Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekiston va Malayziya tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlashda hamkorlik qiladi

Published

on


O‘zbekiston elchisi Karomiddin Gadoyev Malayziya xalqaro ayol tadbirkorlar uyushmasi (IWEM) prezidenti Norazizax Borxan bilan uchrashdi.

Muloqot davomida O‘zbekiston va Malayziya ayol tadbirkorlari o‘rtasidagi sheriklik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

IWEM prezidenti Norazizax Borxan O‘zbekiston ayollarini tadbirkorlikka o‘qitish va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida o‘zbek tomoni bilan hamkorlik qilishga yuqori qiziqish bildirdi.

U O‘zbekistonda tadbirkor ayollarning salohiyatini yanada oshirish dasturini birgalikda ishlab chiqishni taklif qildi. Ushbu dastur biznes ko‘nikmalarini rivojlantirish, raqamli tadbirkorlikni o‘zlashtirish, rahbarlik va muzokara olib borish qobiliyatlarini shakllantirish, o‘z brendini yaratish hamda xalqaro savdoga tayyorgarlik ko‘rish kabi vazifalarni qamrab oladi. 

Malayziya tomoni, shuningdek, O‘zbekistonda ayollar biznesi va tadbirkorligini rivojlantirish, O‘zbekiston-Malayziya qo‘shma sammitni o‘tkazish, ayol trenerlar va spikerlar almashinuvi dasturini yo‘lga qo‘yish, ayollarni tadbirkorlikka o‘qitish va rivojlanish markazini tashkil etish kabi tashabbuslarni ilgari surdi.

Muloqot davomida “ASeAN-Markaziy Osiyo o‘zgarishlar yaratuvchi ayollar mukofoti” kabi platforma yaratish xususida fikr almashildi.  

Ushbu tashabbuslar bilan batafsil tanishtirish va ularni amalga oshirish yo‘llarini muhokama qilish maqsadida shu yil sentabr oyida IWEM va Malayziya ta’lim provayderlari uyushmasi vakillari ishtirokida Kuala-Lumpur shahrida davra suhbatini o‘tkazishga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Humo kartalari bo‘yicha SMS-xabarnomalar narxi oshirilmaydi

Published

on


Humo kartalari bo‘yicha 13131 raqamidan kiruvchi SMS-xabar narxi 84,2 so‘m miqdorida saqlanib qolinadi. Avvalroq, 1 maydan boshlab narxlar 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar berilgandi.

Foto: Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan surat

Octotelecom kontent-provayderi Humo kartalari bo‘yicha 13131 qisqa raqamidan yuboriladigan SMS-xabarnomalar narxi 1 maydan boshlab 168,4 so‘mga oshirilishi haqida xabar bergandi. Bu iste’molchilarning e’tirozlariga sabab bo‘ldi.

Shundan so‘ng Humo to‘lov tizimi operatori bo‘lgan Milliy banklararo protsessing markazi narx avvalgi darajada saqlanib qolinishini e’lon qildi.

Kompaniya foydalanuvchilar murojaatlari va xizmat ahamiyatini inobatga olib, Octotelecom’ga amaldagi tarifni saqlab qolish bo‘yicha rasmiy xat yuborgan. Qo‘shimcha tahlil natijasida uni o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

«Qo‘shimcha tahlillar va Octotelecom bilan konstruktiv muloqot yakunlariga ko‘ra, amaldagi tarifni saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. 2026 yil 1 maydan boshlab 13131 raqamidan keluvchi bitta kiruvchi SMS-xabar narxi o‘zgarmaydi va 84,2 so‘mni tashkil etadi», deyiladi xabarda. 



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hudud yetakchi?

Published

on


2026-yil yanvar–fevral oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan jami 4,1 trln so‘mlik kiyim-kechak ishlab chiqarildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Andijon viloyatiga to‘g‘ri keldi. Ushbu hududda 1,8 trln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, respublikada mutlaq yetakchiga aylandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatida 524,6 mlrd so‘m, Namangan viloyatida 438,6 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan. Bu hududlar ham yuqori ko‘rsatkichlar bilan ajralib turibdi.

Farg‘ona viloyatida 371,4 mlrd so‘mlik, Toshkent shahrida esa 310,3 mlrd so‘mlik kiyim ishlab chiqarilgan.

So‘nggi o‘rinlarda esa Surxondaryo viloyati 10,4 mlrd so‘m va Jizzax viloyati 19,3 mlrd so‘mlik ko‘rsatkich bilan qayd etilgan.

Boshqa hududlar orasida Samarqand viloyati 158 mlrd so‘m, Buxoro viloyati 117,4 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyati 89 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqargan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi

Published

on


“Soliq va tadbirkorlik sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, mazkur sohada muhim o‘zgartishlar amalga oshirildi.

Xususan, Jinoyat kodeksining 179-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, soxta tadbirkorlik uchun jarima, muayyan huquqlardan mahrum qilish va ozodlikdan mahrum qilish kabi sanksiyalar nazarda tutilmoqda.

Endilikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadini ko‘zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foydani (daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko‘rish maqsadida tadbirkorlik sub’yektini tashkil etish BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilanmoqda.

Shuningdek, 184-modda (soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) – jinoyat tarkibi aniqlashtirilib, jarima, majburiy to‘lovlarni undirish va ozodlikdan mahrum qilish choralari qayta belgilandi, ilk huquqbuzarlikda zarar to‘liq qoplansa, javobgarlikdan ozod etish tartibi saqlab qolindi, jinoyat ishlarida jamoat himoyachisi ishtiroki ta’minlandi.

Qonun rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?

Published

on



O‘zbekiston aholisining katta qismi qaysi sohalarda ishlaydi?



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston importida qaysi davlatlar yetakchilik qilmoqda?

Published

on


2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida import hajmi 8,1 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,8 foizga o‘sgan. Ushbu davrda mamlakat 135 dan ortiq davlatdan tovar va xizmatlar import qilgan.

Import tarkibida eng katta ulushni Xitoy egalladi. Ushbu davlatdan 2,8 milliard dollarlik mahsulot olib kirilgan.

Rossiya ikkinchi o‘rinda bo‘lib, import hajmi 1,4 milliard dollarni tashkil etgan. Qozog‘iston esa 677 million dollarlik ko‘rsatkich bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Koreya Respublikasi 306,1 million dollar, Turkiya 259,8 million dollar, Germaniya 182,6 million dollarlik import bilan keyingi o‘rinlarni egallagan.

Shuningdek, Hindistondan 179,3 million dollarlik, Belarusdan 144,3 million dollarlik tovarlar import qilingan.

Turkmaniston 121,5 million dollar, AQSh esa 98,6 million dollarlik ko‘rsatkich bilan kuchli o‘nlikka kirgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.