Jamiyat

«Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishi va markaziy metro bekatlarida kassalar yopiladi

Published

on


2025 yil 9 dekabrdan boshlab «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekat, shuningdek «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» metro bekatlaridagi an’anaviy kassalar yopiladi. Ular o‘rniga QR-kodli chipta beruvchi zamonaviy infokioskalar ishga tushirildi.

To‘lov tizimida shaffoflikni ta’minlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda elektron to‘lovlarga rag‘batlantirish maqsadida naqd pul bilan amalga oshirilayotgan to‘lovlar ulushi past bo‘lgan «Yer usti halqa yo‘li» yo‘nalishidagi barcha 14 ta bekatda, shuningdek «Paxtakor» va «Alisher Navoiy» metro bekatlarida 2025 yil 9 dekabrdan boshlab kassalar faoliyati to‘xtatiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bekatlarda an’anaviy kassalar o‘rnini yangi zamonaviy QR-kodli chiptalar beruvchi apparatlar — infokioskalar egallamoqda.

Infokioskalarning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:

naqd pul aylanishini kamaytirish orqali to‘lovlarning shaffofligi va xavfsizligini oshirish;

chipta xarid qilish jarayonini tezlashtirish, navbatlarni qisqartirish hamda yo‘lovchilar vaqtini tejash;

QR-kod asosidagi chiptalarni mobil telefon orqali yoki chop etilgan kvitansiya shaklida qo‘llash imkoniyati.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bunday infokioskalar joriy etilishi to‘lov tizimini raqamlashtirish, xizmat ko‘rsatish madaniyatini oshirish va poytaxt jamoat transporti infratuzilmasini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version