Sport
Yevropa futboli o‘tgan mavsumining eng yaxshi transferlari aniqlandi
Goal nashri Kilian Mbappening «PSJ»dan «Real Madrid»ga o‘tishini Yevropa o‘tgan futbol mavsumining eng omadli transferi, deya baholadi.
Chunki Fransiya terma jamoasi hujumchisi bepul qo‘lga kiritildi, birinchi mavsumidayoq kutilgan umidlarni qaysidir jihatdan oqladi va «Oltin butsa»ga sazovor bo‘ldi.
Eng omadli xaridlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinda Joau Neveshning «Benfika»dan «PSJ»ga o‘tishi ko‘rsatildi.
Eng yaxshi transferlar uchligiga Maykl Olise ham kirdi, fransuz futbolchisini «Bavariya» «Kristal Pelas» (Angliya)dan 50 mln funtga sotib oldi.
Ekspertlarning fikricha, eng yaxshi transferlar top-10ligiga quyidagilar ham kirdi:
Skott Maktominey — «MY»dan «Napoli»ga — 26 mln funt sterling
Dezire Due — «Renn»dan «PSJ»ga — 42 mln funt
Meyson Grinvud — «MY»dan «Marsel»ga — 27 mln funt
Romelu Lukaku — «Chelsi»dan «Napoli»ga — 25 mln funt
Viktor Osimxen — «Napoli»dan «Galatasaroy»ga — ijara
Seru Girassi — «Shtuttgart»dan «Borussiya Dortmund»ga — 15 mln funt
Mateo Retegi — «Jenoa»dan «Atalanta»ga — 24 mln funt.