Connect with us

Iqtisodiyot

Xitoy raqamli yuanni xalqaro maydonga olib chiqmoqda – bu orqali dollarga qaramlikni kamaytirmoqchi

Published

on


Shanxayda Xitoyning raqamli yuan bo‘yicha xalqaro markazi ishga tushirildi. Xitoy Markaziy banki raqamli valutani chegara orti to‘lovlari va blokcheyn asosidagi moliyaviy infratuzilmalarda keng qo‘llashni maqsad qilmoqda. Mutaxassislar fikricha, bu tashabbus AQSh dollariga qaramlikni kamaytirish va global moliya tizimida yangi sahifa ochishga qaratilgan.

Xitoy o‘zining raqamli yuani (e-CNY)dan transchegaraviy to‘lovlar va xorijiy bozorlarda foydalanishni rag‘batlantirish choralarini kuchaytirmoqda. Bu AQSh dollarining hukmronlik qilayotgan global moliyaviy tizimini qayta shakllantirish yo‘lidagi urinishlar fonida, barqaror tangalarga (steyblkoin) bo‘lgan jahon miqyosidagi qiziqish kuchayayotgan bir paytda taklif etilayotgan muqobil yechim sifatida ko‘rilmoqda.

Payshanba kuni Shanxayda Xitoyning raqamli yuan bo‘yicha xalqaro operatsiyalar markazi ochildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Xitoy Xalq banki uchta yangi platformani taqdim etdi, ular raqamli yuanning xalqaro miqyosda qo‘llanishini jadallashtirishga qaratilgan.

Uch platformaning biri — markaziy bank tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan raqamli valutadan xalqaro operatsiyalar samaradorligini oshirish maqsadida foydalanishni yo‘lga qo‘yuvchi transchegaraviy to‘lov tizimi.

Ikkinchisi — blokcheyn asosidagi xizmat platformasi bo‘lib, unda zanjir ichida to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, standartlashtirilgan kross-zanjir ma’lumot uzatishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati mavjud. Uchinchi platforma esa mavjud moliyaviy infratuzilmani blokcheynga olib chiqish uchun tayyor raqamli aktiv xizmatlarini taqdim etadi.

Xitoy raqamli valuta joriy etgan ilk yirik iqtisodiyot bo‘ldi. 2019 yilda ayrim shaharlarda sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan raqamli yuan asosan kundalik mayda to‘lovlarda — chakana savdo, davlat to‘lovlari, ish haqi o‘tkazmalari va jamoat transporti xarajatlarida ishlatilmoqda.

Biroq AQSh bilan savdo va texnologiyalar borasidagi keskinlik ortib borayotgan bir paytda, Xitoy xorijda yuan va raqamli yuan qabul qilinishini jadallashtirishga, Shanxayni global moliya markaziga aylantirishga hamda dollar markazlashgan moliyaviy tizimiga qaramlikni kamaytirishga intilmoqda.

Iyul oyida AQSh prezidenti Donald Tramp tartibga solingan AQSh banklariga AQSh dollari bilan ta’minlangan steyblkoin chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu qaror dollar ustunligini raqamli moliya sohasida ham mustahkamlashi mumkin.

Pekin esa kriptovalutalarga va ularning xavflariga ehtiyotkorlik bilan yondashgan bo‘lsa-da, blokcheyn texnologiyasini izchilligi va shaffofligi uchun qabul qilib, uni e-CNY joriy etilishida qo‘llayapti.

Xitoy Xalq banki allaqachon Gonkong, Tailand, BAA va Saudiya Arabistoni markaziy banklari bilan raqamli valutalar bo‘yicha transchegaraviy to‘lov platformasi ustida hamkorlikni boshlagan.

Xitoy Kiberxavfsizlik boshqarmasi 13 sentabrda e’lon qilgan bayonotida ko‘proq moliyaviy institutlarni raqamli yuandan xalqaro to‘lovlarda foydalanish imkoniyatlarini o‘rganishga chaqirdi.

 “Shanxayda markaz ochilishi nafaqat transchegaraviy to‘lovlarni yengillashtiradi, balki Shanxayning xalqaro moliyaviy markaz sifatidagi asosiy vazifalariga hamohangdir. Kelgusida Xitoy Xalq banki markaz faoliyatini izchil rivojlantirib, tashqi savdo, investitsiya va moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlashda mustahkam asos yaratadi”, – dedi Lu Ley.

Avvalroq Qozog‘iston o‘zining milliy valutaga bog‘langan ilk steyblkoin loyihasini ishga tushirgani ma’lum qilingandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?

Published

on



O‘zbekiston kartoshkani asosan qaysi davlatlardan sotib oldi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19 trln so‘mlik kiyimlar ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatida qayd etilgan — 7,1 trln so‘m. Bu ko‘rsatkich ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyati natijasidan 3 barobardan ko‘proq yuqori.

Toshkent viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 2,1 trln so‘m, Namanganda 1,8 trln so‘m, Toshkent shahrida esa 1,7 trln so‘mni tashkil etgan. Farg‘ona viloyatida ham 1,4 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Samarqand viloyatida yirik korxonalar 1 trln so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqargan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 897,9 mlrd so‘m, Buxoroda 659,8 mlrd so‘m, Xorazmda 620,1 mlrd so‘m bo‘lgan.

Navoiy viloyatida kiyim ishlab chiqarish hajmi 578 mlrd so‘m, Sirdaryoda 324,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 307,8 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bulardan tashqari, Surxondaryoda 227,1 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida esa 203 mlrd so‘mlik kiyim mahsulotlari ishlab chiqarilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?

Published

on



Dushanbadan dollar bilan bog‘liq vaziyat qanday bo‘ladi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyali korxonalar soni 21 mingga yaqinlashdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatida O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 20 973 ta korxona faoliyat yuritmoqda.

Ularning 4 685 tasi qo‘shma korxona, 16 288 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi. Bu mamlakatda xorijiy kapital ishtirokidagi biznes subyektlari soni sezilarli ko‘payganini ko‘rsatmoqda.

So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,7 barobarga oshgan. Korxonalar soni bo‘yicha Xitoy yetakchilik qilmoqda.

Xitoyga tegishli xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 6 241 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu ko‘rsatkich bilan mamlakatlar reytingida Xitoy birinchi o‘rinni egallagan.

Rossiya 3 512 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda, Turkiya esa 2 327 ta korxona bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarni Qozog‘iston — 1 321 ta va Janubiy Koreya — 730 ta korxona bilan egallagan.

Shuningdek, Afg‘onistonda 706 ta, Ozarbayjonda 492 ta, Tojikistonda 467 ta, Birlashgan Arab Amirliklarida 453 ta va Hindistonda 439 ta korxona qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda farmatsevtika ishlab chiqarishi 3 trln so‘mga yetdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan qariyb 3 trln so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,3 foizga oshgan. Yarim yillik natijalar farmatsevtika sanoatida ishlab chiqarish hajmi o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Hududlar kesimida eng katta ishlab chiqarish hajmi Toshkent shahriga to‘g‘ri kelgan. Poytaxtda 1,8 trln so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Sirdaryo viloyati 443,6 mlrd so‘mlik ishlab chiqarish bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Toshkent viloyatida 226,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Namangan viloyatida ishlab chiqarish hajmi 169,1 mlrd so‘mni tashkil etgan. Samarqand viloyatida 116,9 mlrd so‘m, Andijonda 71,4 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan.

Farg‘onada 53,4 mlrd so‘m, Surxondaryoda 49,3 mlrd so‘m, Qashqadaryoda 15,4 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan.

Xorazm viloyatida 12,1 mlrd so‘m, Buxoroda 7,8 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3,5 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsuloti ishlab chiqarilgan. Jizzax va Navoiy viloyatlarida esa ishlab chiqarish hajmi 0,1 mlrd so‘mdan qayd etilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.