Jamiyat

YPX xodimini kapot ustidan sudragan haydovchiga jinoyat ishi ochildi

Published

on


Toshkent shahrida YPX xodimini avtomobil kapoti ustida sudrab ketgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. Qoidabuzarga Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, 2001 yilda tug‘ilgan haydovchining avtomobilida jami 144 marotaba qoidabuzarlik sodir etilgan. Shulardan 38 tasining muddati o‘tgan, 30 tasi esa MIB organlariga o‘tkazilgan bo‘lib, umumiy qarzdorlik summasi 18.090.000 (o‘n sakkiz million to‘qson ming) so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version