Connect with us

Jamiyat

Vodiy hokimlari Markaziy Osiyoda tinchlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fleshmobni boshlab berdi

Published

on


BMT shtab-kvartirasi o‘zining siyosat va tinchlik o‘rnatish masalalari bo‘yicha asosiy departamenti orqali Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi muloqot va sheriklikni mustahkamlash uchun yangi mintaqaviy platformaga aylanishi kerak bo‘lgan Farg‘ona tinchlik forumi haqida ma’lumot berdi.

Bu mazkur tadbirning ahamiyati nafaqat mintaqa, balki butun xalqaro hamjamiyat uchun muhim voqea ekanini yana bir bor ta’kidlaydi.

Forum joriy yilning 15-16 oktyabr kunlari Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi, YeXHT, Yevropa Ittifoqi, shuningdek, qator xalqaro va milliy hamkorlar tomonidan tashkil etildi.

Tadbirga 500 dan ortiq mehmon, jumladan, Markaziy Osiyo, MDH, Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan 300 dan ortiq ishtirokchi tashrif buyurdi.

Farg‘onadagi uchrashuvning muhim xususiyati uning inklyuziv xarakteri bo‘ldi – unda nafaqat davlat organlari, ekspert va ilmiy-akademik doiralar vakillari, balki fuqarolik jamiyati faollari, jumladan, yoshlar, xotin-qizlar jamoalari ham ishtirok etdi.

Forum keng qamrovli muloqot maydoniga aylandi, xususan, uchta chegaradosh Farg‘ona, O‘sh va Botken viloyatlari hokimlarining alohida uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, unda hududlar rahbarlari hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va o‘zlariga ishonib topshirilgan hududlarda tinchlik va barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi.

Farg‘ona forumi fuqarolik jamiyati, mahalla fuqarolar yig‘inlari, yoshlar tashkilotlari vakillariga ham vodiy obodligini ta’minlashga qaratilgan qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha yangi rejalarni muhokama qilish va belgilash imkonini berdi. 

Bundan tashqari, forum xalqaro tashkilotlar uchun mintaqa davlatlarining xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish uchun platforma vazifasini o‘tadi.

Forumda bo‘lib o‘tgan muhokamalarning mazmun-mohiyati kommyunikeda o‘z ifodasini topdi. Ushbu qo‘shma hujjatda mintaqa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar strategik, keng qamrovli va ko‘p qirrali ekanligi ta’kidlandi.

Uchrashuvni namoyishkorona qo‘l siqish bilan mustahkamlagan Farg‘ona, So‘g‘d va Botken chegaraoldi viloyatlari rahbarlaridan o‘rnak olib, uch mamlakat jamoatchiligi ijtimoiy tarmoqlarda mintaqalar rahbarlari bilan birdamligini xuddi shunday qo‘l siqish orqali faol ifoda eta boshlagan fleshmob keng auditoriya e’tiborini tortdi.

Ushbu aksiyaga xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xususan, Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze, YeXHTning mojarolarning oldini olish bo‘yicha markazi direktori Keyt Firon va Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stiprays ham qo‘shildi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ag‘nagan devor, suv bosgan hovli: Rapqondan fotoreportaj

Published

on


May oyining birinchi kuni kuchli yomg‘ir yog‘di, buning oqibatida Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Rapqon qishlog‘ining Vorux Dasht, Yangiqo‘rg‘on mahallalaridagi 90 dan ortiq xonadonlarni suv bosdi. Ayrim xonadonlarning yerto‘la va uy ichigacha suv kirdi. Hozirda tegishli tashkilotlar ko‘magida toshqin talafotlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilyapti. Kun.uz muxbiri Rapqon qishlog‘ida bo‘lib, hodisa joyidan fotoreportaj tayyorladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Gaz ishlab chiqarish 1-chorakda 1,7 mlrd kub metrga kamaydi – stistika

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston sanoatida ishlab chiqaradigan tarmoq asosiy ulushni egallab, 246,1 trln so‘m (85,1foiz)ni tashkil etdi. Biroq energiya resurslari, xususan, tabiiy gaz ishlab chiqarishda pasayish kuzatildi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davrda respublikada 9,6 mlrd kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamayganini anglatadi (2024–2025 yillarda 11 mlrd kub metrdan ortiq bo‘lgan).

Gaz bilan birga boshqa ko‘rsatkichlarda ham o‘zgarishlar bor:
– neft – 157,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 160,8 ming tonna atrofida);
– ko‘mir – 1,1 mln tonna (2025-yil 1-chorakda 1,2 mln tonna);
– gaz kondensati – 242,3 ming tonna (2025-yil 1-chorakda 296,6 ming tonna).

Shu bilan birga, ayrim qayta ishlangan mahsulotlarda o‘sish kuzatildi:
– avtomobil benzini – 313,2 ming tonna;
– dizel yoqilg‘isi – 280,9 ming tonna;
– portlandsement – 4,1 mln tonna.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baliqlarni nobud qilgan korxonaga 90 mln so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda Zangiota tumani Achchisoy kanalida baliqlar nobud bo‘layotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolitsiya) tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida Zangiota tumani «Ittifoqchi» mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Damachi baliq” MChJga qarashli baliqchilik ko‘lida suv sathi pasaytirilgani sababli baliqlarda kislorod yetishmasligi yuzaga kelib, 200-300 grammli baliqlar nobud bo‘lganligi aniqlandi. Nobud bo‘lgan baliqlar jamiyat ishchisi tomonidan tozalanib, tuman hududidan oqib o‘tgan Achchisoy kanaliga oqizib yuborilgan.

Jamiyat faoliyati natijasida hosil bo‘layotgan oqova suvlardan belgilangan tartibda laboratoriya tahlillari uchun namunalar olinib, atrof-muhitga ta’sirini aniqlash maqsadida chuqur o‘rganildi. Tahlil natijalariga ko‘ra, bir qator muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha me’yoriy talablardan sezilarli darajada oshish holatlari qayd etildi.

Xususan, azot ammoniy miqdori belgilangan me’yordan 1,7 barobar, azot nitrit 1,95 barobar, quruq qoldiq 1,28 barobar hamda umumiy fosfor 1,8 barobar ortiq ekanligi aniqlandi. Mazkur holatlar oqova suvlar yetarli darajada tozalanmasdan tashlanayotgani hamda suv obyektlarining ifloslanishi, ekologik muvozanatning buzilishi va bioxilma-xillikka salbiy ta’sir ko‘rsatganini ko‘rsatdi.

Holat bo‘yicha korxonaga 92 mln so‘m miqdorida kompensatsiya hisoblandi, mas’ullarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, holat qayta takrorlanmasligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, kanal nobud bo‘lgan baliqlardan tozalandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Navoiydagi YTHda haydovchi va yo‘lovchi halok bo‘ldi

Published

on


Joriy yilning 2-may kuni soat 07:20larda Konimex tumani «Karak-ata» OFY hududidan o‘tuvchi A-379 «Navoiy-Uchquduq» xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 142-143 km.lar oralig‘ida haydovchi N.J. boshqaruvida bo‘lgan «Nexia-3» rusumli avtomobil «Zarafshon-Navoiy» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelib, tezlikni oshirishi natijasida yo‘lning xavfli burilish joyida rul boshqaruvini yo‘qotib, qarama-qarshi tomonga chiqib ketib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan fuqaro M.A. boshqaruvida bo‘lgan «SKANIA 114L» rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada «Nexia-3» rusumli avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari sabab vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, voqea tafsilotlarini o‘rganish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tadigan OTB yig‘ilishida ishtirok etadi

Published

on


3-4 may kunlari Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi tadbirlarida ishtirok etadi.

Davlatimiz rahbari tadbirning ochilish marosimida nutq so‘zlaydi hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.

Yig‘ilishning bosh mavzusi – «Taraqqiyot chorrahalari: mintaqaning o‘zaro bog‘liq kelajagini ilgari surish». Forum global va mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro platforma bo‘ladi.

Ishtirokchilar asosiy e’tiborini «yashil» transformatsiya, energetik o‘tish, raqamlashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoatda yetkazib berish zanjirlarining barqarorligi va boshqa masalalarga qaratadilar.

Besh kunlik sammitda 100 dan ortiq mamlakat delegatsiyalari, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg‘armasi, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va boshqa institutlar rahbarlari va xodimlari hamda xorijiy hukumatlarning 2 ming nafarga yaqin vakillari, yetakchi kompaniyalar va banklar, transmilliy korporatsiyalar top-menejerlari hamda nufuzli ekspertlar ishtirok etadi. Jami 4 mingdan ziyod delegat qatnashishi kutilmoqda.

O‘zbekiston 1995-yildan buyon Osiyo taraqqiyot bankining a’zosi bo‘lib, uning eng yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi: loyihalar portfelining umumiy hajmi qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda. Mamlakatimiz bankning yillik yig‘ilishiga ikkinchi bor mezbonlik qilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.