Connect with us

Jamiyat

Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

Published

on


Ular niqob taqqan holda Qarshi tumanidagi uylardan biriga kirib, xonadon egalariga tan jarohati yetkazgan va tilla taqinchoqlarni olib ketgan.

Qashqadaryo viloyatida bosqinchilik sodir etgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olinib, ularning avval sodir etilgan boshqa bir jinoyatga aloqadorligi aniqlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qarshi tumani Alisher Navoiy mahallasida xonadonlarning biriga soat 04:00 larda niqob kiygan uch nafar shaxs devor orqali kirgan. Ular xonadon egasi, uning turmush o‘rtog‘i va o‘g‘liga tan jarohati yetkazgan.

Jinoiy guruh ulardan pul talab qilib, uydagi shkafda bo‘lgan tilla taqinchoqlarni olib chiqib ketgan.

«Eshik ochilganini sezdim. Parda qimirlab, fonar yorug‘ini ko‘rganimdan keyin uyg‘ondim. Eshikka yurib borganimda, ichkariga niqob kiygan bir kishi bostirib kirdi va og‘zimni berkitdi», — deydi jabrlanuvchi ayol.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida gumonlanuvchilar davlat raqamisiz Nexia-2 mashinasida hodisa joyida harakatlangani ma’lum bo‘lgan.

Gumonlanuvchilar shaxsiga aniqlik kiritilib, ulardan biri qo‘lga olingan. Shuningdek, bosqinchilik jinoyatini sodir etishda jabrlanuvchi to‘g‘risida ma’lumot bergan shaxs ham ushlangan. O‘rganishlar davomida ushbu guruh 2024 yil 26 noyabr kuni Qarshi tumanida sodir etilgan yana bir bosqinchilik jinoyatiga ham aloqador ekani ma’lum bo‘lgan.

Jinoyatda ishtirok etgan, Qarshi shahrida yashovchi 40 yoshli fuqaro ham qo‘lga olingan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi

Published

on


Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan taksi haydovchilarini aldash bilan shug‘ullangan firibgarlar fosh etildi. Ular o‘zlarini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar orqali haydovchilardan pul va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus mobil ilovalar orqali taksi buyurtma qilgan. Manzilga yetib kelgan haydovchilardan esa “naqd pul yo‘qligi”ni bahona qilib, mablag‘ni karta orqali o‘tkazishni so‘ragan. Shu orqali ular haydovchilarning bank kartasi ma’lumotlari hamda SMS orqali keladigan tasdiq kodlarini qo‘lga kiritgan.

Operativ tadbirlar davomida mazkur jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs aniqlanib, u qilgan jinoyatlarini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur kompaniyalar nomidan tarqatilayotgan soxta aksiyalar ham aniqlangani xabar qilingan edi. Bunday holatlarda fuqarolarga kvartira, vaucher yoki bepul internet trafigi va’da qilinib, aslida ularning shaxsiy va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsad qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi

Published

on


Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan. Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Surxondaryoda Afg‘onistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Jarayonda mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta miqdordagi ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi

Published

on


Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.

Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shahrisabz tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi

Published

on


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hisor tog‘ tizmasida yirik qor ko‘chkisi qayd etildi. Hodisa 2026 yil 23 mart kuni taxminan soat 16:25 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, qor ko‘chkisi dengiz sathidan 3000 metr balandlikda boshlanib, umumiy hajmi taxminan 700 ming kub metrni tashkil etgan. Ko‘chki aholi yashash hududidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Hodisa oqibatida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Shuningdek, infratuzilma va aholi turar joylariga zarar yetmagan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahor mavsumida tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qoladi. Shu munosabat bilan fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi

Published

on


Kuni kecha Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oradan bir kun o‘tib esa shu hududda «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Har ikki holatda ham qutqaruvchilar haydovchilarga tezkor yordam ko‘rsatdi.

Ma’lum qilinishicha, kuni kecha taxminan soat 11:30 lar atrofida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yon tomonga ag‘darilib ketgan. Hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Biroq avtomashinaga ortilgan yuklar yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, haydovchiga yordam ko‘rsatgan va yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etgan.

Bundan bir kun avval esa taxminan shu hududning o‘zida «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, xandaqqa tushib ketgan. Ushbu holatda ham qutqaruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.