Connect with us

Jamiyat

Саида Мирзиёева атмосфера ҳавосининг ифлосланиши бўйича йиғилиш ўтказмоқда

Published

on


Президент администрацияси раҳбари Саида Мирзиёева Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитасида атмосфера ҳавосининг ифлосланиши билан боғлиқ масалалар юзасидан кенгайтирилган йиғилиш ўтказмоқда.

“Президентимиз мендан ҳар куни бу масала бўйича ҳисобот сўраяптилар. Халқимизнинг саломатлиги билан боғлиқ масала бўлган жойда ҳеч биримизнинг сусткашликка йўл қўйишга ҳаққимиз йўқ”, – деди Саида Шавкатовна.

Саида Мирзиёева асосий муаммога эътибор қаратди: тизимлилик ва аниқ режалаштиришнинг йўқлиги илгари ҳаво сифати мунтазам ёмонлашишига олиб келган. Шунинг учун Махсус комиссияга аниқ муддатлар билан вазифалар қўйилди. Фақат шу йўл билан тарқоқ чора-тадбирлардан барқарор бошқарувга ўтиш мумкин.

Администрация раҳбари таъкидлаганидек, бу масалада Президент ҳар куни ҳисобот сўрамоқда. Кўриб чиқилган ечимлар, яъни кўкаламзорлаштириш, ариқларни тиклаш, иссиқхоналар ва саноатни назорат қилиш – табиий, инфратузилма ва антропоген омилларни ўз ичига олган комплекс ёндашувни шакллантиради. Бу жавоб беришдан профилактикага ўтишдир.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Mahallalar uyushmasining bo‘limlariga yangi huquq beriladi

Published

on


«Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni (PF–116-son, 24.06.2026-y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-iyuldan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlariga:

– mahallalardagi muammolarni tizimli tahlil qilish, mas’ul idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarini ishlab chiqish, shuningdek, hududiy dasturlarni tayyorlash hamda ijrosini nazorat qilishda ishtirok etish huquqi beriladi.

Mahallada yashovchi 1-marotaba ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan fuqarolarga ularning oilaviy sharoitidan kelib chiqib, fuqarolar yig‘ini kengashining kollegial qarori asosida shaxsga nisbatan yengillik berish to‘g‘risida qilingan murojaat sud-tergov organlari tomonidan qanoatlantirilgan hollarda:

– «mahalla yettiligi» kafillikka olingan shaxsni qayta tarbiyalash, zarur hollarda, kasbga o‘rgatish, bandligini ta’minlash, ta’limga yo‘naltirishga mas’ul bo‘ladi;

– kafillikka olingan shaxs 3 yil davomida jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmasa, «mahalla yettiligi»ning shaxsni tarbiyalashda faollik ko‘rsatgan a’zosini qo‘shimcha rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Uyushmaning tuman (shahar) bo‘limi boshliqlariga «mahalla yettiligi» faoliyatiga aralashganlik, ularni xizmat vazifalari bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb etganlik uchun tuman (shahar) hokimlariga taqdimnomalar kiritish vakolati beriladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Quva tumani hokimi ham fermerni haqoratlagani aytilmoqda

Published

on


Quva tumani hokimi Halimjon Umarovga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Unda amaldor fermerni haqoratlagani hamda yerni majburan topshirish haqida ko‘rsatma bergani eshitiladi. Farg‘ona viloyati hokimligi holatga aniqlik kiritish uchun xizmat tekshiruvi tayinlanganini bildirgan.

Quva tumani hokimi Halimjon Umarov fermerni haqorat qilgani aytilmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, audioyozuvda Quva tumani hokimi Halimjon Umarov ekani taxmin qilinayotgan shaxs fermerlar bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda ulardan birini haqorat qilgan. U yerni majburan topshirishga ko‘rsatma bergani eshitiladi.

“Ey sen, k.., gaplashging kelmayaptimi men bilan? …qa o‘yin qilyapsanmi? 3 kundan beri axtaraman seni, topilmaysan. … tiqib qo‘yaymi hozir?! Tiqilging kelyaptimi?”, degan amaldor fermer bilan suhbatda.

Holat yuzasidan Farg‘ona viloyati hokimligi axborot xizmati izoh berib, holatga aniqlik kiritish uchun xizmat tekshiruvi tayinlanganini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, Halimjon Umarov 2021 yil fevralidan Quva tumani hokimi lavozimida ishlab keladi. Bungacha u Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lgan.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov g‘alla topshirish rejasini bajarmayotgan fermerlarni qo‘pol haqoratlab, hatto onasidan so‘kkandi. Holat o‘z tasdig‘ini topib, hokimga hayfsan berilgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda avtobusda ayolga jinsiy a’zosini ko‘rsatib, shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamaldi

Published

on


50 yoshli erkak 93-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobusga chiqib, ayol yonidagi o‘rindiqqa o‘tirgan. Avvaliga ayolning qo‘liga tegingan, so‘ngra jinsiy a’zosini ko‘rsatib, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan illyustrativ surat

Toshkent shahridagi avtobus ichida ayolga shilqimlik qilgan erkak ma’muriy jazoga tortildi. Kun.uz sud qarori bilan tanishdi.

Sud hujjatiga ko‘ra, 50 yoshli T.S. 23 iyun kuni ertalab 93-sonli yo‘nalishda harakatlanadigan avtobusga mingan. U avtobus ichida yonida o‘tirgan ayolga jinsiy a’zosini ko‘rsatib, shahvoniy shilqimlik qilgan.Qo‘rqib ketgan ayol baqirib, haydovchidan yordam so‘ragach, erkak avtobusdan tushib ketishga uringan. Ammo haydovchi eshiklarni ochmagan.

T.S. sudda aybiga iqrorlik bildirgan. U mast holatda bo‘lgani uchun uyatli harakatlar qilganini eslay olmasligini, ichki ishlar binosiga olib kelishganidan keyin o‘zini anglay boshlaganini aytgan.

Jabrlanuvchi o‘z ko‘rsatmasida shunday degan:

“23 iyun kuni soat 7:45 larda avtobusda menga notanish erkak yonimga kelib o‘tirdi va qo‘li bilan qo‘limga tegindi. Shunda o‘zimni undan uzoqlashtirish uchun chekkaroq surildim. Keyin T.S. o‘zining jinsiy a’zosini ko‘rsatdi. Qo‘rqib baqirib yubordim, haydovchidan yordam so‘radim. T.S. qochib, avtobusdan tushib ketmoqchi bo‘ldi, lekin haydovchi eshiklarni ochmadi. Shunda T.S. haydovchini uyatli so‘zlar bilan so‘kib, avtobus eshiklarini ochishga urindi. Lekin qochib ketolmadi. Shundan so‘ng voqea joyiga ichki ishlar xodimlari keldi”.

Ayol suddan huquqbuzarga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. 

JIB Bektemir sudining qarori bilan T.S. MJtKning 41-1-moddasi (shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismi, 183-moddasi (mayda bezorilik) hamda 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etishda aybli deb topildi. Unga 15 sutka ma’muriy qamoqqa jazosi tayinlangan.

Avvalroq Toshkentda amaliyotchi talaba qizlarga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamalgandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi

Published

on


O‘quvchilar mingan Damas yo‘lda yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Oqibatda bir bola vafot etgan, qolganlari shifoxonaga yotqizilgan. Andijon viloyati YHXB o‘quvchilarni o‘zboshimchalikda aybladi.

Andijon viloyatida «Andijon polkasi» tadbiri doirasida maktab o‘quvchilari YTHga uchragan, ulardan biri vafot etgan. Bu haqda viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonovning Instagram’dagi posti ostidagi izohlarda foydalanuvchilardan biri xabar qoldirgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa Asaka tumanidagi 14-maktab o‘quvchilari bilan ro‘y bergan. Hodisa oqibatida o‘quvchilardan biri vafot etgan, qolganlari esa jonlantirish bo‘limida qolmoqda.

Holat yuzasidan izoh bergan Andijon viloyati YHXB axborot xizmati maktab o‘quvchilarini o‘zboshimchalikda ayblagan.

Andijon viloyati YHXB axborot xizmati Daryo.uz’ga ma’lum qilishicha, YTH 23 iyun kuni sodir bo‘lgan.

«Asaka tumani xalq ta’limi bo‘limi tomonidan Andijon shahrida o‘tkaziladigan tadbirga tayyorgarlik ko‘rish uchun borib-keladigan o‘quvchilarga alohida avtobus ajratilgan. Ammo bir guruh o‘quvchi o‘zboshimchalik bilan Damas avtomobilida ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lda avtomobil „ZIL“ yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. O‘quvchilar shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramay, ulardan bir nafari vafot etgan. Qolgan o‘quvchilarning holati yaxshi», – deyiladi taqdim etilgan axborotda.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tergovchilari surishtiruv olib borayotgani qo‘shimcha qilingan.

Ma’lumot uchun, 24 iyun kuni Andijon viloyati markazidagi stadionda «Andijon polkasi» raqsiga tushish orqali rekord o‘rnatildi.

Stadionda 20 ming kishi bir vaqtning o‘zida raqs tushgan. Hokimlik matbuot xizmati e’lon qilgan suratlarda tadbirda yosh bolalar ham ishtirok etganini ko‘rish mumkin.





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Elektr ta’minoti korxonalari muhandislari pora olayotganda ushlandi

Published

on


Farg‘ona viloyati va Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yurituvchi ikki muhandis xizmat mavqeidan foydalanib, turli masalalarni hal qilib berish evaziga pora talab qilgan vaqtida qo‘lga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda elektr ta’minoti korxonalari muhandislarining korrupsiyaviy harakatlari fosh etildi.

Xususan, Farg‘ona tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi fuqaroning qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish sexiga elektr tarmog‘i tortish, hisoblagich o‘rnatish va elektr ta’minotiga ulash, shuningdek, mansabdor tanishlari orqali ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 100 million so‘m talab qilgan.

Tezkor tadbir davomida muqaddam sudlangan muhandis talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Yana bir holatda esa Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani elektr ta’minoti korxonasi muhandisi mahalliy fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan to‘plangan 122 million so‘m qarzdorligini mansabdor tanishlari orqali bekor qildirib berishni va’da qilib, buning evaziga 50 million so‘m talab qilgan.

U muqaddam 10 million so‘m olgan bo‘lib, qolgan 40 million so‘mni olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan muhandislarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.