Connect with us

Jamiyat

Toshkentda metro bekatida chaqaloq tug‘ildi

Published

on


Metroning G‘afur G‘ulom bekatida ayol farzandini dunyoga keltirdi. Unga poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima birinchi yordam ko‘rsatgan.

Toshkent metrosining G‘ofur G‘ulom bekatida homilador ayol farzandini dunyoga keltirdi. Bu haqda «Toshkent metropoliten» DUK matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, poyezdlarni kutib olish va jo‘natish bo‘yicha navbatchi xodima Naima Maxamadjonovaga bekat o‘tish yo‘lagidagi ichki ishlar xodimi tomonidan yo‘lovchi ayolning holati bo‘yicha xabar berilgan. Vaziyatni to‘g‘ri baholagan Naima Maxamadjonova xizmat davomida o‘ziga o‘rgatilgan maxsus bilimlar va ko‘nikmalarni ishga solgan holda birinchi yordam ko‘rsatib, voqea joyida ayolning farzandini sog‘-omon dunyoga keltirishiga yaqindan ko‘maklashgan. U chaqaloq sog‘ligi uchun kerakli yordamlarni ko‘rsatgan: kindik qismini bog‘lab, chaqaloq nafas olish refleksini faollashtirgan.

Bu vaqt ichida tez yordam xizmati va ayolning yaqinlari chaqirilgan. Tibbiyot xodimlari yetib kelguniga qadar xodimlar ona va bola holatini alohida nazoratga olib, ularning xavfsizligini ta’minlashgan. 

Hozirda ona va bolaning sog‘ligi yaxshi, ular shifoxonaga yetkazilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Boysunda ko‘mir tarqatish punktida talato‘p yuzaga keldi

Published

on


Tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida ko‘mir uchun yuzaga kelgan navbat va buning oqibatida yuz bergan talato‘p aks etgan video tarqaldi.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tabiiy gaz yetib bormagan olis hududlarda yashovchi aholiga ko‘mir yetkazib berishda muammolar borligi aytilmoqda. Kun.uz’ga bu borada murojaat kelib tushdi.

Unda ta’kidlanishicha, videodagi talato‘p “ko‘mir vaqtida yetkazib berilmagani” ortidan vujudga kelgan. Ta’kidlanishicha, ko‘mir Angren shahridan olib kelinadi, biroq u vaqtida kelmagani uchun navbatlar paydo bo‘lgan.

“Sovuq kunlar yaqin, odamlar sarosimada. Boysun tumanida ko‘p joylarga gaz yetib bormagan. Shuning hisobiga odamlar qishni ko‘mir bilan o‘tkazadi. 

Haftasiga 3-4 vagon keladi. Aholi ko‘p, bu yetmayapti. Aslida mas’ullar bu ishlarni oldinroq — yoz oylarida qilishi kerak edi.

O‘tgan yili shunday holatda ko‘mir talashib, bir-birini ketmon bilan urganlar bor”, — deyiladi murojaatda.

Hozircha tuman va viloyat rasmiylari mazkur holatga izoh bergani yo‘q.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondagi eng yirik ikkinchi ko‘mir koni — Sharg‘un Surxondaryo viloyatida joylashgan. Uning zaxirasi 36 mln tonna ekanligi aytiladi.

Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev respublikada kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda aholiga omborlardagi 27 ming tonna tarqatilmay qolgan ko‘mirni tarqatish haqida topshiriq bergandi. Shuningdek, davlat rahbari ma’sullarga kuz-qish mavsumida iste’molchilarga 330 ming tonna suyultirilgan gazni to‘liq yetkazishni topshirgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari 25 ming dollar bilan ushlandi

Published

on


Davlat tuzilmalarida korrupsion holatlarga chek qo‘yish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Guliston tuman bo‘limi boshlig‘i hamda Bekobod shahar bo‘limi katta tezkor vakili fuqarodan 25 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, ular Zangiota tumanida faoliyat yurituvchi 4 ta MChJning norasmiy rahbari va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 184-moddasi 3-qismi bilan qo‘zg‘atilib, hozirda jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishini ularning foydasiga ijobiy hal qilishni hamda Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasi tomonidan 2 ta MChJda o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlarini noqonuniy deb topib berishni va’da qilishgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, IJQKD xodimlari jinoyat ishi doirasida soliq tekshiruvi o‘tkazish orqali aniqlangan zarar miqdorini kamaytirish evaziga MChJlarning norasmiy rahbaridan muqaddam 108 ming AQSh dollari ham olishgan.

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Published

on


Al-Xorazmiy aylanma yo‘lidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l 3 kunga transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Foto: Chilonzor tumani hokimligi

Chilonzor tumanidagi 24/7 Al-Xorazmiy yangi sayr-gastro turizm ko‘chasida yirik tadbir o‘tkaziladi.

Tuman hokimligi xabariga ko‘ra, shu munosabat bilan ko‘chaning Al-Xorazmiy aylanma yo‘li qismidan 2-Qatortol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi 10 oktyabr soat 09:00 dan 13 oktyabr soat 09:00 gacha transport harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Yo‘nalishlarni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olish va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydalanish so‘ralgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Muddati o‘tgan ayrim turdagi mahsulotlar savdosi avtomatik cheklanadi

Published

on


Joriy yil 6-oktyabrda imzolangan iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishga doir PQ–296-son qarorga ko‘ra, 2026-yil 1-martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.

Bunda raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.

2025-yil 15-oktyabrdan 2027-yil 1-yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda «sirli mijoz» va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025-yil 1-dekabrdan boshlab «iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari» tizimi joriy etiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Giyohvandlik vositalari ichimliklar, quvvatlantiruvchi ozuqalar, qahva, shirinliklar tarkibida ham uchramoqda

Published

on


Insoniyat duch kelayotgan eng dolzarb muammolardan biri – bu giyohvandlik. Turli yoshdagi kishilar, ayniqsa, yoshlar orasida narkotik moddalarni iste’mol qilish holatlari tobora ko‘payib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi katta inspektori Muhammadqodir Mahmudov giyohvandlik vositalari noqonuniy aylanishi va yoshlar orasida tarqalishi holatlari haqida so‘zlab berdi:

– Narkotiklar ta’siriga bilib-bilmay tushib qolgan yoshlar hayoti, kelajagi barchani birday o‘ylantiradi, albatta. Bunday tubsiz jar tomonga borayotganlar nafaqat yaqinlari, balki jamiyat uchun ham zarar keltirishi shubhasiz.

Zamon taraqqiy etgani, texnologiya va internet rivojlanib borgani sayin giyohvandlik vositalari tarqatuvchilar ham savdo ko‘rinishini o‘zgartirib, murakkablashtirib bormoqda. Avval qo‘ldan-qo‘lga o‘tgan og‘u bugun noma’lum lokatsiyalar va noaniq shaxslar tomonidan tarqatilmoqda.

Yurtimizda yashirincha yo‘llar bilan ochilgan narkolaboratoriyalarda minglab zahri qotil dozalarini yaratayotganlarni ham, ularga buyurtma berayotganlarni ham aniqlash mushkullashib borayotgani vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda.

Shuni ham ta’kidlash joizki, bugun narkotiklarning shakli ham o‘zgarib bormoqda. Avvallari giyohvandlik vositalari tabiiy ko‘rinishda uchragan bo‘lsa, bugungi kunda turli mahsulotlar tarkibida, jumladan, ichimliklar, quvvatlantiruvchi ozuqalar, qahva, shirinliklar va shu kabi mahsulotlar tarkibida uchrayotgani dahshatlidir. Bitta iste’moldayoq o‘ziga qaram qiluvchi vositalar jins, yosh, ijtimoiy qatlam tanlamayapti.

Noqonuniy, yashirin narkolaboratoriyalarda tayyorlanayotgan preparatlar esa yuqoridagilardanda xavfliroqdir. Hattoki, bitta doza iste’moli o‘lim bilan yakun topishi ham mumkin. Raqamlarga nazar solsak, 2024 yil davomida 5 ta, 2025 yil 6 oyida esa 8 ta narkolaboratoriya aniqlangan.

Muammoning yana bir xavfli tomoni – ota-onalar ish va boshqa muammolar bilan bo‘lib, farzandlarining og‘u ta’siriga tushib qolganidan xabarsiz qolmoqda. Sababi, bugungi narkotiklar avvalgisi kabi o‘zini tezda namoyon qilmaydi.

Ilgari “narkoman” deganda, ko‘z osti qoraygan, tomirlarida igna izlari bor odamlar tushunilgan. Hozir esa narkotik iste’mol qilgan yoshlar haddan ortiq serharakat, faol va sergak bo‘lib qoladi. Bu esa ota-onalarni shubhalantirmasligi turgan gap. Boladagi ijobiy o‘zgarish barchani mamnun qilib, uning biror modda iste’mol qilishi mumkinligi hech kimning hayoliga ham kelmaydi. Ammo bu vaqtincha holat. Vaqt o‘tishi bilan paydo bo‘lgan og‘riqlar, azoblar va ruhiyatdagi keskin o‘zgarish ayrim yoshlarni suitsidga boshlayotgani ayanchlidir.

Giyohvandlik vositalarining iste’moli ortgani sari narkojinoyatlar soni ham oshib bormoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining sa’y-harakati natijasida joriy yilda aniqlangan narkojinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 23 foizga oshgan.

Narkotiklarni sotishni kasb qilganlar narkokurer sifatida talabalarni tanlayotgani kuzatilmoqda. Oliy o‘quv yurtiga qabul qilingan va kelajakda bir kasbning egasi bo‘lishi kutilayotgan yoshlarning boshi berk ko‘chaga kirayotgani ularning hayotini salbiy tomonga o‘zgartirayotgani dolzarb muammodir. Joriy yil 6 oyida 46 nafar oliy o‘quv yurti talabasi narkojinoyatlarning oldi-sotdisiga aralashib qolgani shuni ko‘rsatib turibdi.

Xulosa qilib aytganda, giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanish ham, unga qaramlikning oqibati ham ayanchlidir. Shu sababli, har birimiz, ayniqsa, ota-onalarimiz ogoh bo‘lishi, farzandlariga befarq bo‘lmasligi maqsadga muvofiq.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.