Jamiyat
Zangiotada ko‘prikka urilgan yuk mashinasi sababli yerosti avtomobil yo‘li yopilib qoldi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Zangiota tumanida yerosti avtomobil yo‘li yopilib qolganligi bo‘yicha ma’lumot taqdim etildi.
Kecha, 26 sentabr kuni soat 19:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Tariq teshar mahallasi hududidan o‘tgan M39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘li ostidan o‘tgan yerosti yo‘lidan tegishli taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilganiga qaramasdan, 1971 yilda tug‘ilgan haydovchi M.S. MAN rusumli yuk avtomobilida harakatlanib kelib, gabarit o‘lchamlari to‘g‘ri kelmagani sababli ko‘prikning piyodalar harakatlanishi uchun mo‘ljallangan qismidagi beton to‘singa urilishi natijasida to‘xtab qolgan.
Shundan so‘ng, voqea joyiga zudlik bilan yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari yetib kelib, yuzaga kelgan holatni bartaraf qilgan.
Ushbu holatda harakat ishtirokchilarining sog‘lig‘iga va ko‘prikning avtomobillar harakatlanish uchun mo‘ljallangan qismiga ziyon yetmagan. Faqatgina ko‘prikning piyodalar harakati uchun mo‘ljallangan qismi shikastlangan.
Hozirda ko‘prikning shikastlangan qismini ta’mirlash choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, avtomobillarning erkin harakatlanishi to‘liq yo‘lga qo‘yildi.
Holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
https://t.me/yhxx_ypx/24399?single