Dunyodan

“Yevropa cho’chqalari…” – Putin Ukrainani yangi hujumlar bilan tahdid qilmoqda

Published

on


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga yangi harbiy hujum uyushtirish ehtimoli borligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Kiyev va G‘arb davom etayotgan tinchlik muzokaralarida Rossiya talablarini qabul qilmasa, Rossiya frontda harakat qilishda davom etadi.

“Agar ular jiddiy muzokaralar o‘tkazilishini istamasalar, Rossiya jang maydonidagi tarixiy yerlarni ozod qiladi”, — dedi Putin nutqida.

Putinning aytishicha, Yevropa yetakchilari dastlab Rossiya qisqa muddatda qulab tushadi deb o‘ylashgan va AQShning avvalgi ma’muriyati bilan hamjihatlikda harakat qilgan.

“AQShning sobiq ma’muriyati vaziyatni ataylab qurolli to’qnashuvga olib keldi. Menimcha, buning sababini men ham tushuna olaman. Hamma Rossiyani qisqa vaqt ichida yo’q qilish va parchalash mumkin, deb o’ylagan. “Yevropa cho’chqalari” zudlik bilan AQShning sobiq ma’muriyati faoliyatiga qo’shilib, mamlakatimizning qulashidan foyda olishga umid qilishgan”.

Putinning aytishicha, AQShning hozirgi maʼmuriyati, xususan, Donald Tramp jamoasi tinch kelishuvga intilayotgan boʻlsa-da, Yevropa davlatlarida bunday iroda yoʻq.

Kreml rasmiy pozitsiyasiga ko‘ra, Rossiya tinchlik kelishuvi doirasida bir qator talablarni ilgari surgan. Shartlar orasida Qrim va Ukraina sharqidagi Rossiya nazoratidagi hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olish, Rossiya-Ukraina chegarasidagi “xavfsizlik bufer zonasi”ni kengaytirish va Ukrainani NATO aʼzoligidan chiqarish kiradi.

Ukraina va G‘arb davlatlari bu talablarni nomaqbul deb hisoblab, Rossiyaning tajovuzini xalqaro huquqning buzilishi sifatida baholamoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version