Connect with us

Iqtisodiyot

Oltin sotuvi 9,9 mlrd dollarga yetdi, benzin importi oshib boryapti – O‘zbekiston tashqi savdosi sharhi 

Published

on


2025 yilning 9 oyida O‘zbekistonning savdo aylanmasi BAA, Hindiston va Afg‘oniston bilan keskin yaxshilangan bo‘lsa, Turkmaniston, Janubiy Koreya va Turkiya bilan sezilarli pasayish kuzatilgan. Hisobot davrida 9,9 mlrd dollarlik oltin sotildi. Bu mutlaq rekord ko‘rsatkichdir. O‘zbekistonning asosiy eksport bozori Rossiya bo‘lib qolyapti. Umumiy importning 30 foizi Xitoydan amalga oshirilgan.

2025 yil yanvar-sentabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu 2024 yilning mos davriga nisbatan 11,1 mlrd dollarga yoki 22,9 foizga ko‘p.

Bunda eksport hajmi 26,7 mlrd dollar (+33,3 foiz), import hajmi esa 33,1 mlrd dollar (+15,6 foiz) bo‘lgan. Tashqi savdo salbiy saldosi esa 6,4 mlrd dollargacha qisqargan.

Hisobot davrida tashqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Xitoy (19,1 foiz), Rossiya (15,7) Qozog‘iston (5,8 foiz), Turkiya (3,6 foiz) va Janubiy Koreya (2,2 foiz) bilan qayd etilgan.

Dastlabki 9 oylikda o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, yirik hamkor davlatlardan  Turkmaniston (-18,1 foiz), Janubiy Koreya (-12,5 foiz), AQSh (-7,7 foiz) va Turkiya (-2,2 foiz) bilan savdo aylanmasi miqdori qisqargan. Qolgan 17 ta davlat bilan umumiy savdo hajmi sezilarli darajada ko‘paygan. Xususan, BAA (+96,7 foiz), Niderlandiya (+59,5 foiz), Afg‘oniston (+50,8 foiz) va Hindiston (+39,4,3 foiz) kabi davlatlar bilan umumiy savdo hajmida katta o‘sish qayd etilgan.

Eksport

Hisobot davrida 9,9 mlrd dollarlik (+70,9 foiz) oltin sotilgan. Bu umumiy eksportning 37,1 foizini tashkil etadi. Shuningdek, eksport tarkibida sanoat tovarlari (10,7 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (7,7 foiz), kimyoviy vositalar (5,7 foiz), turli xil tayyor buyumlar (4,7 foiz) va mineral yoqilg‘ilar (4,2 foiz) ham sezilarli ulushga ega bo‘lgan.

Tashqi savdo aylanmasida tovarlar va xizmatlar eksporti bo‘yicha asosiy hamkorlar Rossiya (12,2 foiz), XXR (5,2 foiz), Qozog‘iston (4 foiz), Afg‘oniston (3,8 foiz), Turkiya (3,1 foiz), Fransiya (2,6 foiz), BAA (2,1 foiz), Qirg‘iz Respublikasi (1,6 foiz), Tojikiston (1,5 foiz) va Pokiston (1,1 foiz) kabi davlatlar bo‘lgan. Ularning umumiy eksportdagi ulushi 37,2 foizni tashkil etadi.

Yanvar-sentabr oylarida 546 mln dollarlik gaz sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,4 foizga ko‘p. Bundan tashqari, 456 mln dollarlik neft va neft mahsulotlari (-1,1 foiz), 115 mln dollarlik elektr toki (+55,1 foiz) eksporti ham amalga oshirilgan.

Hisobot davrida qariyb 220 mln dollarlik avtomobil va uning ehtiyot qismlari sotilgan. Bu 2024 yilga nisbatan 23,8 foizga kam.

Import

Import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,9 foiz), sanoat tovarlari (15,9 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri kelgan. Umumiy importning 2/3 qismi 7 ta davlatdan amalga oshirilgan:


Xitoy – 30,3 foiz;
Rossiya – 18,6 foiz;
Qozog‘iston – 7,3 foiz;
Turkiya – 4 foiz;
Janubiy Koreya – 3,8 foiz;
Germaniya – 2,6 foiz;
Hindiston – 2,5 foiz.

Hisobot davrida 932 mln dollarlik gaz sotib olingan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichning 70,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, 1 mlrd 149 mln dollarlik benzin import qilingan.

Tayyor avtomobil olib kirish ham sezilarli darajada qisqarib ketgan. Jumladan, yanvar-avgust oylari davomida 807 mln dollarlik (-18,1 foiz) mashina import qilingan. O‘z navbatida, avtomobillar qismlari va anjomlari importi 40,8 foizga oshib, 1 mlrd 287 mln dollarga yetgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.