Iqtisodiyot

«Yomg‘ir va qorda ham foydalanishga tayyor bo‘ladi» – Toshkent-Andijon pulli yo‘li haqida nimalar ma’lum?

Published

on


Pulli yo‘l qurilishi natijasida Toshkentdan Andijonga borish vaqti hozirgi 5−5,5 soatdan 2−2,5 soatgacha qisqaradi. Dastlabki bosqichda qiymati 3,66 mlrd dollar bo‘lgan 171 km uzunlikdagi Toshkent-Angren-Qamchiq dovoni muqobil yo‘lini qurish rejalashtirilyapti. Bunda 33 km uzunlikdagi 4 qatorli yangi tunnel ham foydalanishga topshiriladi. Loyiha Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladi.

Joriy yilda Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi Toshkent-Andijon pulli yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi. Bu haqda «Avtoyo’linvest» agentligi direktori Asliddin Isayev O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, vodiy viloyatlarini poytaxt bilan bog‘lovchi pulli yo‘lning umumiy uzunligi 314 km bo‘ladi. Dastlabki bosqichda qiymati 3,66 mlrd dollar bo‘lgan 171 km uzunlikdagi Toshkent-Angren-Qamchiq dovoni muqobil yo‘lini qurish rejalashtirilyapti. Bunda 33 km uzunlikdagi 4 qatorli yangi tunnel ham foydalanishga topshiriladi. Yo‘lning yillik to‘lov miqdori 465 mln dollarga baholanyapti.

«Loyiha Jahon banki ko‘magida amalga oshiriladi. Tender jarayonlarini to‘liq loyihalashtirish va o‘tkazish uchun Arup xalqaro konsalting kompaniyasi jalb qilindi. Joriy yilda amaliy ishlar boshlanishi rejalashtirilgan. Loyihaga Fransiya, Turkiya va Xitoyning yirik kompaniyalari qiziqish bildiryapti. Eng asosiy maqsadimizdan biri, harakat xavfsizligini yaxshilashga qaratilgan. Noqulay ob-havo sharoitlarida, yomg‘ir va qor sharoitlarida ham avtomobil yo‘li to‘liq foydalanishga tayyor holatda bo‘ladi», – deydi Asliddin Isayev.

Pulli yo‘l qurilishi natijasida Toshkentdan Andijonga borish vaqti hozirgi 5−5,5 soatdan 2−2,5 soatgacha qisqarishi kutilyapti. Ushbu yo‘nalishda 1 kunda o‘rtacha qatnov 40 mingtani tashkil etadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version