Dunyodan
Yevropadan Fors koʻrfaziga temir yoʻl quriladi
Bloomberg xabariga ko’ra, Turkiya, Suriya va Iordaniya janubiy Yevropani Fors ko’rfazi bilan temir yo’l orqali bog’lamoqchi.
Tomonlar temir yo‘l infratuzilmasini yangilashga kelishib oldilar.
Katta miqyosdagi loyiha 4-5 yil ichida yakunlanishi va keyinchalik Saudiya Arabistoni temir yo‘llariga ulanib, mintaqaviy transport tizimida yangi davrni boshlab berishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
Fors ko‘rfazidagi mojaro va Hormuz bo‘g‘ozidagi yuk tashish cheklovlari jahon savdosiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu bois mintaqa davlatlari dengiz yo‘llariga qaramligini kamaytirish uchun muqobil quruqlik yo‘llarini o‘rganmoqda.