Connect with us

Sport

«Barsa»da yirik mag‘lubiyat, «Siti»da qiyin g‘alaba. Kun o‘yinlari

Published

on


Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

Angliya: Gvardiolaning yubileyi

«Nyukasl» – «Nottinghem Forest» 2:0

Gollar: Gimarayns, 58 (1:0). Voltemade, 84 – penalti (2:0)

«Nyukasl»: Poup, Botman, Tshau, Bern, Trippiyer, Tonali, Joelinton (Mayli, 90+1), Gimarayns, Gordon (Barns, 69), Elanga (Merfi, 70), Voltemade (Osula, 90+1)

«Nottinghem Forest»: Sels, Kunya, Moratu (Bakva, 77), Milenkovich, Anderson, Yyeyts (Hatchinson, 64), Uilyams, Savona, Gibbs-Uayt, Ndoy (Hadson-Odoi, 64), Vud (Igor Jyezus, 64)

Ogohlantirishlar: Yyeyts, 32. Uilyams, 34. Moratu, 68. Anderson, 83

«Nottinghem»dagi inqirozning oxiri ko‘rinmayapti, jamoa boshqaruviga Angelos Posteko‘g‘li kelganidan keyingi davr esa — to‘liq qora polosani eslatadi. «Sent-Jyeyms Park»dagi o‘yinning birinchi bo‘limini «o‘rmonchilar» o‘z aktiviga yozib qo‘yishi mumkin, lekin ikkinchi bo‘lim boshidagi birinchi gol mehmonlarni sindirib qo‘ydi. Bruno Gimaraes markaziy zonada Gibbs-Uaytdan to‘pni olib qo‘yib, hujumga qo‘shilgan himoyachi Bern bilan raqib jarima maydoni yaqinida o‘zaro devor uslubida o‘ynadi va to‘pni qabul qilib olgach, to‘sin ostiga kuchli zarba berdi. Shundan keyin faqat Selsning harakatlari mehmonlar uchun imkoniyat saqlab turdi, u avvaliga Barnsning yaqin masofadan zarbasini to‘sdi, keyin esa Tshauning zarbasini oyoqlari bilan to‘sib qoldi. Ammo o‘yin oxirlariga borib Voltemade penaltini benuqson ijro etgan holda o‘yindagi intrigaga barham berdi. Germaniyalik hujumchi «qarg‘alar»ga Isakning yo‘qligini bilintirmayapti.

«Brentford» – «Manchester Siti» 0:1

Gol: Holand, 9 (0:1)

«Brentford»: Kelleher, van der Berg, Ayyer (Fabiu Karvalyu, 90+2), Kollinz, Hiki, Kayode, Henderson (Oniyeka, 73), Damsgor (Yyensen, 68), Yarmolyuk (Yanelt, 73), Shade, Tiago (Uattara, 68)

«Manchester Siti»: Donnarumma, Ruben Diash, Gvardiol, O`Rayli, Mateus Nunes, Rodri (Gonsales, 22), Reynders (Bernardu Silva, 77), Foden, Savio, Bobb (Doku, 77), Holand

Ogohlantirishlar: Shade, 45. Henderson, 70. Uattara, 84 – Mateus Nunes, 77. O`Rayli, 83

O‘yin startidayoq Gvardiolning ancha ichkaridan yo‘llagan uzatmasidan keyin to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib olgan Holand raqib himoyachilari qarshiligini sezmasdan osonlik bilan darvozani ishg‘ol etdi. Aytish mumkinki, bu bilan norvegiyalik hujumchi geshtaltni yopdi, Londondagi stadionlarda muvaffaqiyatli to‘p suradigan (22 o‘yinda 21 gol) hujumchi bungacha faqat «Brentford» maydonida gol urmagandi. Shu bilan birga, bu Erling gol urgan 22-stadion bo‘ldi (23 stadiondan). Uning o‘yinda yagonaligini saqlab qolgan goli Xosep Gvardiolaning yubileyi uchun yetarli bo‘ldi. Ispaniyalik mutaxassis APLda 250-g‘alabasini nishonladi. Buning uchun unga 349 o‘yin yetarli bo‘ldi. U bu natijaga erishgan Arsen Vengerdan keyingi ikkinchi murabbiyga aylandi (fransiyalik mutaxassisda 423 o‘yinda shuncha g‘alaba bo‘lgan). Birinchi bo‘limda mezbonlar raqib jarima maydoni ichida biror marta to‘pga tegina olmadi, «asalarilar»da bunaqasi APLga chiqqanidan buyon biror marta kuzatilmagandi (159 igr). Lekin ikkinchi bo‘limda mezbonlar kuchliroq o‘yin namoyish etishdi va Donnarumma oyoqda o‘ynash unga xos emasligini eslatib qo‘ydi. Italiyalik darvozabon to‘pni uzoqlashtirishda xatoga yo‘l qo‘yib, uni raqibga topshirdi, uning baxtiga to‘p darvoza sohasiga to‘g‘ri bormadi.

Ispaniya: «Barsa»da kichik inqiroz

«Sevilya» – «Barselona» 4:1

Gollar: Sanches, 13 – penalti (1:0). Romero, 36 (2:0). Reshford, 45 (2:1). Karmona, 90 (3:1). Adams, 90+6 (4:1)

Aniq ijro etilmagan penalti: Levandovski, 76’

«Sevilya»: Vlaxodimos, Aspilikueta, Markan, Suaso, Karmona, Agume, Sou (Gudel, 61), Mendi (Peke Fernandes, 73), Vargas (Yanuzay, 73), Sanches (Edjuke, 90+3), Romero (Adams, 61)

«Barselona»: Shchensni, Arauxo (Balde, 46), Kubarsi, Martin (Garsiya, 46), Kunde, Pedri, de Yong (Kristensen, 88), Olmo, Torres (Barji, 69), Reshford, Levandovski

Ogohlantirishlar: Markan, 20. Romero, 50. Yanuzay, 74. Agume, 81. Peke Fernandes, 90 – Martin, 16. Torres, 21. de Yong, 38. Reshford, 84

«Barselona» bir hafta ichida ikkinchi bor, la ligada esa ilk marta yutqazdi. Amaldagi chempionlar «Sevilya» maydonida sensatsion ravishda tor-mor etildi.

«Barsa»ga bu o‘yinda jarohat tufayli Yamal yordam bera olmasdi. Uning o‘rniga o‘ng qanot vingeri pozitsiyasiga Reshford tushirildi, Torres chap qanotdan joy oldi, markaziy forvard rolini safga qaytgan Levandovski bajardi. Shuningdek, «PSJ» bilan o‘yinda markaziy himoyada o‘ynagan Erik Garsiya o‘z o‘rnini Arauxoga bo‘shatib berdi.

Hans-Diter Flik o‘z ixtiyoridagi eng kuchli tarkibni jangga tashlagan bo‘lsa-da, jamoa mezbonlar bosimiga dosh bera olmadi. Shu kuni «Barselona»ni umuman tanib bo‘lmay qoldi, mezbonlar birinchi bo‘limda to‘liq ustunlikka erishdi va raqib himoya chizig‘i doimgidek o‘ta yuqori joylashganidan foydalanib, ikki to‘p farqi bilan oldinga chiqib olishdi. Mehmonlar raqib tezligiga ulgura olmadi va follar ishlatishga majbur bo‘ldi. Shunday vaziyatlardan birida Arauxo jarima maydoni ichida Isak Romeroga ishlatgan fol uchun penalti belgilandi, kataloniyaliklarning sobiq hujumchisi Aleksis Sanches aniq zarba bilan hisobni ochdi. Romero hisob 1:0 holatida het-trik qayd etishi ham mumkin edi, ammo birgina gol bilan cheklandi.

«Barsa»ni la liga o‘yinlarida o‘n yildan buyon yenga olmayotgan «Sevilya» shu kuni katta ishtiyoq bilan maydonga tushgandi. Ammo mehmonlar o‘yinda burilish yasashi ham mumkin edi. Reshford birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan yettinchi daqiqada Pedrining ajoyib pasidan keyin havodagi to‘pni to‘xtatmasdan ideal zarba berdi va hisobni qisqartirdi. Ikkinchi bo‘limda hisob tenglashishi ham mumkin edi. Balde Reshford bilan «devor» uslubida o‘ynab, jarima maydoniga yorib kirganida Yanuzay uni qo‘llari bilan gazonga yiqitdi. «Ramon Sanches Pisxuan»dagi tribunalar karaxt holatga tushgandi, ammo Levandovski to‘pni qiyshiq tepganida mahalliy muxlislar bayramni davom ettirishdi.

«Barselona» vaziyatni o‘nglashga harakat qilishda davom etdi va yakunda zarbalar soni bo‘yicha «Sevilya»dan o‘zib ketdi ham (17:13). Ammo so‘nggi daqiqalarda Karmona va Adams qarshi hujumlarda hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘yishdi. Natijada Flik boshqaruvi davrida ilk bor uch to‘p farqi bilan yutqazgan «Barsa» turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda qoldi.

«Selta» – «Atletiko» 1:1

Gollar: Starfelt, 6 – avtogol (0:1). Aspas, 68 (1:1)

«Selta»: Radu, Starfelt, Alonso, X. Rodriges, Beltran (U. Alvares, 55), D. Rodriges, Karreyra (Moriba, 84), Mingesa, Hutgla (Aspas, 63), Svedberg (Saragosa, 63), Iglesias (Duran, 84)

«Atletiko»: Oblak, Langle, Le Norman, Gansko, Liorente, Koke (Gallaher, 77), Barrios, Gonsales, Simeone (Molina, 82), Grizmann (Galan, 46, Baena, 76), X. Alvares (Serlot, 82)

Ogohlantirishlar: Iglesias, 65 – Langle, 25. Baena, 78

Chetlatish: Langle, 40 (ikkinchi sariq)

Nihoyat g‘alabali yo‘lga tushib olgan «Atletiko» Vigodagi o‘yinning 40-daqiqasidayoq Langlening ikkinchi bor sariq kartochka olishi tufayli ozchilik bo‘lib qolishdi, ammo bu vaqtga kelib «matraschilar» hisobda oldinda borayotgandi. Grizmanning ajoyib pasidan keyin himoyachilardan qochib ketgan Pablo Barrios raqib himoyachisi Starfeltni o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘yishga majbur qildi. Ammo «Selta» bir kishi ko‘p bo‘lib o‘ynaganida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi, o‘yinning ikkinchi bo‘limi o‘rtalarida 38 yoshli Aspas hisobni tenglashtirdi. Yago gol urmasa ham bo‘lmasdi, u shu kuni galisiyaliklar jamoasidagi 533-o‘yinida maydonga tushgandi va bu bilan Manologa tegishli bo‘lgan klub rekordini takrorlagandi.

\

Italiya: «Napoli» va «Roma» ilgarilab ketmoqda

«Fiorentina» – «Roma» 1:2

Gollar: Kin, 14 (1:0). Soule, 22 (1:1). Kristante, 30 (1:2)

«Fiorentina»: de Xea, Mari (Komutsso, 75), Raniyeri, Pongrachich, Mandragora (Jyeko, 75), Nikolussi Kavilya, Gozens, Dodo (Fortini, 81), Gudmundsson (Pikkoli, 46), Fatssini (Ndur, 67), Kin

«Roma»: Svilar, Manchini, N`Dika, Zeki Chelik, Kristante, Kone, Tsimikas (Rench, 68), Uesli Vinisius (Tsiolkovski, 81), Soule (Al-Aynaui, 81), Baldansi (Pellegrini, 59), Dovbik (Dibala, 59)

Ogohlantirishlar: Gudmundsson, 43. Mari, 70 – Kristante, 3. Tsimikas, 65. Uesli Vinisius, 68

O‘tgan hafta o‘rtasida Yevropa ligasida yutqazib qo‘ygan «Roma» ichki chempionatda g‘alabali yurishini davom ettirib, Florensiyadan ham uch ochko bilan qaytdi. Bu «bo‘rilar» o‘z tarixida uchinchi marta chempionat startidagi dastlabki uchta safar o‘yinida g‘alaba qozonishi bo‘lmoqda. Yakshanba kungi g‘alaba ijodkori Soule bo‘ldi, «Lill» bilan o‘yinda penaltini aniq ijro eta olmagan futbolchi aybini to‘liq yuvdi. Argentinalik hujumkor yarimhimoyachi avvaliga navbatdagi marta jarima maydoni tashqarisidan yo‘llagan zarbasi (A Seriyada bu borada uning tengi yo‘q) bilan hisobni tenglashtirdi. Keyin esa uning ijrosidagi kornerdan keyin Kristante bosh bilan darvozani ishg‘ol etib, g‘alabani ta’minladi. «Fiorentina» Stefano Pioli qo‘li ostida mavsum startida muvaffaqiyatsizlikka uchragan bo‘lsa (jamoa 6 turda 3 durang va 3 mag‘lubiyat qayd etgan), Jan Piyero Gasperini boshchiligida rimliklar 6 turda 5 g‘alabaga erishdi va onlayn rejimda turnir jadvalining birinchi o‘rniga chiqib olishdi.

«Napoli» – «Jyenoa» 2:1

Gollar: Exator, 34 (0:1). Zambo Angissa, 57 (1:1). Hoylund, 75 (2:1)

«Napoli»: Milinkovich-Savich, Juan Jyezus, Bekema, Olivera (Spinatssola, 50), Di Lorenso, Lobotka (Gilmor, 44), Maktominay, Zambo Angissa, Neres (Guterres, 82), Politano (De Breyne, 50), Hoylund (Lukka, 82)

«Jyenoa»: Leali, Vaskes, Markandalli (Otoa, 46), Sabelli (Karboni, 76), Norton-Kaffi, Frendrup, Masini, Malinovskiy (Torsbi, 61), Vitinya (Kolombo, 76), Ellersson, Exator (Ekuban, 61)

Ogohlantirishlar: Neres, 55 – Markandalli, 28. Malinovskiy, 38. Otoa, 63

«Napoli» esa «Jyenoa»ga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida hisobda ortda bordi va «Roma» muxlislari o‘z sevimli jamoasi birinchi o‘rinda qolishiga ishona boshlashdi. Qolaversa, o‘yini chiqmayotgan neapolliklar safida Lobotka jarohat tufayli almashtirildi. Ammo Antonio Konte tanaffusda jamoani o‘ziga keltira oldi. Ikkinchi bo‘limda neapolitanliklar katta kuch bilan oldinga tashlandi va Zambo-Angissa hisobni tenglashtirdi. Keyin esa Italiyada o‘zining eng yaxshi formasiga qaytgan Rasmus Hoylund g‘alaba golini urdi va «Napoli»ni birinchi o‘ringa qaytardi.

«Yuventus» – «Milan» 0:0

Aniq ijro etilmagan penalti: Pulishich, 53’

«Yuventus»: Di Gregorio, Rugani (Kostich, 86), Kelli, Gatti, Lokatelli, Makkenni, Kambiyaso, Kalyulyu, Konseysau (Tyuram, 68), Kenan Yildiz (Vlahovich, 68), David (Openda, 68)

«Milan»: Menyan, Gabbia, Pavlovich, Tomori, Rabio, Modrich, Fofana (Loftus-Chik, 63), Bartesagi, Salemakers, Ximenes (Leau, 63), Pulishich (Nkunku, 74)

Ogohlantirishlar: Lokatelli, 49. Gatti, 74 – Fofana, 45. Bartesagi, 59

Yakshanba oqshomidagi markaziy bahsda esa jamoalar «futbolcha shaxmat» o‘ynashdi. Igor Tudor va Massimiliano Allegri bir-birining jamoasini chuqur o‘rganishganini namoyish etishdi. Jamoalardan biri gol ura olganida o‘yin ochilib ketishi ham mumkin edi, ammo Devid Makkennining original pasini kutmagani ma’lum bo‘ldi, Santyago Ximenes Pavlovichning qanotdan uzatmasiga boshini qo‘yganida esa to‘p darvoza ustuni yonginasidan o‘tib ketdi. Ikkinchi bo‘limda esa Menyan Gattiga bir necha metr masofadan gol urishga yo‘l qo‘ymadi.

Bunday vaziyatda Modrich katta sahnaga chiqdi va to‘pni himoyachilar ortiga yetkazib berdi, to‘pga yetib borgan Ximenesni esa Kelli ortdan turtib yiqitdi. Penaltini Lukaning o‘zi ijro etganda yaxshiroq bo‘lardi, nuqtaga yaqinlashgan Pulishichning asablari esa dosh bera olmadi va to‘p yuqoridan o‘tib ketdi. Keyinroq Rafael Leau ham dramatik vaziyat qahramoniga aylandi. Portugaliyalik hujumchi darvozabon hududida turib aniq zarba bera olmadi. Bu durang Neapol va Rimdagi jamoalar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.

Published

on



Parijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar

YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.



Source link

Continue Reading

Sport

«PSJ» ketma-ket ikki marta YeChL g‘olibi bo‘ldi

Published

on


Budapeshtdagi «Pushkash Arena» stadionida Parijning «Pari Sen-Jyermen» va Londonning «Arsenal» klublari o‘rtasida 2025/26 yilgi UYeFA Chempionlar ligasi finali bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvning 6-daqiqasida «Arsenal» futbolchisi Kay Xavers hisobni ochdi. 63-daqiqada Moskera jarima maydonida Kvaratsxeliyani yiqitdi va «Arsenal» darvozasi tomon penalti belgilandi. Dembele penaltini aniq bajarib, hisobni tenglashtirdi.

O‘yinnig asosiy vaqti va qo‘shimcha taymlarda darvozalar ishg‘ol etilmagach, penaltilar seriyasi belgilandi. Penaltilar seriyasida PSJ 5:4 hisobida g‘alaba qozondi.

Parijliklar «Real»dan keyin chempionlik unvonini himoya qilgan ikkinchi jamoaga aylanishdi. «Real» bu natijaga 2016/17 va 2017/18 yilgi mavsumlarda erishgandi.

Jamoalar o‘tgan mavsum yarim finalida o‘zaro to‘qnashgandi. O‘shanda Luis Enrike boshchiligidagi jamoa har ikki o‘yinda g‘alaba qozonib, ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 3:1 hisobida ustun kelgan. Keyin esa finalda “Inter”ni 5:0 hisobida mag‘lub etib, klub tarixida ilk bor Chempionlar kubogini qo‘lga kiritgandi.

Jamoalar bugunga qadar jami besh marta to‘qnash kelgan. O‘tgan mavsum yarim finaliga qadar parijliklar biror marta ham g‘alaba qozonmagan edi. O‘tgan mavsum umumiy bosqichda «Arsenal» g‘alaba qozongan, 2016/17 yilgi musobaqada esa raqiblar ikki marta durang o‘ynagan.

Budapeshtgacha bo‘lgan yo‘lda jamoalar turlicha uslubda harakat qildi. «Arsenal» himoyadagi ishonchli o‘yini bilan ajralib turdi. «To‘pchilar» to‘qqizta uchrashuvda o‘z darvozasini daxlsiz saqladi va umumiy bosqichda atigi to‘rtta gol o‘tkazib yubordi.  

«PSJ»ning asosiy quroli esa hujumdagi samaradorlik bo‘ldi. Parijliklar ushbu musobaqada 1999/2000 yilgi Chempionlar ligasida 45 ta gol urgan «Barselona» rekordini takrorladi. 

«Arsenal»ning yuksalishi bosqichma-bosqich kechdi: 2023/24 mavsumda chorak final, keyingi mavsumda yarim final va endi esa 2005/06 yildan beri ilk marta final. 

E’tiborlisi, har ikki jamoa bu yilgi mavsumda o‘z mamlakatlari birinchiligida chempionlikni qo‘lga kiritishdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlarimiz umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishdi (foto)

Published

on


Toshkentda o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha Osiyo kubogida o‘smirlar o‘rtasidagi bahslar yakunlandi.

Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 13 ta oltin, 9 ta kumush va 17 ta bronza medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Bugundan yoshlar toifasidagi bahslar boshlanadi.



Source link

Continue Reading

Sport

«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi

Published

on


Ispaniyaning «Real» futbol klubi ketma-ket beshinchi marta Forbes jurnali tomonidan dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.

Foto: Gustavo Valiente/Xinhua/Getty Images

Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan (6,75 milliard dollar) 41 foizga ko‘pdir.

Kuchli uchlikka «Barselona» ($7,5 mlrd) va «Manchester Yunayted» ($7,2 mlrd) ham kirdi. Eng qimmat klublar o‘ntaligida quyidagilar bor: «Liverpul» ($6,2 mlrd), «Pari Sen-Jyermen» ($5,8 mlrd), «Bavariya» ($5,7 mlrd), «Manchester Siti» ($5,5 mlrd), «Arsenal» ($5,4 mlrd), «Chelsi» ($4,2 mlrd) va «Tottenhem» ($3 mlrd).

Forbes reytingiga jami 30 ta klub kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 87 milliard dollarga yetgan. Bitta klubning o‘rtacha qiymati 2,9 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2025 yilga (2,4 milliard dollar) nisbatan 21 foizga ko‘pdir.

Ro‘yxatdagi eng ko‘p vakil Angliya Premer-Ligasidan (APL) – 11 ta klub, undan keyin Shimoliy Amerikaning MLS ligasidan 7 ta klub va Italiya A Seriyasidan 4 ta klub.

O‘tgan mavsumda «Real» so‘nggi besh yil ichida birinchi marta sovrinsiz qoldi. Madridliklar Ispaniya chempionatida «Barselona»dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, 1/8 final bosqichida «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Kubogidagi kurashni yakunladi. «Real» mamlakat Superkubogida «Barselona»ga yutqazdi (2:3).

Shuningdek, klub ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqolmadi. Jamoa 1/4 final bosqichida Myunxenning «Bavariya» klubiga yutqazdi.



Source link

Continue Reading

Sport

O‘zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Published

on


2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi «B» guruhidan joy oldi. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi yosh futbolchilar saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirokidagi saralash uchrashuvlari 2026 yilning 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.