kollinz, 59), Knauff (Sxiri, 76), Baoyya (Burkardt, 59), Doan (Uzun, 64)
«Liverpul»: Mamardashvili, van Deyk, Konate (Gomes, 74), Roberson, Frimpong (Bredli, 19), Jons, Virs, Soboslai, Gakpo (Makallister, 74), Ekitike (Saloh, 74), Isak (Kiyeza, 46)
Ogohlantirishlar: Doan, 52. Amenda, 54
Qatorasiga to‘rt mag‘lubiyatdan iborat noxush seriya qayd etayotgan «Liverpul» bosh murabbiyi Frankfurtdagi o‘yin oldidan boshlang‘ich tarkibni qaytadan ko‘rib chiqdi hamda ikki hujumchidan iborat sxema tanladi. Isak hamda «Ayntraxt»ning sobiq forvardi Ekitike bir vaqtda maydonda bo‘lishi uchun Arne Slot Salohni qurbon qildi. Yozda Germaniya chempionatidan kelgan va «burgutlar»ni raqib sifatida yaxshi biladigan Frimpong va Virsga ham ilk daqiqalardan o‘ynash imkoniyati berildi. Florianda moslashish jarayoni qiyin kechmoqda, bu o‘yinda ham o‘tkazib yuborilgan gol aynan Virs to‘p yo‘qotishi orqali boshlangan hujumda urildi. Frimponga esa bu vaqtda maydonda emasdi – u 19-daqiqadayoq jarohat oldi va o‘rnini Bredliga bo‘shatib berdi.
Qizillar 72 yil ichidagi eng yomon seriyasini qayd etib, beshinchi bor yutqazishi mumkin edi, ammo jamoa vaqtida uyg‘ondi. O‘yindagi burilish nuqtasi esa Ekitike sobiq jamoasi darvozasini ishg‘ol etishi bo‘ldi, u qarshi hujumda katta tezlik olib, jarima maydoniga kirmasdan kuchli zarba berdi va o‘ziga qadrdon tribunalarni to‘ldirib o‘tirgan mezbon muxlislardan uzr so‘radi.
Bo‘limning qolgan qismida mehmonlar ikkita burchak zarbasidan ikkita gol urishdi va bu bilan amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. Gakpo va Soboslai turli qanotlardan uzatma berdi, gollarni esa markaziy himoyachilar – van Deyk va Konate urishdi.
«Ayntraxt» – bejiz bundesliganing eng ko‘p gol o‘tkazayotgan jamoasi emas. Darvozabonni almashtirish Dino Toppmeller jamoasiga yordam bermadi. Ikkinchi bo‘limda esa Virs o‘z o‘yinini topib oldi. Avvaliga u olis ustun oldida bo‘sh qoldirilgan Gakponi golli pas bilan ta’minladi, keyin esa Soboslaini zarba berish nuqtasiga chiqardi.
«Ayaks» Londonda xo‘rlandi
«Chelsi» – «Ayaks» 5:1
Gollar: Giu, 18 (1:0). Shutalo, 27 – avtogol (2:0). Veghorst, 33 – penalti (2:1). Fernandes, 45 – penalti (3:1). Estevao, 45+6 – penalti (4:1). Jorj, 48 (5:1)
«Chelsi»: Yyergensen, Adarabioyo (Chaloba, 46), Fofana, Xato, Kaysedo (Achimpong, 49), Fernandes (Santos, 46), Lavia (Uolsh, 66), Estevao, Gittens, Buonanotte, Giu (Jorj, 46)
«Ayaks»: Pasver, Itakura, Shutalo, Bas, Roza (Goei, 84), Glux (Mokio, 23), Teylor, Makkonnell (Reger, 79), Gods (Fits-Jim, 84), Moro, Veghorst (Klassen, 46)
Ogohlantirishlar: Adarabioyo, 31. Estevao, 56 – Veghorst, 45
Chetlatish: Teylor, 15
«Ayaks» – asosiy bosqichning eng yomon jamoasi bo‘lib turibdi, «Stemford Brij»dagi mag‘lubiyat amsterdamliklar uchun yevrokuboklardagi qatorasiga oltinchi mag‘lubiyat bo‘ldi, bunday yomon seriya jamoa tarixida ikkinchi bor kuzatilmoqda. Avvaliga jamoa yarimhimoyachisi Teylor maydon markazida qo‘pol podkati uchun (17-daqiqadayoq) VAR aralashuvi bilan maydondan chetlatildi. Belgilangan jarima zarbasi davomida esa Giu hisobni ochdi.
Keyin Kaysedoning olis masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin rikoshet niderlandlarning 41 yoshli darvozaboni Pasverni ilojsiz ahvolda qoldirdi.
Shundan keyin Veghorst penaltini aniq ijro etib, o‘yindagi intrigani jonlantirgandi, ammo bo‘lim oxirida mezbonlar ikki bor penalti tepish huquqiga ega bo‘lishdi va amalda o‘yin taqdiri hal bo‘ldi. «Chelsi» shu kuni klub rekordini ikki bor yangiladi. Avvaliga Giu (19 yoshu 291 kun) klubning asosiy yevrokubokda gol urgan eng yosh futbolchisi bo‘lgandi, keyin esa Estevao (18 yoshu 181 kunlik) uning natijasini yangiladi. Ikkinchi bo‘limda esa 19 yoshli Jorj ham gol urdi va londonliklar YeChLning bir o‘yinida uch nafar tineyjyer futbolchisi gol urgan ilk jamoaga aylandi.
Keyn to‘xtamayapti
«Bavariya» – «Bryugge» 4:0
Gollar: Karl, 5 (1:0). Keyn, 14 (2:0). Dias, 34 (3:0). Jyekson, 79 (4:0)
«Bavariya»: Noyyer, Upamekano (Kim Min Je, 81), Ta, Rafael Gerreyru (Goretska, 69), Laymer, Kimmix, Pavlovich, Olise, Dias (Mayk, 81), Karl (Bishof, 69), Keyn (Jyekson, 69)
«Bryugge»: Yakkers, Ordones, Mehele, Meyyer, Sabbe (Sike, 46), Stankovich, Vanaken, Audor (Sandra, 66), Tzolis (Dyakon, 80), Borjyesh (Spilers, 46), Tresoldi (Verman, 66)
Ogohlantirish: Kim Min Je, 90
«Bavariya»da esa o‘smir futbolchi gol urdi. Gnabrining jarohati tufayli asosiy tarkibga jalb etilgan Lenart Karl bu imkoniyatdan foydalandi va debyut o‘yinini gol bilan nishonladi. Bu orqali u Musialaga tegishli bo‘lgan rekordni yangilab, jamoaning asosiy yevrokubokda gol urgan eng yosh futbolchisiga (17 yoshu 142 kunlik) aylandi. Keyin esa Keyn joriy mavsumdagi 23-golini urdi, bo‘lim davomida Dias hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgan Jyekson ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘yib, yakuniy natijani o‘rnatdi. Shu kuni «Bryugge»da hech qanday imkoniyat yo‘q edi, mavsum boshidan buyon hech qaysi turnirda yutqazmayotgan «Bavariya» turnir g‘olibligi uchun asosiy favoritlardan biri ekanini namoyish etdi.
Vikarioga atalgan kecha
«Monako» – «Tottenhem» 0:0
«Monako»: Ken, Salisu, Kayyu Enrike, Kerer, Teze, Kulibali, Uttara (Mavissa, 70), Diatta (Golovin, 57), Akliush, Fati (Minamino, 70), Balogun (Biyeret, 83)
«Tottenhem»: Vikario, Danso, Grey, van de Ven, Porro, Bentankur (Simons, 60), Bergvall (Sarr, 60), Palinya, Quddus (Spens, 79), Odober (Jonson, 70), Risharlison (Kolo Muani, 70)
Ogohlantirish: Risharlison, 47
«Monako»ning omadi kelmadi: mezbonlar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Tottenhem»dan ustun kelishdi, kutilgan gollar bo‘yicha kamida ikki golga loyiq o‘yin ko‘rsatishdi, darvoza tomon 23 bor zarba berildi, shundan 8 tasi darvoza sohasiga to‘g‘ri bordi, ammo yakunda bir ochko bilan kifoyalanishdi. Mehmonlar darvozaboni Gulelmo Vikario shu kuni navbatdagi benefisini o‘tkazdi – u 2,68 golning oldini oldi (xG modeli bo‘yicha).
Osimhen hal qildi
«Galatasaroy» – «Bude-Glimt» 3:1
Gollar: Osimhen, 3 (1:0). Osimhen, 33 (2:0). Yunus Oqkun, 60 (3:0). Helmersen, 75 (3:1)
«Galatasaroy»: Ugurjan Chaqir, Sanches, Abdulkarim Bardakchi, Yakobs, Sholloi, Torreyra (Berkan Kutlu, 88), Lemina (Eren Elmali, 65), Yunus Oqkun (Xon Oyxon, 73), Sane, Osimhen (Ikardi, 73), Barish Yilmaz (Sara, 65)
«Bude-Glimt»: Xaykin, Bertuft, Aleyesami (Nilsen, 69), Berkan (Myattya, 81), Sevold, Berg, Fet (Helmersen, 69), Even (Klyunge, 88), Hauge, Euklenn, Heg (Bassi, 69)
Ogohlantirishlar: Yakobs, 89 – Berkan, 51
Norveglar ultrapressing bilan qisqa paslar orqali o‘ynashga harakat qilishdi, ammo tarkibdagi futbolchilar «Barselona»ning eng yaxshi darvlaridagi futbolchilari darajasida emasdi va «Galatasaroy»dan uchta gol qabul qilib olishdi. Osimhen Leminning uzatmasidan keyin to‘pni darvoza burchagiga aniq yo‘llaganida o‘yin boshlanganiga endigina 2 daqiqayu 53 soniya o‘tgandi, bu turklar jamoasining YeChLdagi eng tezkor goliga aylandi. Nigeriyalik hujumchi birinchi bo‘lim davomida dublni rasmiylashtirdi va amalda o‘yin taqdirini hal qildi.
Simulyatsiya va jazo
«Sporting» – «Marsel» 2:1
Gollar: Payshao, 14 (0:1). Katamu, 69 (1:1). Santos, 86 (2:1)
«Sporting»: Ruy Silva, Debast (Diomande, 80), Gonsalu Inasiu, Arauxo (Mateus Reys, 90+3), Fresneda (Santos, 80), Yulmann, Simoyes (Katamu, 64), Trinkau, Gonsalvesh, Kenda (Ioannidis, 64), Suares
«Marsel»: Ruli, Balerdi, Agerd, Pavar, Emerson, Vea (Garsiya, 67), Vermeren (Murilo, 46), Heyberg, Payshao (Gomesh, 67), Grinvud (O`Rayli, 46), Obameyang (Vaz, 82)
Ogohlantirishlar: Arauxo, 90. Gonsalvesh, 90 – Balerdi, 2. Emerson, 39. Pavar, 90
Chetlatish: Emerson, 45 (ikkinchi sariq)
Bir necha kun oldin Fransiya chempionati turnir jadvali peshqadami bo‘lib olgan «Marsel» Lissabondagi o‘yinni mezbon jamoa kabi boshladi. Igor Payshaoning o‘yin startida Obameyangning uzatmasidan keyin olis «to‘qqizlik»ni aniq nishonga olishi provansalliklar uchun YeChLdagi 100-gol bo‘ldi. Ammo bo‘lim oxirida Emerson jamoadoshlarini qiyin ahvolda qoldirdi, bosh hakam avvaliga uning raqib jarima maydonida yiqilishiga aldanib, penalti belgilagandi. Ammo vaziyatga VAR aralashdi, monitor qarshisiga borib kelgan arbitr esa himoyachiga simulyatsiya uchun ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi.
Ikkinchi bo‘limda «Sporting» to‘liq kuch bilan oldinga o‘tdi va g‘alabani ilib ketdi. Avvaliga zaxiradan tushgan Katamo jarima maydoni markazidan zarba berib, to‘pni burchakka joyladi, o‘yin oxirlariga borib Alisson Santos g‘alaba golini urdi, uning zarbasidan keyin to‘p Pavarga tekkan holda yo‘nalishini o‘zgartirdi va darvozabon ilojsiz holatda qoldi.
Gollar bo‘yicha 0:0, yirtilgan futbolka bo‘yicha 0:1
«Atalanta» – «Slaviya» Praga 0:0
«Atalanta»: Karnesekki, Xin, Jimsiti, Kossunu, Ederson, de Ron, Bernaskoni (Zalevski, 46), Dzappakosta (Bellanova, 74), Lukman (Sulemana, 62), De Ketelare (Samarjich, 90+1), Krstovich (Skamakka, 62)
«Slaviya»: Markovich, Zima, Vlchek (Sanyang, 88), Mbodji (Sadilek, 61), Borjil, Zafeyris, Dorli, Mozes (Xaloupek, 68), Provod, Kushey (Prekop, 88), Xori
Ogohlantirishlar: Bernaskoni, 35. de Ron, 51. Jimsiti, 90 – Borjil, 87. Prekop, 90
«Atalanta» va «Slaviya» o‘yini kunning eng ko‘p zarba berilgan o‘yinlaridan biri bo‘ldi, ikki jamoa jami 37 ta urinishni amalga oshirdi. Ammo bu o‘yinda ham darvozabonlar eng yaxshi futbolchilar bo‘ldi. Natija bilan tugagan yagona harakat – to‘p uchun kurash vaqtida De Ketelarening futbolkasi yirtilib ketishi bo‘ldi. New Balance o‘zi ishlab chiqarayotgan formalar sifati haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Endi «Atalanta»da uch o‘yindan keyin to‘rt ochko, «Slaviya»da – ikki.
«Atletik» – «Qorabog‘» 3:1
Gollar: Leandru Andrade, 1 (0:1). Guruseta, 40 (1:1). Navarro, 70 (2:1). Guruseta, 88 (3:1)
«Atletik»: Simon, Paredes, Lyaport, Berchiche, Gorosabel (Areso, 65), Xauregisar, Rego (Ruis de Galarreta, 65), Sanset (Vesga, 81), Uilyams (Navarro, 65), Inyaki Uilyams (Berenger, 38), Guruseta
«Qorabog‘»: Koxalski, Mustafozoda, Medina, Jafarguliyev, Silva (Bolt, 79), Borjyes, Pedru Bikalyu (Yankovich, 56), Leandru Andrade (Adday, 56), Zubir, Duran (Bayramov, 67), Oxunzoda (Kashchuk, 67)
«Qorabog‘» ilk daqiqadayoq basklar darvozasini ishg‘ol qildi – mezbonlar o‘z jarima maydoni yaqinida bir-biriga boshda uzatma berishda ehtiyotsizlik qilishdi va Andrade zarba berish pozitsiyasiga chiqib bordi. Ammo mehmonlarda shundan keyin bunday sovg‘alar bo‘lmadi, mezbonlar esa saviyadagi farqni ko‘rsatib qo‘yishdi. Bilbaoliklar zarbalar bo‘yicha 21:9 hisobida ustunlik qilishdi, to‘pga egalik qilish ko‘rsatkichi – 60 ga 40 foiz. Mavsum boshidan buyon barcha turnirlar doirasida ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritgan «Atletik» nihoyat yevrokubokda muhim ochkolarga ega bo‘ldi.
Umumiy jadval:
Sport
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi
15-sentyabr kuni Samarqand shahrida 46-FIDE Butunjahon shaxmat olimpiadasiga start beriladi. O‘zbekiston nufuzli musobaqaga ilk bor mezbonlik qilmoqda.
Olimpiada 15–27 sentyabr kunlari Silk Road Samarkand xalqaro ko‘rgazma markazida o‘tkaziladi. Ilk tur bahslari 16 sentyabrda boshlanadi. Jamoalar ochiq va ayollar toifasida 11 tur davomida g‘oliblik uchun kurashadi.
Musobaqada qariyb 400 ta terma jamoa, 4 mingdan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zosi ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiada bilan bir vaqtda Samarqandda FIDE Kongressi ham o‘tkaziladi. 24-sentyabrda shaxmatni ta’limga integratsiya qilishga bag‘ishlangan FIDE ta’lim sammiti, 25-sentyabrda esa hududiy saylovlar bo‘lib o‘tadi.
26–27 sentyabr kunlari FIDE Bosh assambleyasi o‘tkaziladi. 26-sentyabrda tashkilotning keyingi to‘rt yillik rahbariyati saylanadi. Shuningdek, Bosh assambleyada 2030-yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezboni ham aniqlanadi.
Olimpiadaning so‘nggi turi va yopilish marosimi 27-sentyabrga belgilangan.
Sport
Messi Ispaniya futbol klubini sotib oladi — OAV
Argentinalik hujumchi Lionel Messi Ispaniyaning «Eldense» futbol klubini sotib oladi. Bu haqda Marca xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, 39 yoshli «Inter Mayami» futbolchisi klubning amaldagi egalari bilan kelishuvga erishgan. «Oltin to‘p»ning sakkiz karra sohibi «Eldense» aksiyalarining 100 foizini sotib olishni rejalashtirmoqda.
«Lionel Messi bilan aksiyalarni sotib olish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Natijada u klubning nazorat paketini egallaydi. Ayni paytda qolgan yuridik va shartnomaviy jarayonlar, jumladan, kompleks tekshiruv hamda Ispaniya Milliy sport kengashidan zarur ruxsatni olish ishlari yakunlanmoqda», — deyiladi klub bayonotida.
Aprel oyida Messi Ispaniya futbolining beshinchi divizionida ishtirok etadigan «Kornelya» klubining egasiga aylangan edi.
«Eldense» joriy mavsumda Ispaniyaning ikkinchi kuchli ligasi — Segundada ishtirok etmoqda. Jamoa ikki ochko jamg‘argan va turnir jadvalida 20-o‘rinni egallab turibdi.
Sport
«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi
«Paxtakor» bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida himoyachi Muhammadrasul Abdumajidovning Fransiya jamoasiga o‘tishini tasdiqladi.
«Abdumajidov 1 yanvardan e’tiboran “Brest” a’zosiga aylanadi, shartnoma imzolangan. Shunchaki Muhammadrasulning o‘zi jamoada qolib, yordam berishni istadi.
Agar ular oldinroq xat jo‘natishganida, balki, uni Fransiyaga jo‘natar edik. O‘tgan yili Muhammadali O‘rinboyevni Belgiya jamoasiga bergandik», — dedi Tojiyev.
Avvalroq tarmoqda «Paxtakor» rahbariyati futbolchining Fransiya klubiga o‘tishiga ruxsat bermagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shundan so‘ng klub Fransiyadan taklif kech yetib kelgani va O‘zbekistonda transfer davri yopilganini ma’lum qildi. Shu tufayli mazkur transfer bo‘yicha taklif qishda ko‘rib chiqilishi aytilgan.
Sport
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
Bugun «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashida O‘zbekiston Biatlon federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaning yangi rahbariyati saylandi.
Konferensiya yakuniga ko‘ra, Husan Botirov O‘zbekiston Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi. Mansur Mamadaminov birinchi o‘rinbosar, Anvar Kurbaniyazov esa rais o‘rinbosari lavozimini egalladi.
Yangi rahbariyat federatsiya oldida turgan ustuvor vazifalarni belgilab, O‘zbekiston biatlonini yanada rivojlantirish, sportchilarning xalqaro musobaqalardagi natijalarini yaxshilash va yuqori darajadagi musobaqalarga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.
Xususan, 2027-yilgi Jahon chempionati hamda 2030-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik federatsiya faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi ta’kidlandi.
Yangi rahbariyat oldida biatlon infratuzilmasini rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni saralash va tayyorlash hamda O‘zbekiston biatlonining xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlash kabi vazifalar turibdi.
Sport
«Beradigan boshqa narsam qolmadi» — Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi
Afsonaviy futbolchi Lionel Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qildi. Leo ijtimoiy tarmoqlarda bu haqdagi maktubni e’lon qildi.
«Finaldan keyingi voqealar va uzoq o‘ylanishlardan so‘ng barchaga milliy terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayotganimni ma’lum qilmoqchiman. Bu og‘riqli qaror bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Biroq hozir buning uchun eng munosib vaqt ekanini tushunyapman.
Qasam ichaman, men nafaqat so‘nggi yillarda, barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgan davrimizda, balki undan oldin ham doimo bor kuchimni berib keldim. Har doim kurashdim va sizlarga quvonch ulashish, futbol orqali argentinalik ekaningizdan faxrlanishingiz uchun ushbu kiyim sharafi uchun borimni berdim.
Vaqt oz qoldi. Yangi boblar ochilmoqda, ammo bu bob menga chuqur og‘riq bermoqda. Men milliy terma jamoada bo‘lishni sevdim, sevaman va har doim sevib qolaman. Bor kuchimni berdim. Endi beradigan boshqa narsam qolmadi.
Bundan tashqari, ortimdan juda iste’dodli yosh futbolchilar kelmoqda va ular terma jamoada bo‘lishga loyiq. 20 yil davomidagi mehringiz uchun rahmat», — deb yozdi Messi.
Messi Argentina terma jamoasida 2005 yildan buyon o‘ynab kelgan. U jami 207 ta uchrashuvda maydonga tushib, 125 ta gol urgan va 68 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Messi Argentina bilan 2022 yilgi jahon chempionati, 2021 va 2024 yillardagi Amerika kubogi, 2022 yilgi Finalissimada g‘olib bo‘lgan, shuningdek, 2008 yilgi Olimpiadada oltin medalni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, Leo bilan Argentina 2014 va 2026 yilgi jahon chempionatlarida finalga chiqqan. Jamoa 2007, 2015 va 2016 yillardagi Amerika kubogida ham kumush medallarni qo‘lga kiritgan.
-
Jamiyat4 days ago
Prezidentning xususiylashtirishga oid farmoni e’lon qilindi
-
Sport4 days ago
Husan Botirov Biatlon federatsiyasi raisi etib saylandi
-
Jamiyat4 days ago
Sudyalikka nomzodlar uchun yosh senzi 30 yoshga tushirilishi mumkin
-
Jamiyat3 days ago
Hokim yordamchilarining 9 ta asosiy vazifasi belgilab berildi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev Serbiyaga yetib bordi
-
Iqtisodiyot4 days agoDollar qimmatladi, yevroda ham ko‘tarilish kuzatildi
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston hukumati Suriyaga yangi elchisini jo‘natdi
-
Sport4 days ago
«Paxtakor» futbolchisi Muhammadrasul Abdumajidov Fransiya jamoasiga o‘tadi
