Iqtisodiyot

Yil oxirigacha Buxoro-Urganch-Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi – transport vaziri

Published

on


Transport vaziri Ilhom Mahkamov bir qator yangi temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi, Xususan, Buxoro–Urganch–Xiva yo‘nalishida elektropezd qatnovi joriy yilda ishga tushadi. Toshkent–Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasi loyihasi 2030 yilga qadar yakunlanadi. Yana 4 ta “Jaloddin Manguberdi” tezyurar poyezdlari olib kelinadi. Chexiyaning Skoda kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilinadi.

Foto: Qonunchilik palatasi

3 iyun kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Qonunchilik palatasida temiryo‘l transporti sohasi bo‘yicha hisobot berdi.

Vazirning ma’lum qilishicha, Toshkent–Samarqand yo‘nalishida alohida yuqori tezlikdagi temiryo‘l liniyasi loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari yakuniy tahriri ishlab chiqilgan. 2030 yilga qadar loyihani yakunlab, mazkur yo‘nalishda poyezdlar harakatini yo‘lga tushirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti.

“Bundan tashqari, Urganch xalqaro aeroportidan Urganch shahriga yo‘nalishda bo‘lgan temiryo‘l liniyasiga tutashtiruvchi 10,8 kilometr uzunlikdagi temiryo‘l liniyasi qurish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Joriy yil 1 avgust kuniga qadar mazkur Urganch–Xiva temiryo‘l liniyasi elektrlashtirilgan temiryo‘l bo‘lib qurib bitkaziladi va zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi”, – dedi vazir.

Uning qayd etishicha, joriy yil yakuniga qadar Buxoro–Urganch–Xiva yo‘nalishida zamonaviy elektropoyezdlar qatnovi ham yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, joriy yil yakuniga qadar Toshkent aglomeratsiyasiga poyezdlardan kirib keladigan elektropoyezdlarni jamoat transporti bilan integratsiya qiluvchi transport bog‘lamalari yaratiladi. Xususan, “Choshtepa”, “Shahriston” va “Turon” metro bekatlari yaqinida temiryo‘l to‘xtash punktlari quriladi. “To‘xtash punktlari qurilishi natijasida yo‘lovchilarga jamoat transportidan foydalanish xavfsiz, qulay va tezkor amalga oshiriladi”, – dedi vazir.

Mahkamovning eslatishicha, 2024 yilda Rossiya Federatsiyasining ikkita EP3D rusumli shahar atrofi yo‘nalishida harakatlanuvchi zamonaviy elektropoyezdi olib kelinib, Toshkent–Hojikent–Chirchiq yo‘nalishida yo‘lga qo‘yilgandi. Joriy yilda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ikkita zamonaviy elektropoyezd ishlab chiqarilgan. Ulardan biri joriy yil 30 aprelidan boshlab Farg‘ona vodiysida aylana halqa yo‘nalishida harakatlanishni boshlagan. Joriy yil iyul oyidan boshlab Toshkent–G‘azalkent–Xo‘jakent va yangi qurib bitkazilgan Toshkent–Parkent yo‘nalishlarida zamonaviy elektropoyezdning ikkinchi qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Shu bilan bir qatorda, joriy yilning o‘tgan davrida ikkita yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Jaloliddin Manguberdi” elektropoyezdi olib kelingandi. Soha rahbari bu poyezdlardan yana 4 ta olib kelinishini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda Toshkent–Xiva–Toshkent yo‘nalishida elektropoyezdlarning sinov jarayonlari amalga oshirilayotgan bo‘lib, sinovlar muvaffaqiyatli yakunlangach, muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yiladi. Shu bilan bir qatorda, hozirgi Toshkent–Andijon hamda Toshkent–Termiz yo‘nalishlaridagi temiryo‘l liniyalarini qayta modernizatsiya qilish va bu yo‘nalishlarga Xitoyning CRRC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan sakkizta tezyurar elektropoyezdlarni qatnovga yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni Toshkent–Andijon va Toshkent–Termizda, xabaringlar bor, tog‘li hududlardan perevallardan harakatlanadigan maxsus agregat tarkiblari olib kelinadi va Jaloliddin Manguberdi yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlarining yana qo‘shimcha to‘rttasi olib kelinadi”, – dedi vazir.

Shuningdek, Chexiyaning Skoda Transportation kompaniyasidan 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish hamda talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda harakatini yo‘lga qo‘yish orqali yiliga qo‘shimcha 5,2 million nafar yo‘lovchi tashish imkoniyati yaratiladi.

“Skoda Transportation bilan elektropoyezdlarni ishlab chiqarishni boshlash to‘g‘risida memorandum imzolangan. 2027 yildan boshlab elektropoyezdlar yurtimizga olib kelinib boshlanadi va quyidagi yo‘nalishlarda bosqichma-bosqich qatnovlar tashkil etiladi: Termiz–Samarqand, Urganch–Nukus, Toshkent–Angren, Toshkent–Bekobod, Toshkent–Boysun–Qo‘rg‘on, Samarqand–Qarshi–Shahrisabz, Toshkent–Angren, Toshkent–Hojikent–Chirchiq kabi, ya’ni viloyat markazlari aglomeratsiyalar bilan yo‘lovchi tashish xizmatlari bilan bog‘lanadi. Bunga qo‘shimcha yana 10 ta zamonaviy elektropoyezd xarid qilish masalasida boshqa Yevropaning kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda”, – dedi Ilhom Mahkamov



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version