Connect with us

Jamiyat

Zominda madaniyat saroyi va san’at maktabi quriladi

Published

on


Mamlakatimizning barcha hududlarida imkoniyatlarni to‘la ishga solish choralari ko‘rilmoqda. O‘tgan yil 31 dekabrda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinib, zarur masalalar hal etib berilgan edi. Xususan, unda 2025-yilda 2 milliard dollar investitsiya jalb etish, eksportni 285 million dollarga yetkazish, 168 ming odamni ishli qilish chora-tadbirlari belgilangandi.

Bu vazifalar birin-ketin bajarilmoqda. O‘tgan olti oyda Jizzaxda sanoat, servis va qishloq xo‘jaligida 200 ta loyiha ishga tushdi. Viloyatga 662 million dollar investitsiya kirib keldi.

Natijadorlikni yanada oshirish maqsadida Jizzax viloyati Zomin tumanida ham “Islohotlar shtabi” tuzilgan. 

Davlatimiz rahbari tashrifi davomida viloyatda amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Xususan, “yagona darcha” tamoyili asosida qishloq xo‘jaligi xizmatlarini bitta joyga jamlagan “Agromarkaz” tashkil etildi. Hosildorlikni oshirishga qaratilgan yangicha yondashuvlar viloyatda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga ijobiy ta’sir etib, aholini ko‘proq daromad topishiga imkon yaratmoqda.

Jizzax viloyati kartoshkachilikni rivojlantirishga zamin qilib olinmoqda. Bugungi kunda Zomin ilmiy tajriba stansiyasida xorijiy va mahalliy seleksiyaga mansub 12 ta nav birlamchi urug‘chiligi yo‘lga qo‘yildi.

Odatda urug‘lik kartoshka yetishtirish 6-7 yilni va 8 ta bosqichni talab qilsa, yangi taklifga ko‘ra, jarayon 4 bosqichga kamaytirilib, 2 yilda tayyorlanadi. Bunda kartoshkaning yangi seleksiya navlaridan 12 tonna yuqori avlod super elita urug‘lik aholi xonadonlariga bepul tarqatiladi. Natijada 120 tonna elita kartoshka urug‘ligi yetishtiriladi.

Shuningdek, dukkakli ekinlar ekish, Zarbdor tumanidagi kanalda nasos stansiyalari va magistral quvurlar qurish rejalari belgilangan.

Jizzaxning turfa tabiati, tog‘li va cho‘l hududlari yilning to‘rt faslida ham sayohat qilish imkonini beradi. “Zomin” turistik-rekreatsion zonasi, Zomin aeroporti va yangi yo‘llar bu imkoniyatlarni kengaytirdi. Yirik 6 ta kanal bo‘yida sayilgohlar tashkil qilindi. Endi “Aydar-Arnasoy” ko‘llar tizimi qirg‘oq bo‘yida ham zamonaviy turizm markazi barpo etiladi.

– Tumanlarga sanoatni olib kirib, odamlarni ishli qilishga harakat qilyapmiz. Ilgari dasht bo‘lgan joylarda zamonaviy korxonalar paydo bo‘lyapti. Odamlarimiz hunaridan, tomorqasidan ham daromad topayapti. Lekin bu bugungi natija. Yangi avlod yetishib kelyapti, yoshlarimizning bilimi, talabi oshib boryapti. Ularning ishlashi, yaxshi yashashi uchun hozirdan zamin yaratishimiz kerak. Agar imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanilsa, Zomin tumani ishsizlikdan xoli hudud bo‘la oladi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumki, Ko‘kdala tumanining yangi markazida san’at saroyi, san’at maktabi, umumta’lim maktabi va sport majmuasi yonma-yon barpo etilmoqda. Davlatimiz rahbari bu bolalarga qulay bo‘lishini ta’kidlab, kelgusi loyihalarda shuni qo‘llash zarurligini aytgan edi. Endi shu tajriba asosida Zomin tumanida ham madaniyat saroyi va san’at maktabi qurilishi rejalashtirilgan. Madaniyat saroyi 300 o‘rinli bo‘lib, tuman markazidagi 45 mingdan ortiq aholiga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda “Zomin sayqali” folklor-etnografik jamoasi, 13 ta to‘garak faoliyat yuritadi.

Mutasaddilarga ushbu rejalar ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy sohalar rivoji bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu bilan Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi yakunlandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekistonda suv tanqisligini kamaytirish uchun 600 mlrd so‘mlik dastur tasdiqlandi

Published

on


Hukumat 2026-yilda suv resurslaridan oqilona foydalanish va suv tanqisligining oldini olishga qaratilgan qaror qabul qildi.

Hujjatga ko‘ra, respublika bo‘yicha suv xo‘jaligi tizimini modernizatsiya qilish va infratuzilmani yaxshilash uchun 600 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Qarorda belgilanishicha, mazkur mablag‘ning 480 mlrd so‘mi kanallarni betonlashtirish va rekonstruksiya qilishga, qolgan 120 mlrd so‘mi esa suv bilan bog‘liq chora-tadbirlarga ajratiladi.

Dastur doirasida kanallar va suv tarmoqlari ta’mirlanib, yangi suv omborlari va infratuzilmalar barpo etiladi. Shuningdek, suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilinadi va suv hisobini yuritish tizimi kuchaytiriladi.

Hujjatga ilova qilingan ro‘yxatga ko‘ra, 2026 yilda:

– Qoraqalpog‘iston
– Andijon, Buxoro, Jizzax
– Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand
– Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent
– Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida o‘nlab kanallar rekonstruksiya qilinadi va betonlashtiriladi.

Shuningdek, kelgusida suvdan foydalanish limitlari joriy etiladi hamda suv yetkazib berish va hisobini raqamlashtirish kuchaytiriladi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yaponlar o‘z uyida qanday qilib mukammal ozodalikni saqlaydi?

Published

on


Bu mamlakatda uyni tozalash og‘ir mehnat hisoblanmaydi.

Yaponiyada biz tushunadigan ma’nodagi «uyni katta tozalash» tushunchasi deyarli noma’lum, ammo uylar hech qanday qiyinchiliksiz ozoda bo‘lib qoladi.

Buning siri qimmat vositalar yoki murakkab texnikalarda emas, balki odamlarning kundalik hayotiga kirib borgan oddiy odatlarda.

Ta’kidlanishicha, yaponlar an’anaviy tozalash ishlariga soatlab vaqt sarflash o‘rniga har kuni 5-10 daqiqa tozalash qoidasiga amal qiladi.

Kichik, ammo muntazam harakatlar, masalan, narsalarni tartibga keltirish, foydalanilgandan so‘ng darhol yuzalarni artish yoki xonalarni har kuni shamollatish uyni iflos bo‘lishiga imkon bermaydi.

Shuningdek, bu mamlakatda ta’lim muhim rol o‘ynaydi, maktablarda bolalar ozodalikka o‘rgatiladi, gigiyena odatga aylanadi. Shuning uchun uyni parvarish qilish og‘ir mehnat sifatida emas, balki bo‘shashtiruvchi va samarali faoliyat sifatida qabul qilinadi.

Yaponiyadagi uylarda tartib va gigiyenani saqlaydigan to‘rtta asosiy odat:

– Ko‘chada kiyiladigan poyabzal uyga kirmaydi;

– Kundalik «soudzi» – har bir buyumning o‘z o‘rni bor, keraksiz narsalar tashlab yuboriladi;

– Darhol tozalash – yuzalar artiladi va idishlar ishlatilgan zahoti darhol yuviladi;

– Tez-tez shamollatish – toza havo changning cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Natijada, minimal, ammo doimiy sa’y-harakatlar bilan saqlanadigan ozoda, keng va yoqimli makon paydo bo‘ladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi

Published

on


Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan taksi haydovchilarini aldash bilan shug‘ullangan firibgarlar fosh etildi. Ular o‘zlarini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar orqali haydovchilardan pul va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus mobil ilovalar orqali taksi buyurtma qilgan. Manzilga yetib kelgan haydovchilardan esa “naqd pul yo‘qligi”ni bahona qilib, mablag‘ni karta orqali o‘tkazishni so‘ragan. Shu orqali ular haydovchilarning bank kartasi ma’lumotlari hamda SMS orqali keladigan tasdiq kodlarini qo‘lga kiritgan.

Operativ tadbirlar davomida mazkur jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs aniqlanib, u qilgan jinoyatlarini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur kompaniyalar nomidan tarqatilayotgan soxta aksiyalar ham aniqlangani xabar qilingan edi. Bunday holatlarda fuqarolarga kvartira, vaucher yoki bepul internet trafigi va’da qilinib, aslida ularning shaxsiy va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsad qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi

Published

on


Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan. Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Surxondaryoda Afg‘onistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Jarayonda mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta miqdordagi ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi

Published

on


Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.

Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.