Sport
Osiyo kubogi (U-23). O‘zbekiston «o‘lim guruhi»ga tushdi

Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan U-23 Osiyo kubogining guruh bosqichiga qur’a tashlandi.
O‘zbekiston U-23 jamoasi Janubiy Koreya, Eron va Livan bilan birga C guruhidan joy oldi.
Vakillarimiz birinchi o‘yinni Livanga qarshi o‘tkazadi. Osiyo kubogi 2026-yil 7–25-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sport
«Ilk jiddiy chaqiriq» – xorij matbuoti Kannavaroning O‘zbekistonga kelishi haqida

Ko‘plar bu tayinlovni iliq qarshilagan, shu bilan bilan birga, ishonchsizlik bildirganlar ham yo‘q emas.
Foto: Olimpiya qo‘mitasi
Italiya safida 2006 yilgi mundial chempioni bo‘lgan Fabio Kannavaro oradan 20 yil o‘tib murabbiy sifatida jahon chempionatida ishtirok etadi. Italiyalik mutaxassisning O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi chet el matbuotida qanday kutib olindi? Kun.uz bu boradagi munosabatlarni bir sahifaga jamladi.
O‘z vaqtida Italiya milliy jamoasida Kannavaro bilan yelkama-yelka to‘p tepgan, hozirda esa ushbu jamoani boshqarayotgan Jyennaro Gattuzo ushbu tayinlov haqida o‘z uslubida hazil qildi.
«Men Kannavaroga qo‘ng‘iroq qildim: Bu nimasi endi? Atir sepding, sochingni gellading va jahon chempionatiga ketyapsan. Men esa bu yerda yo‘llanma uchun kurashib yotibman», – degan sobiq futbolchi.
FIFA prezidenti Janni Infantino ushbu tayinlovga birinchilardan bo‘lib reaksiya bildirdi. Futbol amaldori Kannavaroni mundial ishtirok etishi bilan qutladi. Shu bilan birga, Infantino Kannavaroning Italiya sardori sifatida 20 yil avval mazkur musobaqa bosh sovrinini ko‘targani, endi O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi sifatida mundialda ishtirok etishini alohida qayd etdi.
Yaqin o‘tmishning eng taniqli murabbiylaridan biri, italiyalik taniqli mutaxassis Fabio Kapello esa «Kannavaroning tayinlanishi – juda yaxshi tanlov» bo‘lganini bildirdi.
«U juda katta tajribaga ega va aniq O‘zbekiston milliy jamoasiga yordami tegadi», – deydi Italiya milliy jamoasi sobiq bosh murabbiyi.
Ispaniyaning mashhur AS nashri jurnalisti Alexandro Sato ushbu tayinlov haqida yozarkan, «Kannavaro murabbiy sifatida ilk jiddiy chaqiriqqa duch kelgani»ni ta’kidlagan. U italiyalik mutaxassisning oldida rivojlanish bosqichidagi jamoadan raqobatbardosh loyiha yaratishdek qiziqarli, ayni paytda juda murakkab vazifa turganini qayd etdi.
Amerikaning FoxSpors nashri Kannavaro tayinlovi haqida e’lon qilgan maqolada «bu o‘zbek futboli tarixida yangi sahifa ochilishi» ekani keltirilgan.
Shu bilan birga, ispaniyalik futbol sharhlovchisi, jurnalist Xose David Lopes Kannavaroning tayinlanishi «katta xato» bo‘lgani haqida yozdi.
Taniqli futbol karikaturachisi Omar Mo‘maniy hali Kannavaro tayinlanmasidan turib, ushbu voqeaga ham o‘z uslubida munosabat bildirib ulgurgandi. U Kannavaroning O‘zbekiston bosh murabbiyi bo‘lishidan hammadan ham ko‘proq Abduqodir Husanovning xursand bo‘lishini yozgandi. Bu bilan u Kannavaro ham Husanov kabi markaziy himoya chizig‘ida to‘p tepganiga ishora qilgan.
Ta’kidlash joiz, tarmoqlarning inglizzabon segmentida «Manchester Siti» muxlislari Kannavaroning O‘zbekiston milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘lganidan xursand ekanini yashirib o‘tirmayapti. «Shaharliklar» muxlislari Abduqodir Husanovning Kannavarodan ko‘p narsa o‘rganishiga ishonch bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy jamoaning yangi bosh murabbiyi bilan 2+3 sxemasida, ya’ni keyinroq 3 yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2 yillik shartnoma tuzilgan. Unga murabbiylar shtabida vatandoshlari – Aujyenio Albarayella, Troize Fransesko va Antonio Klimenti yordam beradi.
Ma’lumot uchun, Kannavaro futbolchi sifatida Italiyaning qator klublarida, xususan, «Napoli», «Inter» va «Yuventus»da to‘p surgan, 2006–2009 yillarda Madridning «Real» klubi a’zosi bo‘lgan. U 2006 yilgi jahon chempionatida Italiya milliy jamoasi bilan g‘olib chiqqan, o‘sha mavsum yakunida «Oltin to‘p» mukofotini qo‘lga kiritgan. U hozirgacha ushbu mukofotga ega chiqqan yagona himoyachi bo‘lib qolmoqda.
Ammo uning murabbiylik faoliyati u qadar yorqin kechmagan. Uning dastlabki ish joyi Xitoyning «Guanchjou Evergrand» klubi bo‘lgan (2014-2015), keyinroq Saudiya Arabistonining «An-Nasr» (2015-2016), Xitoyning «Tyanszin» (2016-2017), «Guanjchou» (2017-2021) klublarida ishlagan, 2019 yilda bir muddat Xitoy milliy jamoasini boshqargan, so‘ngra Italiyaning «Benevento» (2022-2023) hamda «Udinize» (2024) klublarida faoliyat yuritgan. So‘nggi ish joyi Xorvatiyaning «Dinamo» Zagreb klubi bo‘lib turgandi. U 2024 yil dekabrida ushbu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan, ammo 2025 yil aprelida qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqarilgan edi.
Sport
Ronaldu – tarixdagi ilk milliarder futbolchi bo‘ldi

Uning boyligi 1,4 mlrd dollarga baholanmoqda.
Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi, portugaliyalik Krishtianu Ronaldu tarixdagi birinchi milliarder futbolchiga aylandi. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘zining Billionaires Index indeksiga asoslanib xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 40 yoshli futbolchining boyligi 1,4 mlrd dollarga o‘sgan.
Bu raqamlarga homiylar bilan shartnomalar orqali keladigan mablag‘lar, klublardan olinadigan maosh va tijoriy faoliyatdan daromadlar kiradi.
Ronaldu 20 yildan oshgan futbolchilik faoliyati davomida «Manchester Yunayted», «Real» va «Yuventus» kabi grand klublarda to‘p surishdan tashqari, Armani va Nike kabilarni ham o‘z ichiga oluvchi ko‘plab yirik brendlar bilan ham hamkorlik qilgan. Xususan, 2002 yildan 2023 yilga qadar 550 mln dollardan ortiq mablag‘ ishlab olgan.
Ammo u faoliyatining so‘nggi qismida eng badavlat sportchilar qatoriga kirdi. Joriy yil iyunida Ronaldu hozirgi klubi «An-Nasr» bilan tuzilgan yangi shartnomaga ko‘ra, yiliga 400 million dollardan ortiq mablag‘ ishlab topishi mumkin.
May oyida Ronaldu Forbes talqiniga ko‘ra, ketma-ket uchinchi marta dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallagani xabar qilingandi.
Saudiya klubida Krishtianu barcha turnirlar doirasida 111 o‘yinda maydonga tushib, 98 gol urgan. U kattalar futbolida jami 1060 o‘yinda ishtirok etib, 799 gol va 257 golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ygan.
Sport
Krishtianu Ronaldu birinchi milliarder futbolchiga aylandi

Krishtianu Ronaldu futbolchilar orasida birinchi bo‘lib milliarderga aylandi. Bloomberg bu haqda o‘zining indeksi (Billionaires Index)ga asoslanib xabar berdi.
Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, sportchining boyligi 1,4 milliard dollarga yetgan.
Ronalud 20 yildan oshgan faoliyati davomida Armani va Nike kabi yirik brendlar bilan hamkorlik qilgan. Biroq, Bloomberg ta’kidlashicha, aynan hozir — «futbolchilik faoliyatining oxirida» 40 yoshli portugaliyalik eng boy sportchilar qatoriga kirdi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi bilan 400 million dollarlik yangi shartnoma imzolagan edi.
Sport
O‘zbekistonning oltin medallari 25 taga yetdi

Ozarbayjonda III MDH o‘yinlari yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kun O‘zbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Oltin:
Javohir Sharifboyev (yunon-rum kurashi, -45 kg)
Farid Karomov (yunon-rum kurashi, -48 kg)
Abdulaziz Xolmirzayev (yunon-rum kurashi, -80 kg)
Kumush:
Saidamir Ne’matov (yunon-rum kurashi, -110 kg)
Chavgon bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi
Bronza:
Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi, -65 kg)
Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi, -92 kg)
Qilichbozlik (shpaga, yigitlar jamoaviy)
Qilichbozlik (sablya, qizlar jamoaviy)
Badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy)
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi jamlagan medallar — 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronza.
Bugun so‘nggi kun bellashuvlari o‘tkaziladi.
Sport
Tamp Oq uy hududida UFC jangi o‘tkazilishini e’lon qildi

Jang sanasi 80 yoshga to‘ladigan Donald Trampning tug‘ilgan kuniga, shuningdek, AQSh bayrog‘i kuniga to‘g‘ri keladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 2026 yil 14 iyun kuni Oq uy hududida UFC shafeligida jang o‘tkazilishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Sana tasodifan tanlanmagan – 14 iyun 80 yoshga to‘ladigan Donald Trampning tug‘ilgan kuniga, shuningdek, AQSh bayrog‘i kuniga to‘g‘ri keladi.
Tadbir Oq uyning Janubiy maysazorida (South Lawn) o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu prezident qarorgohi hududida professional sport jangi o‘tkaziladigan birinchi holat bo‘ladi.
UFC prezidenti Dana Uayt uzoq vaqtdan beri Tramp bilan do‘stona munosabatda bo‘lib kelgan. U bir necha bor uning kampaniyalarida qatnashgan va ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlagan.
Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, shouni tashkil etish uchun taxminan 700 ming dollar kerak bo‘ladi – jumladan, janglardan keyin Oq uydagi maysazorni tiklash uchun ham.
UFC brendiga egalik qiluvchi TKO Group Holdings bosh kompaniyasi bo‘lajak tadbirga hozircha rasman izoh bermadi.
Sana allaqachon e’lon qilingan bo‘lsa-da, janglar xaritasi hali tasdiqlanmagan. Dana Uayt intervyuda jangchilar bilan muzokaralar keyinroq boshlanishini, Konor MakGregor bilan shartnoma haqidagi mish-mishlar esa «haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini» ta’kidladi.
Bundan tashqari, Oq uy ham tadbir o‘tkazilishini ochiq tasdiqlamadi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, prezident qarorgohi hududida bo‘lib o‘tadigan UFC jangi savollar tug‘dirishi mumkin – xavfsizlik va moliyalashtirishdan tortib, bunday shouning ramzlari va etikasigacha.
Avvalroq janglarni 2026 yil 4 iyul – AQSh Mustaqillik kunida o‘tkazish g‘oyasi muhokama qilingan edi, biroq «logistika sabablariga» ko‘ra sana iyunga ko‘chirildi.
UFC va Oq uy hozircha tafsilotlar, jumladan, tomoshabinlar soni, ishtirokchilar ro‘yxati va translatsiya formati ustida ishlamoqda.
UFC (Ultimate Fighting Championship) – aralash yakkakurash janglari (MMA) bo‘yicha dunyodagi eng yirik tashkilot. 1993 yilda AQShda tashkil etilgan. Bugungi kunda u o‘nlab mamlakatlarning eng yaxshi jangchilarini birlashtirgan jahon brendi bo‘lib, 170 dan ortiq mamlakatlarda turnirlarni translatsiya qiladi.
UFC oktagon-arena (sakkizburchakli ring) formatini ommalashtirdi va jangovar mahorat, shou va biznes uyg‘unlashgan zamonaviy sport sanoatining ramziga aylandi. Tashkilot prezidenti – Dana Uayt, 2001 yildan beri uni boshqaradi. 2023 yildan beri UFC WWE (kurash shousi) bilan birlashtirilgan TKO Group Holdings korporatsiyasi tarkibiga kiradi.
-
Dunyodan5 days ago
Evropa davlatlarining hukmdorlari taxtdan voz kechishdi
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekiston va OTB hamkorligining 30 yilligi munosabati bilan ekologik aksiya o‘tkazildi
-
Jamiyat5 days ago
Bolalarga nisbatan Internetdan foydalanib uyatsiz harakatlar sodir etganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda
-
Sport5 days ago
JCh-2026 chiptalari rekord darajada qimmat bo‘ladi
-
Sport5 days ago
Kannavaro hal bo‘ldi: bu yaxshimi yoki yomon?
-
Turk dunyosi4 days ago
G’azo bilan bog’langan flot: Isroil 137 faollarni tinchlik bilan deportatsiya qilganini tasdiqlaydi – Dunyo
-
Jamiyat4 days ago
Tadbirkorning salkam 1 mlrd so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi
-
Mahalliy4 days ago
«TalabaExpo–2025» Surxondaryoda — ko‘rgazma qanday o‘tdi!