Connect with us

Iqtisodiyot

KPMG Octobank’ning komplayens tizimi xalqaro standartlarga to‘liq mos kelishini tasdiqladi

Published

on


«Octobank» AJ va «KPMG Audit» MChJ o‘rtasidagi kelishuv asosida 2025 yilning martidan iyuligacha noqonuniy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishiga qarshi kurash (POD/FT) funksiyasi hamda bankning sanksiya komplayens tizimi mustaqil tarzda tekshirildi.

Mustaqil audit quyidagi asosiy yo‘nalishlarni qamrab oldi:

– Bankning ichki nazorat tizimi va xavflarga qarshi tura olish imkoniyatlari asosida rivojlanishi;

– POD/FT sohasidagi tashkiliy tuzilma;

– Xavflarni inobatga olgan yondashuvni amaliyotga joriy etish;

– mijozlar bazasi va yuqori xavf darajasiga ega hamda nozik biznes turlari bilan ishlash;

– mijozlarni qabul qilish siyosati va onboarding (ro‘yxatdan o‘tkazish) tartibi;

– chuqurlashtirilgan tekshiruv (EDD) va mijozlar haqidagi ma’lumotlarni doimiy qayta ko‘rib chiqish jarayoni;

– tranzaksiyalarni monitoring qilish va shubhali faollikni aniqlash;

– sanksiyaviy komplayens va «oq ro‘yxatlar» bilan ishlash;

– Siyosiy ta’sirga ega shaxslar (PEP) bo‘yicha siyosat va benefitsiar mulkdorlarni (UBO) aniqlash;

– mablag‘larning kelib chiqish manbasini tekshirish tartibi va offshor mijozlar bilan o‘zaro hamkorlik.

Tekshiruv natijalari

Mustaqil audit doirasida POD/FT funksiyasi va bankning sanksiyaviy komplayens tizimi milliy qonunchilik, xalqaro standartlar hamda yetakchi bozor amaliyotiga asosan baholandi. Tekshirilgan yo‘nalishlarda hech qanday jiddiy qoidabuzarliklar aniqlanmadi.

«KPMG Audit» MChJ tomonidan POD/FT funksiyasi va sanksion komplayens tizimining samaradorligi va nazorat darajasini oshirish maqsadida qator tavsiyalar berildi.

«KPMG Audit» MChJ tavsiyalariga quyidagilar kiradi:

– Komplayens xatarlarini boshqarish tizimini mustahkamlash;

– Ichki sinov va monitoring jarayonlarini rasmiylashtirish;

– «Oq ro‘yxatlar» amaliyotini joriy etishni o‘z ichiga olgan holda sanksiyaviy monitoring jarayonlarini rivojlantirish;

– Sanksiyaviy komplayens sohasida ichki audit va sinovlarning takomillashtirilgan metodologiyasini qo‘llash.

O‘tkazilgan mustaqil audit bank rivojlanishida muhim bosqich bo‘lib, POD/FT va sanksiyaviy komplayens tizimining samaradorligi, shaffofligi va ishonchliligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, «Octobank» AJ ning xalqaro nufuzini mustahkamlashga hissa qo‘shadi.

«Audit natijalari ichki nazorat tizimini rivojlantirish bo‘yicha tanlangan strategiyaning to‘g‘riligini tasdiqlaydi. Bu biz uchun faqatgina joriy holatga berilayotgan baho emas, balki kelgusidagi takomillashuv yo‘lida yo‘naltiruvchi muhim mezondir. Octobank mijozlar amaliyotlarining xavfsizligini, hamkorlar ishonchini va biznesning barqarorligini ta’minlash maqsadida eng yaxshi xalqaro amaliyotlarni joriy etishni davom ettiradi», — dedi «Octobank» AJ Boshqaruv a’zosi, Ichki nazorat departamenti direktori Abror Ziyovutdinov.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

«Startaplar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi yana takomillashtirilmoqda

Published

on


Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Innovatsion rivojlanish va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tashabbusi bilan innovatsion infratuzilma subyektlari uchun startaplarni qo‘llab-quvvatlashning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, soha ekspertlari hamda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari ishtirok etdi. Unda Prezidentning 2026-yil 11-fevraldagi qaroriga muvofiq, startap loyihalarini moliyalashtirish, infratuzilmaviy qo‘llab-quvvatlash va huquqiy tartibga solish bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish vazifasi belgilangani qayd etildi.

Shu asosda mas’ul vazirlik va idoralar hamda Qonunchilik palatasi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan «Startaplar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Davra suhbatida startap subyektlarining huquqiy maqomini belgilash, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish va investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay huquqiy muhit yaratishga oid takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, startap ekotizimi ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlarni samarali huquqiy tartibga solish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar parlamenti a’zolari va soha ekspertlari tomonidan bildirilgan amaliy taklif va tavsiyalarni qonun loyihasini yanada takomillashtirish jarayonida inobatga olish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, 33 moddadan iborat «Startaplar to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ilk bor 2020-yil aprel oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda o‘tgan yili 70 mingdan ortiq ipoteka kreditlari ajratilgan – MB

Published

on


2025-yilda O‘zbekistonda aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari hajmi va soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Markaziy bankning ko‘chmas mulk bozori bo‘yicha tahlilida ma’lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yil davomida banklar tomonidan aholiga 70,4 mingta ipoteka krediti ajratilgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga nisbatan 20 foizga yuqori bo‘lgan.

Shuningdek, mehnatga layoqatli doimiy aholining har 1000 nafariga to‘g‘ri keladigan ipoteka kreditlari oluvchilari soni 18 nafardan 20 nafarga yetgan.

Ipoteka kreditlarining o‘rtacha hajmi ham oshgan. Xususan, 2024-yilda o‘rtacha bir kredit 290,5 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 301,3 million so‘mga yetgan.

Tahlilda qayd etilishicha, ipoteka kreditlash shartlari ham ancha yengillashgan. 2025-yilda ipoteka kreditlarining o‘rtacha qaytarish muddati 17,2 yilni tashkil etib, bir yil oldingiga nisbatan 0,6 yilga uzaygan. Shu bilan birga, o‘rtacha foiz stavkasi 19,8 foizdan 19,2 foizga tushgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dushanba kuni dollar kursi keskin qimmatlaydi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil  13-iyuldan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 63,77 so‘mga oshib, 12 0075,98 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 69,27 so‘mga oshdi va 13 800,43 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 193,89 so‘m bo‘ldi (+81,91).

Rossiya rubli 157,32 so‘m etib belgilandi (-0,82).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistondagi tijorat tashkilotlarining qariyb 80 foizi — MChJ

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-iyun holatiga O‘zbekistonda 430,9 mingta tijorat tashkiloti faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 343,6 mingtasi mas’uliyati cheklangan jamiyatlar (MChJ) bo‘lib, bu umumiy korxonalar sonining 79,7 foizini tashkil etdi.

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha korxonalar soni quyidagicha:


Mas’uliyati cheklangan jamiyatlar — 343 584 ta (79,7 foiz);
Xususiy korxonalar — 46 515 ta (10,8 foiz);
Oilaviy korxonalar — 36 697 ta (8,5 foiz);
Aksiyadorlik jamiyati — 645 ta (0,2 foiz);
Boshqalar — 3 496 ta (0,8 foiz).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar aniqlandi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari davlat xaridlari sohasida o‘tkazilgan monitoring va murojaatlar tahlili natijasida umumiy qiymati 17 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridlarida qonunbuzilish holatlarini aniqladi.

Qonun talablari buzilgan xaridlar qatoridan Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Jizzax, Namangan, Navoiy, Samarqand, Sirdaryo, Xorazm, Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi davlat tashkilotlari o‘rin olgan.

Eng yirik qonunbuzilishlar:
«Mikrokreditbank» ATB – qariyb 2,8 mlrd so‘m;
Respublika ftiziatriya va pulmonologiya tibbiy reabilitatsiya markazi – qariyb 2,5 mlrd so‘m;
Saksonota davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi – 1,3 mlrd so‘mdan ortiq;
Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi – qariyb 1,3 mlrd so‘m;
«Samarqand xalqaro aeroporti» MChJ – 1 mlrd so‘mdan ortiq davlat xaridi.

Qo‘mita ma’lum qilishicha, eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilib, raqobatni cheklashi mumkin bo‘lgan harakatlar aniqlangan.

Shu munosabat bilan buyurtmachi tashkilotlarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, belgilangan tartibda ta’sir choralari qo‘llanildi. Shuningdek, qonunbuzilishlarni bartaraf etish va kelgusida takrorlanmasligi bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Raqobat qo‘mitasi davlat xaridlarida qonun ustuvorligini ta’minlash, budjet mablag‘larining shaffof va samarali sarflanishi hamda tadbirkorlar uchun teng raqobat muhitini yaratish ustuvor vazifalardan biri ekanini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.