Connect with us

Siyosat

Mirziyoyev Vengriya Milliy majlisi spikeri bilan uchrashuv o‘tkazdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-may kuni Budapesht shahriga rasmiy tashrif doirasida Vengriya Milliy majlisi spikeri Laslo Kyover bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ikki mamlakat parlamentlari delegatsiyalarining o‘zaro tashriflari va uchrashuvlari faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Joriy yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Milliy majlis spikeri o‘rinbosari Yanosh Latorsai ishtirok etdi. Yil yakuniga qadar Vengriya parlamenti spikeri o‘rinbosari va Iqtisodiyot qo‘mitasi rahbarining O‘zbekistonga, mamlakatimiz parlament delegatsiyasining Budapesht shahriga tashrifi amalga oshiriladi.

Imzolangan bitimlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, eng avvalo, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish uchun tegishli qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

«Muruvvat» internat uylari «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev aholini, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish, shuningdek, bu sohadagi qonunchilik bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy himoya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, ehtiyojmand fuqarolarga davlat ko‘magini manzilli va shaffof tarzda yetkazish, xizmatlarni raqamlashtirish hamda ularni proaktiv shaklda taqdim etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar, nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan oilalar, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollar hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

Taqdimotda ruhiy holatida buzilishlari mavjud nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. Qayd etilganidek, bu borada asosiy maqsad – ularning jamiyat hayotida to‘laqonli ishtirokini ta’minlash, oila muhitiga yaqin sharoitda kompleks xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek, parvarish bilan band bo‘lgan oilalarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Xususan, 2026-yil 1-iyunga qadar 0-3 yoshda rivojlanishida nuqsonlar aniqlangan bolalar uchun ilk bor «Erta aralashuv» xizmati bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ushbu xizmat orqali maxsus pedagoglar va davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ishtirokida bolalarga korreksion-pedagogik yordam, nutq va jismoniy rivojlantirish mashg‘ulotlari ko‘rsatiladi. Xizmat nodavlat tashkilotlar tomonidan maxsus elektron reyestr asosida yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, anatomik nuqsonlar bilan tug‘ilgan bolalarning qo‘shimcha tibbiy tekshiruv va jarrohlik xarajatlari Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Ruhiy holatida buzilishlari mavjud I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ham 2026-yil davomida bosqichma-bosqich yangi ijtimoiy xizmatlar joriy etiladi. «Yangi kun» kunduzgi qarab turish xizmati, uy sharoitida qarab turish xizmati, kichik hajmli «Madad» uyi xizmati va «Ijtimoiy ta’til» qisqa muddatli joylashtirish xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Bu xizmatlar qarab turish va parvarish qilish, kundalik hayot ko‘nikmalarini shakllantirish, maishiy ishlarga o‘rgatish, kasb va moliyaviy hisob-kitob ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘ladi.

Mazkur yangi xizmatlar davlat-xususiy sheriklik asosida moakaga ega bo‘lgan va zarur talablarga javob beradigan nodavlat tashkilotlar tomonidan ko‘rsatiladi. Bu orqali 2026-yilda 8,3 ming nafar ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxsni yangi xizmatlar bilan qamrab olish, 600 tagacha nodavlat tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlarni ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga jalb etish rejalashtirilgan. Yangi xizmatlardan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hisobidan subsidiya shaklida qoplab beriladi.

Shu bilan birga, 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab 18 yoshdan katta chuqur darajadagi aqliy zaiflik tashxisi qo‘yilgan shaxslarning parvarishi bilan band bo‘lgan qonuniy vakillar uchun har oylik yangi parvarishlash nafaqasi joriy etiladi.

«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari vakolatlari ham kengaytiriladi. 2026-yil 1-iyundan boshlab ularning xodimlari tuman va shahar hokimliklari huzuridagi vasiylik va homiylik komissiyalari tarkibiga kiritiladi. Shuningdek, ruhiy holatida buzilishlari mavjud shaxslarga tayinlangan vasiy va homiylar tomonidan majburiyatlarning bajarilishi, ushbu shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari, mol-mulkining muhofazasi, ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari muntazam monitoring qilib boriladi.

Internat muassasalarini transformatsiya qilishga ham alohida e’tibor qaratildi. Takliflarga ko‘ra, «Muruvvat» internat uylari bosqichma-bosqich «G‘amxo‘rlik» markazlariga aylantiriladi. Endi mazkur muassasalar asosan tibbiy-ijtimoiy emas, balki ijtimoiy yondashuv asosida ishlaydigan, shaxsni jamiyatga moslashtirishga qaratilgan markazlar sifatida faoliyat yuritadi. U yerda yashovchilarni sport, ijodiy, ergoterapiya, mehnat va ijtimoiy-ma’naviy terapiyaga jalb qilish, «murabbiy kuzatuvida» mustaqil yashash xizmati orqali hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, oilaviy muhitga yaqin kichik hajmli uylar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Taqdimotda ijtimoiy himoya sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan yangi tashabbuslar ham muhokama qilindi. Xususan, shaxsni nogironlik belgisi bo‘yicha kamsitish uchun javobgarlikni kuchaytirish, sud qarorlarini nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maqbul shaklda taqdim etish, ijtimoiy xizmat va kafolatlarni yagona Ijtimoiy reyestr asosida manzilli yo‘naltirish nazarda tutilmoqda.

Kunduzgi parvarish xizmatlarini rivojlantirish ham muhim yo‘nalish sifatida qayd etildi. 3-18 yoshgacha nogiron farzandini kunduzgi parvarish xizmatiga bergan ota-onalar uchun ushbu xizmatga har oyda to‘lanadigan 3 million so‘mgacha bo‘lgan mablag‘ni daromad solig‘idan, davlat-xususiy sheriklik asosida nogiron bolalarga kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatayotgan tadbirkorlarni esa 2030 yilgacha soliqlardan ozod qilish ko‘zda tutilmoqda. Bugungi kunda bunday xizmatlar 396 ta tadbirkor tomonidan yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ular 4,4 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan bolaga xizmat ko‘rsatmoqda.

Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega toifalarni kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, I guruh nogironi bo‘lgan shaxslar va ularga hamrohlik qiluvchi bir nafar shaxsga, shuningdek, 1941-1945-yillardagi urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga mazkur huquqni tatbiq etish taklif qilinmoqda.

Taqdimotda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga qaratilgan yangi mexanizmlar ham muhokama qilindi. Xususan, ularni alohida murojaatsiz, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari talabnomasi asosida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish, ishga joylashtirish xizmatlarini ko‘rsatish va natijalar bo‘yicha tezkor axborot almashish tartibini joriy etish rejalashtirilgan.

Bolalar huquqlarini himoya qilish va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlikning ayrim shakllariga qarshi kurashish sohasida ham qonunchilikni kuchaytirish masalasi ko‘rib chiqildi. Ularga ko‘ra, voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik materiallarni tarqatish maqsadida saqlaganlik uchun alohida ma’muriy javobgarlikni belgilash, shu kabi huquqbuzarlik takroran sodir etilganda jinoiy javobgarlikni qo‘llash, internet va telekommunikatsiya tarmoqlari orqali 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytirish nazarda tutilgan. Voyaga yetmaganlar tasvirlangan pornografik mahsulotlarni tarqatish maqsadida respublikaga olib kirganlik, bunday mahsulotni tayyorlaganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoki voyaga yetmaganni pornografik harakat ijrochisi sifatida jalb etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, voyaga yetmagan guvoh va jabrlanuvchilarning huquqlarini ishonchli himoya qilish maqsadida ularning qonuniy vakili instituti joriy etilmoqda va so‘roq qilishning aniq vaqt me’yorlari belgilanmoqda.

Taqdimotda Jizzax viloyatida «islohotlar shtabi» tomonidan mahallalarning solishtirma ustunliklaridan kelib chiqqan holda shakllantirilgan loyihalar to‘g‘risida ham axborot berildi.

Davlatimiz rahbari ijtimoiy himoya sohasidagi yangi mexanizm va takliflarni ma’qullab, tegishli qonun hujjatlarini imzoladi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

parda ortidagi shaxs – Qolibof (video)

Published

on


Yevropa nuqtai-nazaridan “Yaqin Sharq” yoki “O‘rta Sharq”, ba’zan esa “G‘arbiy Osiyo” deb ataladigan hudud, ya’ni Fors ko‘rfazida keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda, Eronning qattiq pozitsiyasi bilan tanilgan siyosatchilaridan biri — Muhammad Boqir Qolibof diplomatik jarayonlar markazida paydo bo‘ldi. Vashington tomonidan bildirilgan “nomi oshkor etilmagan muloqot” haqidagi bayonotlardan so‘ng uning nomi yana e’tibor markaziga chiqdi.

Xo‘sh, parda ortida nima bo‘layapti? Qolibof urush yo‘nalishiga ta’sir qila oladimi? Bu savollarga javob ko‘ringanidan ko‘ra murakkabroq.

Qolibof qanday qilib muzokaralar markaziga chiqdi? AQSh va Isroilning Eronga qarshi harbiy harakatlari fonida, Eron siyosatining “qat’iy qanoti”ga mansub bo‘lgan Muhammad Boqir Qolibof diplomatik yechim izlash jarayonlarida tilga olinayotgan asosiy shaxslardan biriga aylandi. Eron parlamenti raisi bo‘lgan Qolibof nafaqat siyosatchi, balki qattiq xavfsizlik siyosati, namoyishlarga qarshi qat’iy pozitsiyasi va rejimga sodiqligi bilan tanilgan shaxsdir.

“Nomsiz muloqot” bayonoti ortida kim turibdi?

Donald Tramp intervyusida Eron bilan muloqotlar haqida shunday degan edi: “Biz juda hurmatga sazovor insonlar bilan muloqotdamiz. Ichkaridagilar ular kimligini biladi va ehtimol, ulardan biri aynan biz qidirayotgan shaxs bo‘lishi mumkin”.

Bu bayonotdan keyin ayrim xalqaro OAVlarda gap aynan Qolibof haqida ketayotgani taxmin qilindi. Ayrim tahlilchilarga ko‘ra, Vashington cheklangan doiradagi eronlik siyosatchilar bilan yopiq muloqotlar olib bormoqda va Qolibof ham ular orasida bo‘lishi mumkin.

Biroq Qolibof bu iddaolarni qat’iy rad etdi. U AQSh bilan hech qanday muzokara bo‘lmaganini ta’kidlab, bu kabi xabarlarni “manipulyasiya” deb atadi. “Amerika bilan hech qanday muzokara o‘tkazilmadi. Bunday xabarlar moliya va neft bozorlariga ta’sir qilish hamda AQSh va Isroilning muammodan chiqishi uchun tarqatilmoqda”, — dedi u.

Hech qanday urush qisqa bo‘lmaydi

Qolibof mintaqadagi davlatlarni AQSh harbiylarini hududdan chiqarishga chaqirdi. Uning fikricha, AQSh bilan harbiy hamkorlik qilgan davlatlar “dushman” sifatida baholanishi mumkin. U avvalroq bergan intervyusida shunday degan edi: “Bu mintaqadagi hech qanday urush qisqa muddatli bo‘lmaydi va faqat bitta hudud bilan cheklanib qolmaydi». Bugungi voqealar fonida bu fikr jiddiy tahlil sifatida baholanmoqda.

Qat’iy siyosatchi va muzokara

Qolibofning diplomatik muloqotlarda tilga olinishi yangi holat emas. Eron tarixida qattiq pozitsiyadagi siyosatchilar muzokaralarda ishtirok etmagan, degan qarash noto‘g‘ri. Bu yerda gap ideologiyadan voz kechishda emas, balki ishonchli shaxslarni muzokaraga jalb qilishda.

Jorj Vashington universiteti tadqiqotchisi Sina Azodi Qolibofni “pragmatik, lekin qat’iy pozitsiyadagi siyosatchi” deb ta’riflaydi. Uning fikricha, Qolibof amaliy qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega va ehtimoliy kelishuvlarni amalga oshirish imkoniyati bor.

Boshqa tahlilchi Ali Voiz esa Qolibof ehtiyotkor siyosatchi ekanini ta’kidlaydi. Uningcha, agar AQSh bilan muzokaralar boshlansa, Qolibof Eron ichidagi qattiq pozitsiyadagi guruhlar qarshiligiga duch kelishi mumkin.

AQSh uchun maqbul sherik bo‘lishi mumkinmi?

Sobiq AQSh Milliy xavfsizlik kengashi vakili Maykl Singxning fikricha, Qolibofning o‘tmishdagi qat’iy siyosatlari Vashington uchun jiddiy to‘siq emas. AQSh pragmatik natija berishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan ishlashga tayyor.

Shu bilan birga, tahlilchilar: Qolibof AQSh sanksiyalari ro‘yxatida emasligi, uning harbiy va siyosiy tajribasi unga keng vakolat va ishonch bergani, biroq u mustaqil qaror qabul qilolmasligi — yakuniy qarorlar Eronning oliy rahbariyati tomonidan qabul qilinishini ta’kidlab keladi.

Harbiy va siyosiy faoliyati haqida

Qolibof sobiq Inqilob gvardiyasi havo kuchlari qo‘mondoni bo‘lib, Eron-Iroq urushida qatnashgan. U harbiy va siyosiy sohada katta tajribaga ega. 2005–2017-yillarda Tehron shahri hokimi sifatida ishlab, infratuzilmani rivojlantirish, metro va yo‘l qurilish loyihalari bilan tanilgan. Ammo unutmasligimiz kerakki, bu davrda korrupsiya ayblovlari ham bo‘lgan.

“Qattiq” o‘tmish

Qolibofning o‘tmishida namoyishlarni kuch bilan tarqatishda ishtirok etgani ham ma’lum. 2013-yilda tarqalgan audioyozuvda u shunday degan: “Meni mototsiklda, tayoq bilan namoyishchilarni urib yurgan holatdagi suratlarim bor. Men ko‘chada urganlar orasida edim”. Bu so‘zlar uning faqat siyosatchi emas, balki xavfsizlik tizimida faol ishtirok etgan shaxs ekanini ko‘rsatadi.

Xulosa

Muhammad Boqir Qolibof — qattiq pozitsiyasiga qaramay, amaliy yondashuvga ega siyosatchi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Uning nomi diplomatik jarayonlarda tilga olinayotgani Eronning hatto keskin vaziyatlarda ham muloqot eshiklarini to‘liq yopmasligini ko‘rsatadi. Biroq urush taqdiri faqat bitta shaxsga bog‘liq emas — qarorlar Eronning oliy siyosiy tizimi doirasida qabul qilinadi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Javohir Sindorov sharafiga tantanali marosim o‘tkazildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shaxmatchimiz, Xalqaro shaxmat federatsiyasining Nomzodlar turniri g‘olibi Javohir Sindorovni sharaflashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Shaxmatimiz tarixida birinchi marotaba Javohir Sindorov Nomzodlar turnirida g‘alaba qozonib, tom ma’noda tarixiy natijaga erishdi.

Musobaqa davomida u dunyoning eng kuchli grossmeysterlariga qarshi yuksak mahorat va katta jasorat bilan kurash olib bordi, har bir bahsda qat’iyat, kuchli iroda va intellektual ustunligini namoyon etdi. Ayniqsa, bir marta ham mag‘lubiyatga uchramay, 14 ta partiyada 10 ochko to‘plagani, natijada ochkolar va g‘alabalar soni bo‘yicha rekordlar o‘rnatgani shaxmat olamida kamdan-kam uchraydigan noyob hodisadir.

Prezidentimiz marosimda so‘zga chiqib, Javohir Sindorovni mazkur tarixiy zafar bilan yana bir bor samimiy qutladi. Bu butun xalqimizning, Yangi O‘zbekistonning g‘alabasi ekanini ta’kidladi.

Albatta, hech bir natija o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. Buning zamirida uzoq yillik tinimsiz mehnat, bolalikdan orttirilgan tajriba, qat’iy iroda, temir intizom, va, albatta, ustoz va murabbiylarning sabog‘i, ota-ona, bobo va buvijonlarning duosi mujassam. Fursatdan foydalanib, mana shunday o‘zbek o‘g‘lonini tarbiyalab, voyaga yetkazgan bobong va buvingga, ota-onanga, ustoz va murabbiylaringga yana bir bor o‘zimning minnatdorchiligimni bildiraman, – dedi davlatimiz rahbari.

Qayd etilganidek, Javohir Sindorov turnir davomida shaxmat taxtasi ustida o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan mustahkam iroda, o‘ziga ishonch, chuqur tafakkur va sabr-bardoshni namoyon etdi. Ayniqsa, Hindiston, AQSh, Xitoy, Niderlandiya, Germaniya va Rossiya vakillari bo‘lgan super grossmeysterlarga qarshi bosiqlik va mardonavorlik bilan kurash olib borgani alohida e’tirof etildi.

Davlatimiz rahbari Javohir Sindorovning bu yuksak yutug‘i mamlakatimizda sportga, jumladan, shaxmatni rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy samarasi ekanini ta’kidladi. Bugun Yangi O‘zbekistonda ana shunday g‘olib, mard va matonatli yoshlar kamol topayotgani barchamizga cheksiz faxr-iftixor bag‘ishlaydi. Shu ma’noda, bugun FIDE reytingidagi eng kuchli besh shaxmatchidan ikki nafari o‘zbek o‘g‘loni ekani milliy shaxmat maktabimizning salohiyati va nufuzi tobora yuksalayotganidan dalolat beradi. Bularning barchasi minglab iste’dodli yoshlarimiz, umidli shaxmatchilarimiz uchun katta motiavsiya bo‘lishi ta’kidlandi.

Marosimda Javohir Sindorov oldida turgan navbatdagi yuksak marralar haqida ham so‘z yuritildi. Uning jahon shaxmat toji uchun bo‘ladigan hal qiluvchi bellashuvda munosib ishtirok etishiga, o‘zbek shaxmat maktabining salohiyati va shon-shuhratini yana bir bor butun dunyoga namoyon etishiga ishonch bildirildi. Shuningdek, bu yil sentyabr oyida Samarqand shahrida o‘tadigan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida ham xalqimiz g‘alaba kutayotgani ta’kidlandi.

Tadbirda mamlakatimizda shaxmatni keng ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turini targ‘ib etish, navqiron avlod qalbida milliy g‘urur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish borasidagi katta xizmatlari, shuningdek, Kiprda o‘tkazilgan FIDE Nomzodlar turnirida rekord natijalar ko‘rsatib, muddatidan oldin g‘oliblikni qo‘lga kiritgani uchun Javohir Sindorov «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangani to‘g‘risidagi Prezident farmoni o‘qib eshittirildi.

Davlatimiz rahbari ushbu yuksak mukofotni tantanali ravishda topshirdi.

Grossmeysterimiz yoshlarga, sport rivojiga qaratilayotgan doimiy e’tibor va yaratilayotgan keng sharoitlar, ko‘rsatilgan yuksak ishonch hamda e’tirof uchun Prezidentimizga chuqur minnatdorlik bildirdi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun imtiyozlar e’lon qilindi

Published

on


O‘zbekiston Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bir martalik 30 million o‘zbeli miqdorida grant ajratadi, shuningdek, harbiy xizmatchilarni moddiy qo‘llab-quvvatlashni oshiradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni lavozimida ham faoliyat yuritayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyevga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, zaxiradagi ofitserlar tayyorlashni takomillashtirish, O‘zbekistonda 9-may – Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadigan bayramga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan ma’lumot berildi.

Taklifda tirik qolgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga xotira marosimi munosabati bilan 30 million uzran miqdorida bir martalik to‘lov berilishi ko‘zda tutilgan.

Mutasaddilar xotira tadbirlarini tashkil etish, faxriylar, kasanachilar, keksalar va o‘qituvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishni rejalashtirgan. Keksalar va kam ta’minlangan faxriylarning turmush sharoitini yaxshilash, istiqlol yillarida harbiy xizmatda halok bo‘lganlarning oila a’zolarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash kabi chora-tadbirlar belgilangan.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Sog’liqni saqlash vazirligi Farg’ona umumiy tibbiy yordam shifoxonasiga 300 million dollar sarmoya kiritdi

Published

on


Sog‘liqni saqlash vazirligi Farg‘ona viloyatida umumiy qiymati qariyb 300 million dollarlik loyiha bo‘yicha umumiy tibbiy yordam shifoxonasini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Loyiha xalqaro standartlar asosida ishlaydigan 800 oʻrinli obʼyektni loyihalash, moliyalashtirish, qurish, jihozlash va uzoq muddatli texnik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi.

Bitimni Sog‘liqni saqlash vaziri Ashilbek Xudayarov imzoladi. Janob Umar N. Al Midani, Vision Investment Company prezidenti va bosh ijrochi direktori. Subtay Guzel, “KOS Construction Mekanik Elektrik” XK MChJ bosh direktori. Saudiya Arabistonining “Vision International Investment Company” va O‘zbekistonning “KOS Construction Mekanik Elektrik” XK MChJdan iborat xususiy konsorsium butun loyiha tsiklini amalga oshirish uchun javobgar bo‘ladi.

Loyiha tuzilmasi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) ko‘magida hamda Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) krediti asosida ishlab chiqilgan. Qurilish 36 oy davom etishi kutilmoqda. Vazirlikning taʼkidlashicha, mazkur muassasa davlat-xususiy sheriklik (PPP) modelida amalga oshiriladigan Markaziy Osiyodagi eng yirik sogʻliqni saqlash loyihasi boʻladi.

Yangi shifoxona Farg‘ona viloyatidagi mavjud besh ixtisoslashtirilgan muassasani bir majmuaga birlashtirib, kardiotorakal jarrohlik, neyroxirurgiya, organlar transplantatsiyasi, nefrologiya va ortopediya kabi yo‘nalishlarda uchinchi darajali tibbiy yordam ko‘rsatadi. Shuningdek, u klinik xizmatlarni qo’llab-quvvatlaydi va jami 160 o’rinli intensiv terapiya bo’limi va tez yordam bo’limini o’z ichiga oladi.

Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, ilgʻor diagnostika va davolash infratuzilmasining joriy etilishi samaradorlikni oshirish, davolash sifatini oshirish va bemorlarning xorijga davolanishga boʻlgan ehtiyojini kamaytirishi kutilmoqda. Vazirlik fevral oyida 10 ta kompaniya, jumladan, Fransiya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Quvayt xalqaro konsorsiumi qiziqish uyg‘otgan loyiha bo‘yicha tender jarayonini yakunlaganini tasdiqladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.