Jamiyat
Yunusobodda mast holatda o‘zganing mashinasiga shikast yetkazgan shaxs ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs “Matiz” rusumli avtomashinaga shikast yetkazganligi aks etgan foto tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Aniqlanishicha, 2 yanvar kuni Yunusobod tumani 13-mavze hududida fuqaro B.G. mast holatda fuqaro O.R. ga tegishli “Matiz” rusumli avtomashinasiga shikast yetkazgan.
Ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida B.G. ushlangan.
Mazkur holat Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv jarayoni Toshkent shahar IIBB boshlig‘i tomonidan shaxsan nazoratga olingan.