Connect with us

Sport

09:22 O‘zbekistonning JChdagi uchinchi guruhdoshi ham aniq bo‘ldi

Published

on

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

Kongo DR Yamaykani mag‘lub etib, O‘zbekiston bilan bir guruhdan joy oldi

Published

on


JCh-2026 qit’alararo pley-off bosqichining hal qiluvchi bahsida Kongo DR terma jamoasi Meksikaning Gvadalaxara shahrida Yamayka bilan kuch sinashdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlarning 100-daqiqasida afrikaliklar himoyachisi Aksel Tuanzebe burchakdan uzatilgan to‘pni darvozaga yo‘llab, hisobni ochdi. Ushbu yagona gol o‘yin taqdirini hal qildi va Kongo DRga 52 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati yo‘llanmasini taqdim etdi.

Shu tariqa, Kongo DR JCh-2026ning «K» guruhidan joy oldi va u yerda O‘zbekiston, Portugaliya hamda Kolumbiya terma jamoalari bilan kurashadi.

Qit’alararo pley-off

Kongo DR — Yamayka — 1:0

Gol: Tuanzebe, 100.

Kongo DR tarkibi: Mpasi-Nzau, Van-Bissaka, Mbemba, Tuanzebe, Masuaku, Elia, Sadiki, Moutoussami, Mbuku, Bakambu, Vissa.



Source link

Continue Reading

Sport

Turkiya, Chexiya va Shvetsiya Amerikaga yo‘l olmoqda, Italiya yana mundialdan quruq qoldi

Published

on


Yevropa qit’asida Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun kechgan pley-off bahslari o‘z yakuniga yetdi. Hal qiluvchi uchrashuvlardan so‘ng mundialda ishtirok etadigan so‘nggi to‘rt jamoa nomi aniqlandi.

Dramatik bahslar va kutilmagan natijalar:

Bosniya va Gersegovina zafari: «A» yo‘lida eng katta sensatsiya qayd etildi. Bosniyaliklar dastlab Uelsni, finalda esa Yevro-2020 g‘olibi Italiya terma jamoasini penaltilar seriyasida (4:1) mag‘lub etib, JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Italiya ketma-ket uchinchi bor mundialdan quruq qoldi.

Shvetsiyaning irodali g‘alabasi: «B» yo‘li finalida Shvetsiya va Polsha to‘qnash keldi. Gollarga boy o‘tgan bahsda shvedlar 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, Shimoliy Amerikaga yo‘l oladigan bo‘lishdi.

Turkiyaning minimal g‘alabasi: «C» yo‘lida Turkiya terma jamoasi Kosovo to‘sig‘idan o‘tdi. Uchrashuvda urilgan yagona gol turklarga muhim g‘alabani taqdim etdi.

Chexiya penaltilar seriyasida kuchli chiqdi: «D» yo‘li finalida Chexiya va Daniya o‘rtasidagi bahsning asosiy va qo‘shimcha vaqtlarida 2:2 hisobi qayd etildi. Lotereyada chexlarning qo‘li baland keldi — 3:1.

Shu tariqa, Yevropa qit’asidan JCh-2026da ishtirok etadigan jami 16 ta jamoaning ro‘yxati to‘liq shakllandi.

Yevropadan yo‘llanma olgan so‘nggi jamoalar:


Bosniya va Gersegovina
Shvetsiya
Turkiya
Chexiya

Eslatib o‘tamiz, JCh-2026 shu yilning yozida AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Sport

Italiya yana mundialdan qolib ketdi

Published

on


Italiya Bosniyaga qarshi o‘yinda birinchi bo‘limdayoq ozchilik bo‘lib qoldi va yakunda penaltilar seriyasida yutqazib qo‘ydi. Daniyaning ham futbol lotereyasida omadi kelmadi. Turkiya esa 24 yillik tanaffusdan keyin yana JChda. Shuningdek, saralash bosqichini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazgan va guruhida oxirgi o‘rinni egallagan Shvetsiya o‘tish bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

31 mart oqshomida Yevropada JCh-2026 o‘tish bosqichining final bahslari bo‘lib o‘tdi. Qit’ada AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan turnir uchun yana to‘rt yo‘llanma o‘ynaldi.

Italiya uchta penaltidan ikkita xato qildi

Bosniya va Gersegovina – Italiya 1:1 (4:1)

Gollar: Kin, 15 (0:1). Tabakovich, 79 (1:1)

Penaltilar seriyasi: Tahirovich (1:0) – Espozito (xato)(1:0) – Tabakovich (2:0) – Tonali (2:1) – Alaybegovich (3:1) – Kristante (xato)(3:1) – Bayraktarevich (4:1)

Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muharemovich, Katich, Kolashinats (Tahirovich, 46), Dedich, Bashich (Burnich, 71), Shunich (Alaybegovich, 46), Memich (Tabakovich, 71), Bayraktarevich, Demirovich (Hajiahmetovich, 115), Jyeko

Italiya: Donnarumma, Bastoni, Kalafiori, Manchini, Lokatelli (Kristante, 71), Tonali, Barella (Frattezi, 85), Dimarko (Spinatssola, 91), Politano (Palestra, 46), Retegi (Gatti, 44), Kin (Espozito, 71)

Ogohlantirishlar: Tahirovich, 54. Muharemovich, 102. Katich, 114 – Donnarumma, 81. Frattezi, 120

Chetlatish: Bastoni, 41

Italiya qatorasiga uchinchi jahon chempionatidan quruq qoldi – Bosniya penaltilar seriyasida g‘olib chiqdi. O‘yin natijasiga Alessandro Bastonining birinchi bo‘limda olgan qizil kartochkasi jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.

Italyanlar ajoyib boshlagandi: 15-daqiqada Nikola Vasil Mateo Retegining pressingi ostida xato pas berdi, forvard to‘pni olib qo‘ydi va uni chapdan oldinga tashlangan Moyze Kinga uzatdi – u esa sovuqqonlik bilan olis burchakni aniq nishonga oldi.

Italyanlar shundan keyin ham hujumkor o‘ynashda davom etishdi, ammo tanaffus arafasida qo‘pol xato qimmatga tushdi. Janluidji Donnarumma to‘pni uzoqlashtira olmadi. Bosniyaliklar uni tezda egallab olishdi: Amar Memich darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotganida Bastoni uni ortdan fol ishlatib to‘xtatdi.

O‘yin bosh hakami Kleman Tyurpen «Inter» himoyachisiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

Italyanlar o‘n kishi bo‘lib ham raqibdan yaxshiroq o‘ynashdi va ikkinchi golni urishga yaqinroq kelishdi, ammo o‘yin oxiriga kelib futbolchilarda kuch tugadi va baribir gol o‘tkazib yuborishdi. Donnarumma Edin Jyekoning yaqin masofadan yo‘llagan zarbasiga fantastik reaksiya ko‘rsatdi, ammo qaytgan to‘pga birinchi bo‘lib yetib kelgan Xaris Tabakovichning zarbasiga ulgura olmadi.

Qo‘shimcha bo‘limlarda hisob o‘zgarmay qoldi va ko‘pchilik Italiya baribir g‘alabani o‘ziniki qilishini kuta boshladi, ammo jamoa penaltilar seriyasini o‘ta muvaffaqiyatsiz o‘tkazdi. Nuqtaga birinchi bo‘lib yaqinlashgan yosh hujumchi Franchesko Espozitoning zarbasidan keyin to‘p osmonga uchib ketdi, uchinchi zarbani ijro etgan Brayan Kristante esa to‘sinni poyladi. Uchta zarbadan ikkitasi xato. Bosniyaliklar esa barcha imkoniyatlaridan aniq foydalanishdi va JChga boradigan bo‘lishdi.

Drama: Italiya qatorasiga uchinchi bor jahon chempionatiga bora olmaydi. Bosniya esa Kanada, Qatar va Shveytsariya bilan bir guruhdan joy oldi.

Yokeresh Shvetsiyani JChga olib chiqdi

Shvetsiya – Polsha 3:2

Gollar: Elanga, 19 (1:0). Zalevski, 33 (1:1). Lagerbilke, 44 (2:1). Sviderski, 55 (2:2). Yokeresh, 88 (3:2)

Shvetsiya: Nordfeldt, Starfelt, Lindelyof, Lagerbilke, Chelstrem (Bergvall, 69), Ayyari (Svanberg, 90), Gudmundsson, Svensson, Nyugren (Lundgren, 81), Elanga (Zeneli, 69), Yokeresh

Polsha: Grabara, Bednarek, Kiver, Visnevski, Zelinski, Shimanski, Zalevski (Grositski, 90), Kesh (Pyontek, 90), Sviderski (Petushevski, 63), Kaminski, Levandovski

Ogohlantirishlar: Chelstrem, 62. Bergvall, 76 – Kivyor, 43. Petushevski, 65. Pyontek, 90

Shvetsiya Polsha bilan o‘yinda g‘alabani ilib ketdi – 3:2. Bu safar ham Viktor Yokeresh katta sahnaga chiqdi.

Bu kunning eng quvnoq o‘yiniga aylandi. 19-daqiqada Entoni Elanga to‘pga bir teginishda darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga olib, hisobni ochdi, 33-daqiqada Nikola Zalevski javob qaytardi – uning zarbasi u qadar kuchli chiqmagandi, ammo darvozabon Kristoffer Nordfeldt qutqara olmadi. Shvedlar vaziyatlardan foydalanishda dars berishdi – tanaffus arafasida Gustaf Lagerbilke standart vaziyatdan keyin ikkinchi golni urdi.

Ikkinchi bo‘limda polyaklar yana bir bor hisobni tenglashtirishdi: Karol Sviderski to‘pni tom ma’noda o‘zi bilan darvozaga olib kirdi. Umuman olganda, polyaklar ko‘proq vaziyatlar yaratishdi, ammo shvedlarda samaradorlik yuqori bo‘ldi. O‘yinning oxirgi qismida Shvetsiya ko‘proq kuch saqlab qolgani ma’lum bo‘ldi – va bu natijada ham aks etdi. 88-daqiqada Yokeresh o‘z vaziyatidan foydalandi – mehmonlar bir hujumning o‘zida bir necha zarbani to‘sishdi, ammo «Arsenal» hujumchisining zarbasini qaytara olishmadi.

U Robert Levandovski bilan duelda g‘olib chiqdi – top-forvardlardan faqat biri mundialga borishi mumkin edi va bu shvetsiyalik yosh hujumchi bo‘lib chiqdi; u o‘tish o‘yinlarining o‘zida to‘rt gol urishga erishdi, yarimfinalda Ukraina darvozasiga het-trik qayd etgandi.

E’tiborli jihati, shvedlar saralash bosqichida atigi ikki ochko olib, guruhda so‘nggi o‘rinda qolishgandi, ammo Millatlar ligasi orqali o‘tish bosqichida ishtirok etishdi. Endi ular mundialda Niderlandiya, Yaponiya va Tunis bilan birga F guruhidan joy olishdi.

Chexiya – Daniya 2:2 (3:1)

Gollar: Shuls, 3 (1:0). Andersen, 72 (1:1). Kreychi, 100 (2:1). Heg, 111 (2:2)

Penaltilar seriyasi: Hoylund (xato)(0:0) – Xori (1:0) – Eriksen (1:1) – Souchek (2:1) – Dreyler (xato)(2:1) – Kreychi (xato)(2:1) – Yyensen (xato)(2:1) – Sadilek (3:1)

Chexiya: Kovarj, Granach, Kreychi, Xaloupek, Darida (Cherv, 60), Souchek, Zeleni, Tsoufal, Provod (Xitil, 68), Shuls (Sadilek, 112), Shik (Xori, 91)

Daniya: Hermansen, Andersen, Nelsson (Norgar, 60), Mele, Ba, Yulmann (Heg, 106), Heyberg, Froholdt (Eriksen, 72), Damsgor (Yyensen, 115), Isaksen (Dreyyer, 86), Hoylund

Ogohlantirishlar: Zeleni, 45 – Nelsson, 21. Andersen, 105

Kosovo – Turkiya 0:1

Gol: Karim Oqturko‘g‘li, 53 (0:1)

Kosovo: Murich, Hayrizi, Haydari (Aliti, 80), Dellova, Rejbechay (Rashitsa, 80), Xo‘ja (Rrahmani, 90), Gallapeni, Voyvoda (Jyegrova, 71), Musliya, Asllani, Murichi

Turkiya: Ugurjan Chaqir, Abdulkarim Bardakchi, O‘zan Qoboq, Ferdi Kadio‘g‘li, Zeki Chelik (Mert Mo‘ldur, 89), Xoqon Chalxono‘g‘li (Eren Elmali, 83), Ismoil Yuksek, O‘rxun Ko‘kchi, Kenan Yildiz (Gul, 89), Arda Guler (O‘zjan, 83), Karim Oqturko‘g‘li (Barish Yilmaz, 68)

Ogohlantirishlar: Haydari, 45. Musliya, 83. Rashitsa, 90 – Karim Oqturko‘g‘li, 45. Ismoil Yuksek, 55. Xoqon Chalxono‘g‘li, 65. Zeki Chelik, 70. Ugurjan Chaqir, 90



Source link

Continue Reading

Sport

FIFA ofsaydni aniqlash qoidalariga o‘zgartirish kiritdi

Published

on


Endi hujum qilayotgan futbolchi himoyachidan to‘liq o‘zib ketgan taqdirdagina «o‘yindan tashqari» holatda bo‘ladi. Yangi qoidalar hali sinov jarayonidan o‘tishi kerak.

«Yorug‘lik ofsaydi» (daylight offside) deb nomlangan yangi talqin FIFA tomonidan e’lon qilindi. Yangi qoida FIFA global futbolni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Arsen Venger tomonidan taklif qilingan.

Endi hujum qilayotgan futbolchi himoyachidan to‘liq o‘zib ketgan taqdirdagina «o‘yindan tashqari» holatda bo‘ladi – ular o‘rtasida ko‘rinadigan bo‘shliq bo‘lishi kerak. Agar gol urishga ruxsat berilgan tananing istalgan qismi himoyachi bilan bir chiziqda bo‘lsa, ofsayd qayd etilmaydi.

«Bu muhim sinov loyihasi. Ushbu yangi talqinni professional musobaqalarda sinab ko‘rish orqali biz uning o‘yinga qanday ta’sir qilishini, jumladan, o‘yinning aniqligi va dinamikasini oshirish, shuningdek, hujumkor o‘yinni targ‘ib qilish nuqtai nazaridan yaxshiroq tushunishimiz mumkin», deb Vengerning so‘zlarini keltirdi FIFA matbuot xizmati.

Shu bilan birga, birinchi marta Football Video Support (FVS) tizimi – maxsus video hakamlarsiz soddalashtirilgan VAR muqobili ham sinovdan o‘tkaziladi. Bosh murabbiylar gol, penalti, qizil karta yoki futbolchini noto‘g‘ri jazolash epizodlarida yaqqol xatoga yo‘l qo‘yilganda cheklangan miqdorda video ko‘rish so‘rovlarini yuborishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun murabbiy vaziyatdan so‘ng darhol maxsus kartani to‘rtinchi hakamga berishi kerak.

Qayd etilishicha, yangi FVS tizimi VAR o‘rnini bosmaydi, balki hakamlarga qaror qabul qilishda yordam beradi.

Endi yangi qoidalar Kanada chempionatida sinovdan o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Sport

Husanov eng yaxshi bo‘ldi. O‘zbekiston – Venesuela o‘yinidan fotoreportaj

Published

on



Asosiy vaqtda hisob ochilmadi. Musobaqa formatiga ko‘ra, asosiy vaqtda g‘olib aniqlanmagach, penaltilar seriyasiga murojaat qilindi. Har ikki jamoa beshtadan zarba berib, faqat bir futbolchi adashdi. Venesuelalik Karlos Sosaning zarbasini O‘zbekiston darvozaboni Abduvohid Ne’matov qaytardi.

Shu tariqa O‘zbekiston milliy jamoasi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik turniri g‘olibi bo‘ldi. Finalda ishonchli o‘yin ko‘rsatgan Abduqodir Husanov turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.