Connect with us

Iqtisodiyot

6 oyda eksport qilingan mevalarning qiymati ma’lum qilindi

Published

on


O‘zbekistonda 2025 yil yanvar-iyun oylarida 311 ming tonna 368,6 mln dollarlik meva eksport qilingan.

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi joriy yilning o‘tgan davrida O‘zbekistonning meva eksport yo‘nalishida erishilgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Har yili respublikada 3,4 mln tonna meva va 1,9 mln tonna uzum yetishtiriladi, 2024 yilda 2,3 mlrd dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari (shundan, 1,5 mlrd dollarlik meva-sabzavot) eksport qilindi.

Joriy yil yanvar-iyun oylarida meva eksportyorlari tomonidan jami eksport qilingan meva eksportining 11 foizi 96,8 mln dollarlik gilos (42,1 ming tonna), 3,6 foizi 6,7 mln dollarlik olma (13,3 ming tonna), 3,9 foizi 10 mln dollarlik olxo‘ri (14,6 ming tonna), 15 foizi 41 mln dollarlik o‘rik (54,1 ming tonna) tashkil etadi.

2025 yilda jami bo‘lib, 10 ta agrologistika markazi ishga tushirilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda 4 tasi foydalanishga topshirildi. Jumladan, Surxondaryo, Navoiy Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 1 ta dan agrologistika markazlari ishga tushirildi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Olmaliqdagi 3-mis boyitish fabrikasi dunyodagi yirik korxonalar qatoridan joy oldi

Published

on


Germaniyaning Deutsche Allgemeine Zeitung nashrida O‘zbekistondagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 3-mis boyitish fabrikasi ochilishiga bag‘ishlangan maqola chop etildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Dunyo” AA xabar berishicha, maqolada prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ramziy tugmani bosish orqali ishga tushirilgan mazkur loyiha mamlakat iqtisodiyoti uchun strategik ahamiyatga ega ekani ta’kidlangan.

Qiymati 2,7 milliard dollar bo‘lgan, 196 gektar maydonda barpo etilgan zavod yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega. Bu ko‘rsatkich bilan u nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyodagi eng yirik korxonalar qatoridan joy olgani qayd etilgan.

Nashrda misning energetika, elektrotexnika, raqamlashtirish, sun’iy intellekt va “yashil” iqtisodiyotdagi ahamiyati alohida urg‘u bilan yoritilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda xomashyoni eksport qilishdan ko‘ra, uni chuqur qayta ishlashga o‘tish maqsad qilingani ta’kidlangan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilda misni qayta ishlash quvvatini 240 ming tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Loyihaning texnologik ustunligi sifatida ishlab chiqarish jarayonlarining raqamli nazorat ostida ekani va sun’iy intellekt yordamida boshqarilishi qayd etilgan. Bu esa energiya sarfini 10 foizga, ishlab chiqarish xarajatlarini esa 15 foizga kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek, “Yoshlik-1” va “Qalmoqir” konlarida qariyb 45 million tonna mis va 5000 tonnadan ortiq oltin zaxiralari mavjud ekani, bu resurslar kamida 100 yilga yetishi ta’kidlangan. Molibden, selen, tellur va reniy kabi nodir metallar esa kelgusidagi innovatsion loyihalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Deutsche Allgemeine Zeitung ta’kidlashicha, mazkur loyiha O‘zbekiston uchun nafaqat sanoat yutug‘i, balki texnologik modernizatsiya va barqaror iqtisodiy o‘sish sari yo‘naltirilgan muhim qadam hisoblanadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi

Published

on


O‘zbekiston elchisi Ravshan Alimov Ashxobod shahri hokimi Rahim Gandimov bilan uchrashdi.

“Dunyo” AA xabar qilishicha, suhbat chog‘ida o‘zbek-turkman munosabatlari so‘nggi yillarda barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotgani, ayniqsa Toshkent va Ashxobod shaharlari o‘rtasidagi hamkorlik tobora mustahkamlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida tomonlar shaharlar o‘rtasidagi birodarlik munosabatlari to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish hamda delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish va madaniy-gumanitar tadbirlarni ko‘paytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda Ashxoboddagi “Toshkent” va Toshkentdagi “Ashxobod” istirohat bog‘lari ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlikning yorqin ramzi ekani qayd etildi. Joriy yilda ikki davlatning muhim sanalariga bag‘ishlangan madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar ham ko‘rib chiqildi.

Tomonlar xalqaro tadbirlarda o‘zaro ishtirokni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Xitoy kompaniyasi O‘zbekistonda texnik uglerod ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin

Published

on


Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Xitoyning «China CAMC Engineering» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bosh direktori Go Szisze va «Fushun Zhenxing Chemical Engineering» kompaniyasi bosh direktori Pyao Syan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Muzokaralar davomida O‘zbekistonda eskirgan shinalarni utilizatsiya qilish va texnik uglerod ishlab chiqarish bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

Xususan, tomonlar zamonaviy piroliz texnologiyalarini joriy etish, ekologik xavfsiz ishlab chiqarishni tashkil etish hamda sanoat chiqindilarini kamaytirish uchun ilg‘or muhandislik yechimlarini qo‘llash bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar ushbu loyiha doirasida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va uning amalga oshirilishini izchil rag‘batlantirishga kelishib oldilar.

«Fushun Zhenxing Chemical Engineering» kompaniyasi kimyoviy injiniring, neft-kimyo va ekologik yechimlar sohasida faoliyat yuritadi. Kompaniya texnik uglerod yo‘nalishida 80 dan ortiq loyihalarni amalga oshirgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Eron 10 million riyollik banknotni muomilaga chiqardi

Published

on


Eron markaziy banki 10 million riyollik banknotga murojaat qildi – bu mamlakat tarixidagi eng yirik nominaldir, deya yozadi Financial Times.

10 million riyol – 7 dollardan sal ko‘proq degani.

Markaziy bank yangi kupyura chiqarishdan maqsad «jamoatchilikning naqd pulga ega bo‘lishini ta’minlash»ga qaratilgani, mamlakatda elektron to‘lov tizimlari va internet-banking hali ham barqaror ishlayotganini ta’kidlagan.

Financial Times’ning qayd etishicha, yangi banknot Eronda naqd pulga bo‘lgan katta talab fonida muomalaga chiqarilgan. Eronliklar elektron to‘lov tizimlari ishlamay qolishidan xavotirda, ular hisob raqamlaridan pul yechish uchun banklarda soatlab navbatda turishmoqda. Shu bilan birga, Markaziy bank kredit tashkilotlariga yetarli miqdorda kupyuralar taqdim etayotganini aytayotgan bo‘lsa-da, banklar naqd pul berishda cheklovlar joriy qilmoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida, ya’ni urush boshlanishidan oldinroq, Eronda inflatsiya yillik hisobda 47,5 foizni tashkil etayotgandi. 

10 million riyollik banknotlar muomilaga chiqarilgunicha Erondagi eng yirik kupyura 5 million riyol bo‘lib turgandi. Markaziy bank uni fevral oyi boshida muomilaga chiqargan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonning Iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rni qanday o‘zgardi?

Published

on


O‘zbekiston 2026 yildagi Iqtisodiy erkinlik indeksida o‘z o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshilagan holda 184 ta mamlakat orasida 86-o‘rinni egalladi. Mamlakat iqtisodiyoti hisobot e’lon qilina boshlanganidan beri birinchi marta «o‘rtacha erkin» darajaga ko‘tarildi. Bir qator indikatorlarda o‘sish kuzatilgan, shu bilan birga, sud-huquq tizimi samaradorligi hamda biznes yuritish erkinligi ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yomonlashgan.

O‘zbekiston 2026 yilgi iqtisodiy erkinlik indeksidagi o‘rnini 14 pog‘onaga yaxshiladi va 184 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. 2025 yilga nisbatan mamlakatning iqtisodiy erkinlik darajasi 2,3 punktga oshdi va 60,3 ko‘rsatkichga yetdi (maksimal natija – 100 ball). Reytingda O‘zbekistonning eng yaqin qo‘shnilari San-Tome va Prinsipi (85-o‘rin) va Namibiya (87-o‘rin) hisoblanadi.

1998-2026 yillarda O‘zbekistonga berilgan umumiy ballning o‘zgarish dinamikasi

Ko‘rsatkichlar o‘zgarishi

Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekiston 2025 yilga nisbatan 12 ta indikatorning 8 tasida ijobiy o‘zgarishlarni qayd etgan, 2 ta indikatorda esa salbiy o‘zgarishlar kuzatilgan. Shuningdek, yana 2 ta indikator bo‘yicha narijalar o‘zgarishsiz qolgan.

Qonun ustuvorligi:


mulkiy huquqi — 43,1 (+9,6);
davlat yaxlitligi — 32 (+0,8);
sud-huquq tizimi samaradorligi — 13,7 (-0,8).

Davlat aralashuvi darajasi:


soliq yuki — 95 (+2,2);
davlat xarajatlari — 73,7 (+0,1);
fiskal salomatlik — 79,9 (+6,6).

Davlat tomonidan tartibga solish samaradorligi:


biznes yuritish erkinligi — 62,5 (-1,9);
mehnat bozori erkinligi — 48,4 (+0,5);
pul erkinligi — 65,1 (+0,5).

Bozorning ochiqligi:


savdo erkinligi — 80,6 (o‘zgarmagan);
investitsiya erkinligi — 70 (+10);
moliyaviy erkinlik — 60 (o‘zgarmagan).

Mamlakatlar iqtisodiyoti besh guruhga bo‘lingan: erkin (80 dan 100 ballgacha), asosan erkin (70−79,9 ball), o‘rtacha erkin (60−69,9), asosan erkin bo‘lmagan (50−59, 9) va repressiv (0−49,9). Yangi reytingda O‘zbekiston iqtisodiyoti hisobot e’lon qilina boshlanganidan beri birinchi marta o‘rtacha erkin darajaga ko‘tarildi. Xususan, respublika 1998-2006 yillarda repressiv, 2007-2009 yillarda iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan, 2010-2016 yillarda yana repressiv, 2017-2025 yillarda iqtisodiyoti erkin bo‘lmagan mamlakatlar qatoriga kiritilgandi.

«O‘zbekistonda umumiy qonun ustuvorligi zaif. Mamlakatdagi mulkchilik huquqi, sudning samaradorligi va hukumat yaxlitligi reytingi jahondagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan past», deyiladi hisobotda.

Qo‘shni mamlakatlarning o‘rni qanday?

MDH mamlakatlari orasida eng yaxshi ko‘rsatkichlarni Armaniston (52-o‘rin) va Ozarboyjon (67-o‘rin) qayd etgan. Keyingi pog‘onalardan Qozog‘iston (68-o‘rin), Moldova (101-o‘rin), Qirg‘iziston (114-o‘rin), Tojikiston (131-o‘rin), Rossiya (145-o‘rin), Belarus (150-o‘rin) va Turkmaniston (160-o‘rin) o‘rin olgan.

Umumiy reytingning eng yuqori 3 ta pog‘onasini Singapur (84,4 ball), Shveytsariya (83,7 ball) va Irlandiya (83,3 ball) egallagan bo‘lsa, eng quyi o‘rinlarda Venesuela (27,3 ball), Kuba (25,2 ball) va Shimoliy Koreya (3,1 ball) qayd etilgan. 8 ta davlat: Afg‘oniston, Iroq, Liviya, Lixtenshteyn, Samoli, Suriya, Ukraina va Yamanga turli sabablarga ko‘ra reyting berilmagan.

Umumiy iqtisodiy erkinlik bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich esa o‘tgan yilgi 59,7 ballda 59,9 ballga oshgan. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.