Jamiyat

YHXX o‘qishning birinchi kunida jamoat transportidan foydalanishga chaqirdi

Published

on


O‘zbekiston aholisidan o‘quv yilining birinchi kunida ko‘chalarda tirbandlik yuzaga kelmasligi uchun shaxsiy avtomobil emas, jamoat transportidan foydalanish so‘ralyapti.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (IIV YHXX) mamlakat aholisini o‘quv yilining birinchi kunida jamoat transportiga ustunlik berishga chaqirdi.

Qayd etilishicha, 2 sentyabr kuni maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq chalinadi va odatda shu kuni ertalab ko‘chalarda tirbandliklar ko‘payadi.

“Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fuqarolardan bugungi kunda har tomonlama qulay va jozibador ko‘rinishga kelayotgan jamoat transportlaridan foydalanishlarini so‘raydi”, – deyilgan xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version