Jamiyat

15 oktyabrdan respublikada tozalik va ozodalik oyligi boshlanadi

Published

on


Barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Bugun, 15 oktyabrdan O‘zbekistonda tozalik va ozodalik oyligi boshlanadi.

Oylik davomida barcha mahallalar, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari, ko‘chalar, aholi turar joylari hududlarida tozalik ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, volontyorlar, yosh eko-faollar ishtirokida turli tozalik aksiyalari, plogginglar tashkil etiladi.

Bundan tashqari, ayni damda Ekologiya vazirligi, Bosh prokuratura, Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar xodimlaridan iborat maxsus shtablar tashkil qilinmoqda. Bu shtablar tomonidan har bir viloyat, tuman va shaharlarda qat’iy ekologik nazorat o‘rnatiladi hamda jamoatchilikka kundalik ma’lumot berib boriladi. 

Oylik davomida ekologik huquqbuzarliklarga qarshi doimiy reyd tadbirlari amalga oshiriladi. Vazirlik tomonidan respublikaning barcha hududlariga onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu kameralar nazorati yanada kuchaytiriladi. 

Ekologiya vazirligi barchani tozalik va ozodalik oyligida faol ishtirok etishga, duch kelgan joyga chiqindi tashlamaslikka, ogohlikka chaqirmoqda.

Atrof-muhitni ifloslantirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga guvoh bo‘lsangiz, Ekologiya vazirligining (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 telefon raqamlari, 1157, 1207 qisqa raqamlari yoki @ecogovuz_bot orqali xabar bering, deyiladi vazirlik murojaatida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version