Jamiyat

“Yoshlar daftari”dagi faol bo‘lgan 1 ming nafar yoshlarga har yili pul mukofoti beriladi

Published

on


Prezidentning “Yoshlar daftari” jamg‘armalari orqali ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga doir farmoniga muvofiq, ijtimoiy shartnoma shartlarini namunaviy bajarib kelayotgan yoshlar rag‘batlantiriladi. Jumladan, “Yoshlar daftari”da faol bo‘lgan eng yaxshi 1 ming nafar yosh har yili BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Farmonga muvofiq, “Yoshlar daftari” doirasida yoshlarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam endi “ijtimoiy shartnoma” mexanizmi asosida, ularning o‘qishi, faolligi va shaxsiy rivojlanishiga bog‘langan holda amalga oshiriladi.

Hujjatga ko‘ra, ijtimoiy shartnoma shartlari bajarilmagan taqdirda bosqichma-bosqich quyidagi choralar qo‘llanadi:


shartlar bajarilmaganligi yuzasidan 15 kun ichida bajarish to‘g‘risida ogohlantirish;
belgilangan talablar bajarilmasa, ijtimoiy yordam miqdorini 15–30 foizga kamaytirish;
takroriy holatlarda ijtimoiy yordamni 1 oydan 6 oygacha vaqtinchalik to‘xtatish;
shartlar sistemali ravishda bajarilmasa, 1 yil va undan ortiq muddatga to‘xtatish.

Shu bilan birga, ijtimoiy shartnoma shartlarini kamida 6 oy davomida yuqori darajada va muntazam bajarib kelayotgan yoshlar quyidagicha rag‘batlantiriladi:


ularga imtiyozli ravishda, navbatdan tashqari ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
eng yaxshi 1 000 nafar yosh har yili bir marta BHMning 3 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi;
bu yoshlar tashabbuskorlik va faollikni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat va jamoat mukofotlariga tavsiya etiladi.

Mazkur tartib “Yoshlar daftari” orqali moddiy ko‘makni shunchaki yordam emas, balki yoshlarning ta’lim olishi, faol fuqarolik pozitsiyasi, kitobxonligi va ijtimoiy mas’uliyati bilan bog‘liq kompleks tizimga aylantirishga qaratilgani qayd etilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version