Jamiyat

1,8 mlrd so‘mlik jarimani kamaytirishni va’da qilgan muhandis qo‘lga olindi

Published

on


Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha hisoblangan yirik miqdordagi jarimani kamaytirishni va’da qilgan mansabdor shaxs pora olish vaqtida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Farg‘ona bo‘linmasi muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, O‘zbekiston tumanida yashovchi, 1962 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 1,8 mlrd so‘m jarimani 210 mln so‘mga tushirib berishni va’da qilgan.

Buning evaziga u fuqarodan 10 ming AQSh dollari miqdorida pora talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda muhandis so‘ralgan pul mablag‘ining 9 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version