Jamiyat

Zangiotada kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ombori fosh etildi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi, DXX va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent shahridagi ijara xonadonda umumiy bahosi 1,5 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy saqlanayotgan ombor fosh etildi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor tadbir davomida qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.X. Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi xonadonni ijaraga olib, uni noqonuniy dori omboriga aylantirgani aniqlandi.

Ushbu xonadondan xorijda ishlab chiqarilgan, tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan quyidagi dori vositalari topildi va ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi:


15 330 dona Pregabalin Capsules;
1 196 dona Chorionig Gonadotropxin Injection;
1 175 dona Sodium Chloride Injection I.P;
501 dona Iron Sucrose Injection.

Bundan tashqari, dori vositalarini qadoqlash va savdoga tayyorlash maqsadida saqlab kelingan 39 turdagi 4 125 ta dori qutilari va yo‘riqnomalari ham aniqlandi. Umumiy zarar qiymati taxminan 1,5 mlrd so‘m etib belgilanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish va ularga doir mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish yoki namoyish etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddi organlar kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor va qat’iy choralar amalga oshirilishini ta’kidlamoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version