Dunyodan
Yevropa Ittifoqi 2027 yildan boshlab Rossiyadan gaz importini taqiqlaydi – Reuters
Yevropa Ittifoqi kengashi 2027-yildan boshlab Rossiyadan gaz importini butunlay taqiqlovchi qonunni ma’qulladi.Bu haqdagi qaror dushanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan vazirlar mahkamasi yig‘ilishida qabul qilindi. Slovakiya va Vengriya qarorga qarshi ovoz berdi. Vengriya ham masalani Yevropa sudiga olib borishini e’lon qildi.
2025-yil 17-dekabrda Yevroparlament ittifoqchi davlatlarning 2027-yil 1-noyabrdan boshlab Rossiya gazini sotib olishdan butunlay voz kechish haqidagi taklifini ma’qulladi.
Reutersning ta’kidlashicha, taqiq ko’pchilik mamlakatlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishi uchun ishlab chiqilgan. Bu Rossiyaning energiya resurslariga hali ham qaram bo’lgan va Rossiya bilan yaqin aloqada bo’lishni xohlaydigan Vengriya va Slovakiya qarshiliklarini engib o’tishga imkon berdi.
Kelishuvga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi Rossiyadan suyultirilgan gaz importini 2026-yil oxirigacha va quvur gazi importini 2027-yil 30-sentabrgacha to‘xtatadi.
Shu bilan birga, qonun ayrim mamlakatlarga qishki isitish mavsumi oldidan Rossiyadan tashqari boshqa manbalardan gaz omborlarini to‘ldirish qiyin bo‘lsa, ushbu muddatni 2027-yil 1-noyabrgacha kechiktirishga ruxsat beradi.
Ukraina urushidan oldin Rossiyaning Yevropa Ittifoqiga gaz yetkazib berishdagi ulushi 40% dan ortiq edi. Evropa Ittifoqining so’nggi ma’lumotlariga ko’ra, bu raqam 2025 yilga borib 13 foizga tushadi.