Jamiyat

Yer masalasidagi korrupsion tarmoq fosh bo‘ldi

Published

on


Andijon viloyatida yer maydonlarini noqonuniy ajratish va rasmiylashtirib berish bilan bog‘liq korrupsion holatlar fosh etildi. Davlat xavfsizlik xizmati tezkor tadbirlari davomida bir nechta mansabdor shaxslar katta miqdorda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi 2-Shahrixon bo‘limi 3-gidrouchastkasi boshlig‘i chorvachilik bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan fuqaroga katta Farg‘ona kanali himoya hududidagi 30 sotix yer maydonini ijaraga rasmiylashtirib berish evaziga 40,5 ming AQSh dollari talab qilgan. U oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan ushlangan.

Tergov davomida ushbu noqonuniy sxemaga Farg‘ona vodiysi magistral kanallardan foydalanish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ham aloqador ekani aniqlangan. U 20 ming dollardan 3 ming dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushgan. Shuningdek, mazkur yer maydonidan ijara asosida foydalanib kelgan gidrouchastka xodimi ham yerni berish uchun 19 ming dollar talab qilgani ma’lum bo‘lgan.

Yana bir holatda esa Oltinko‘l tumanidagi ta’lim muassasasi direktori muassasa hududidagi 1,1 gektar yer maydoni bo‘yicha kelishuvni tasdiqlab berish evaziga 15 ming dollar so‘ragan. U oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version