Connect with us

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashyapti

Published

on


O‘zbekistonda 2025-yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 982,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqlari Toshkent shahrida 10 mln 138,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,8 foizga o‘sganligi kuzatildi.

Shuningdek, bu ko‘rsatkich:


Sirdaryo viloyatida – 4 mln 789,8 ming so‘mni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 118 foiz);
Jizzax viloyatida – 4 mln 476,8 ming so‘mni (117 foiz);
Farg‘ona viloyatida – 4 mln 443,8 ming so‘mni (116,9 foiz);
Namangan viloyatida – 4 mln 350,1 ming so‘mni (116,6 foiz);
Surxondaryo viloyatida – 4 mln 256,5 ming so‘m (116,1 foiz)ni tashkil etgan.

O‘z o‘rnida, o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi Andijon viloyatida 4 mln 935,3 ming so‘m (111 foiz), Navoiy viloyatida 7 mln 486,4 ming so‘mni (113,4 foiz), Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 mln 757,2 ming so‘mni (114,2 foiz), Qashqadaryo viloyatida 4 mln 148,3 ming so‘m (114,3 foiz), Buxoro viloyatida 4 mln 787,3 ming so‘mni (114,8 foiz), Toshkent viloyatida 5 mln 674,4 ming so‘m (115,3 foiz), Xorazm viloyatida 4 mln 720,1 ming so‘mni (115,6 foiz) hamda Samarqand viloyatida 4 mln 435,4 ming so‘mni (115,8 foiz) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan o‘sish sur’ati pastroq ekanligi kuzatildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Tramp jamoasi neft narxi 200 dollarga chiqishiga tayyorlanmoqda

Published

on


Amerikalik rasmiylar AQSh barcha kutilmagan ssenariylarga, jumladan, Yaqin Sharqdagi mojaro uzoq cho‘zilishiga tayyor bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchi.

Donald Tramp ma’muriyati rasmiylari neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha chiqadigan bo‘lsa, iqtisodiyot qay ahvolga tushishini o‘rganmoqda, deb xabar berdi Bloomberg vaziyatdan xabardor bo‘lgan manbalariga tayanib.

Nashr suhbatdoshlari keskinlik davrida neft narxi keskin ko‘tarilishi sharoitidagi iqtisodiyotni modellashtirish muntazam ravishda o‘tkazilishi va bu prognoz hisoblanmasligini qayd etishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu orqali ma’muriyat mamlakat barcha ehtimoliy ssenariylarga tayyor turishiga ishonch hosil qilmoqchi.

Yaqin Sharqdagi urush boshlanishidan oldin ham moliya vaziri Skott Bessent ehtimoliy mojaro neft narxi oshishiga olib kelishi borasida xavotir bildirgandi, deyishmoqda manbalar. Ular vazirlik xodimlari bir necha hafta mobaynida o‘z xavotirlarini Oq uyga bildirib kelishganini qo‘shimcha qilishgan.

Oq uy matbuot kotibi o‘rinbosari Kush Desai esa ma’muriyat har doim turli ssenariylar va iqtisodiy oqibatlarni baholasa-da, neft narxi bir barrel uchun 200 dollargacha ko‘tarilishi ehtimolini ko‘rib chiqmasligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Bessent «Epik g‘azab» amaliyotini o‘tkazish natijasida yuzaga kelgan qisqa muddatli tebranishlardan «tashvishga tushmagan».

Bloomberg agentligi qayd etishicha, bir necha oy ichida neft narxi bir barrel uchun 170 dollarga ko‘tarilishi ham AQSh va Yevropada inflatsiyani tezlashtiradi va iqtisodiy o‘sish sur’atlarini pasaytiradi, bir barrel uchun 200  dollarlik narx esa «jahon iqtisodiyoti uchun og‘ir zarba»ga aylanadi. AQShda allaqachon benzin uchun narxlar 30 foizga oshgani sezilarli ta’sirga aylandi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

P2P-o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish bo‘yicha talab bekor qilindi(mi?)

Published

on


Mart oyi boshidan beri qator to‘lov tashkilotlari va bank mobil ilovalarida kartalar o‘rtasida pul o‘tkazmalarining maqsadini ko‘rsatish talabi joriy etilgandi. Ushbu majburiyat bekor qilingani aytilyapti. Markaziy bank axborot xizmati Kun.uz’ga bu talab boshidanoq ixtiyoriy bo‘lganini ma’lum qildi. Ammo regulyatorning 17 fevralda banklar va to‘lov tashkilotlariga yuborgan xatida sanksiyalar qo‘llanishiga oid bandlar bor edi.

25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Markaziy bank P2P maqsadini ko‘rsatishga oid talabni bekor qilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Markaziy bank matbuot xizmati Kun.uz’ga: “majburiy bo‘lmagan narsani boshidan bekor qilib bo‘lmaydi; ixtiyoriy edi — bu masala noto‘g‘ri talqin qilingan”, deya javob berdi. Shuningdek, regulyator 5 martdayoq P2P maqsadini ko‘rsatish ixtiyoriyligi haqida rasman ma’lum qilgani eslatib o‘tildi.

17 fevralda Markaziy bank tomonidan banklar va to‘lov tashkilotlariga yuborilgan xatda o‘tkazma maqsadini ko‘rsatish majburiy talab ekani va 1 martga qadar ko‘rsatma ijro etilmasa, sanksiyalar qo‘llanishi nazarda tutilgandi.

Jamoatchilik bosimidan keyin, 5 mart kuni Markaziy bank axborot xizmati jarayonning “texnik” ekanligini bildirib, kiritilgan 16 ta to‘lov maqsadi parametrlari esa namunaviyligi, bank yoki to‘lov tashkiloti o‘z mobil ilovasi arxitekturasidan kelib chiqqan holda uni ixtiyoriy belgilashi mumkinligini qayd etgandi.

Kun.uz’ga ma’lum bo‘lishicha, bir qator to‘lov tashkilotlari va banklar 5 martdagi bayonotdan keyin Markaziy bankka murojaat qilib, P2P maqsadini ko‘rsatish talabi borasida so‘ragan. Regulyator “biz ixtiyoriy deb aytdik, kiritsangiz ham, kiritmasangiz ham bo‘ladi” deya javob bergan. Shundan keyin tarmoqlarda bu talab bekor bo‘libdi, degan gaplar tarqalgan.

Avvalroq, Kun.uz suhbatlashgan bank-moliya sohasi mutaxassislari P2P maqsadini ko‘rsatishni kartadan o‘tkazmalar nazoratiga oid yangi urinish deb baholagandi — ular agar maqsad iqtisodiyotni “oqartirish” bo‘lsa, kartadan kartaga o‘tkazmalarni ommalashtirish kerak, deya fikr bildirgand



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Markaziy bank 11 ta tijorat bankini jarimaga tortdi

Published

on


Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi. Shuningdek, 14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti ogohlantirildi.

Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2026 yilning fevral oyidagi yig‘ilishlarda 43 ta masala ko‘rib chiqildi va ular bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilindi, deya xabar berdi regulyator axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rib chiqilgan masalalarning 30 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish yo‘nalishiga to‘g‘ri keldi. Jumladan, 3 ta holatda kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartishlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 1 ta kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushiga egalik qilish uchun ruxsat berish, 6 ta banklarda audit o‘tkazish huquqini berish uchun auditorlik malaka sertifikatini taqdim etish, 5 ta mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, 1 ta to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani qayta rasmiylashtirish, shuningdek, 14 ta tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda muhim ahamiyatga ega xodimlarining nomzodlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan.

Shu bilan birga, kredit tashkilotlarining moliyaviy holatiga doir 13 ta masala ham ko‘rib chiqilgan. Ularda Markaziy bankning ko‘rsatmalari va prudensial me’yorlari talablarining bajarilishi, tijorat banklarida o‘tkazilgan inspeksiya natijalari, bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish, bank va to‘lov tashkilotlarida kiberxavfsizlik talablariga rioya etish hamda tashkilotlarning moliyaviy xizmatlarini «tartibga solish qumdoni» doirasida sinovdan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiq tashkil etmagani, shuningdek inspeksiya va o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar sabab 11 ta bank jarimaga tortildi.

14 bank va 4 ta to‘lov tashkiloti prudensial normativ talablarga rioya etilmaganligi, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmaganligi hamda o‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar uchun ogohlantirildi.

Bundan tashqari, 8 ta bank bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning moliyaviy barqarorlikka salbiy ta’sirini kamaytirish va makroprudensial buferlar shakllantirishni ta’minlash maqsadida aksiyadorlarga oddiy aksiyalar bo‘yicha dividend to‘lash orqali foydani taqsimlamaslik talabi belgilandi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Rossiyadan naqd rubl olib chiqishga yangi cheklovlar joriy etildi

Published

on


Rossiya prezidenti Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a’zo davlatlarga naqd valuta va oltin olib chiqish qoidalarini yanada kuchaytiruvchi farmonni imzoladi. Biznes vakillariga naqd pulni faqat xalqaro aeroportlar orqali olib chiqishga ruxsat beriladi.

Foto: Nikolay Gyngazov / Global Look Press

2026 yil 1 apreldan boshlab jismoniy shaxslar Rossiyadan YeOII Bojxona ittifoqiga a’zo davlatlar — Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 100 ming dollardan ortiq summaga teng naqd rublni olib chiqishi mumkin bo‘lmaydi. Tegishli farmonni Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 mart, chorshanba kuni imzoladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun esa naqd pulni poyezd yoki avtomobil orqali olib chiqish taqiqi summa miqdoridan qat’i nazar amal qiladi. Ular naqd rublni faqat Rossiyaning xalqaro aeroportlari orqali olib chiqishi mumkin bo‘ladi.

1 apreldan jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlar mablag‘larning kelib chiqishini bank hisobvaraqlari bo‘yicha ko‘chirmalar bilan tasdiqlashi va ularning xorijda qanday maqsadlarda ishlatilishini ko‘rsatgan holda deklaratsiya to‘ldirishi shart bo‘ladi.

Prezident farmoni, shuningdek, Rossiyadan 100 grammdan og‘ir oltin quymalarini olib chiqishga nisbatan ham cheklovlar joriy qiladi.

2026 yil 1 maydan boshlab YeOII davlatlariga bunday quymalarni yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar faqat Sheremetevo, Domodedovo, Vnukovo va Knevichi aeroportlari orqali, Rossiya Asilmetall va qimmatbaho toshlar nazorati palatasining maxsus ruxsati bilan olib chiqishi mumkin bo‘ladi.

Jismoniy shaxslar uchun esa yangi cheklovlar nafaqat YeOII davlatlariga, balki boshqa mamlakatlarga nisbatan ham qo‘llanadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xorijiy valyutalarda pasayish ro‘y berdi

Published

on



Xorijiy valyutalarda pasayish ro‘y berdi



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.