Jamiyat

yoz kunlarida xonadonda energiyani tejash bo‘yicha 10 maslahat

Published

on


Ayollar oilaviy hayotda energetika va budjetni boshqarishda muhim rol o‘ynaydilar. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayollar erkaklarga nisbatan energiyani 22 foizga kamroq sarflashadi. Shu bois ayollar uchun ushbu maslahatlar nafaqat qulaylik, balki oila budjetini iqtisod qilishda ham muhimdir.

Jazirama yoz kunlarida xonangizdagi salqin muhitni saqlash va chegaradan tashqari elektr uchun qo‘shimcha to‘lovlardan saqlanish uchun quyidagi maslahatlar bilan oilangiz moliyaviy budjetini muhofaza qiling:

1. Konditsionerni to‘g‘ri sozlang

Termostatni 23–26°C orasida saqlang. Uydan chiqayotganingizda konditsionerni o‘chirib, eshik va deraza pardalarini yopib, uyni qorong‘i qilib chiqib keting.

2. Eco / Dry rejimidan foydalaning

Konditsionerning Dry (suxoy havo) yoki eco rejimi namlikni kamaytiradi va bu energiya sarflamasdan 2°C sovuqroq deb qabul qilinadi. Ushbu rejim energiyani tejagan holda qulaylikni ta’minlaydi.

3. Filtrlarni muntazam tozalang

Filtrlar ifloslangan bo‘lsa, konditsioner samaradorligi pasayadi va energiya sarfi oshadi. Filtrlarni har 1–2 oyda tozalash — 10-15 foizgacha energiya tejaydi.

4. Tabiiy ventilyatsiyadan foydalaning

Tungi va tonggi havo oqimidan foydalaning: barcha eshiklar va derazalarni oching. Kun davomida esa harorat yuqori bo‘lgan vaqtda uyni yopiq saqlang.

5. Ventilyatorlardan foydalaning

Salqin muhit yaratish uchun ventilyator pichoqlarini soat miliga teskari burang. Bu konditsionerning ish yukini pasaytirishga yordam beradi va bu bilan energiya sarfi 15 foizgacha kamayadi.

6. Oynalarni pardalar, jalyuzi, nur qaytaruvchi pardalar bilan yoping

Quyosh tushadigan tomondagi derazalarni shu kabi ihotalash ichkariga issiqlik kirishini kamaytiradi va uyingizni salqin tutadi.

7. Eshik va oynalar atrofini izolyatsiya qiling

Weather‑strip yoki germetik bilan izolyatsiya qilish xonadagi salqinlikni saqlab qolish va energiya sarfini 10-20 foizgacha kamaytirishga yordam beradi.

8. Foydalanilmayotgan uskunalarni uzing

Televizor, quvvatlagich va boshqa uskunalar “kutish” rejimida ham tok ishlatadi. Ularni rozetkadan uzib qo‘yish kerak.

9. Jazirama avjiga chiqqan paytda bosimni kamaytiring

Kunning eng issiq vaqtlarida energiya bosimini kamaytiring: kir yuvish mashinasi, dazmol, soch quritgich va boshqa elektr anjomlari ertalab yoki kechki payt ishlatilgani ma’qul. LED lampalar ancha kam energiya sarflaydi va salqinlikni saqlashda yordam beradi.

10. Uy izolyatsiyasini yaxshilashni o‘ylab ko‘ring

Izolyatsiya qishda ham, yozda ham energiya sarfini 20–50 foizgacha kamaytiradi va salqinlikni yoki issiqlikni uzoq muddat saqlaydi.

Oila uchun bu maslahatlar nima uchun muhim?


Ortiqcha to‘lovlarga hojat qolmaydi – pulingiz tejaladi.
Energiya samaradorlik har bir xonadonning doimiy muammosiga aylanmaydi.
Komfortni saqlagan holda, uydagi salqinlikni kamaytirmasdan, energiya tejaladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version