Jamiyat

Yer auksioni bo‘yicha qalbaki hujjat tayyorlagan shaxs ushlandi

Published

on


Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida auksion savdolari orqali yer maydoni olib berishni va’da qilib, fuqaroning ishonchini suiiste’mol qilgan shaxs aniqlandi. U 22,5 sotix yerni “auksiondan olib berishi” bahonasida 130 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganlikda gumonlanmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departamen

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro M.A. fuqaro J.Q.ning ishonchiga kirib, tuman hududidan auksion savdolari orqali 22,5 sotix yer maydoni olib berishi evaziga 130 mln so‘m mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Tekshiruv materiallariga ko‘ra, gumonlanuvchi go‘yoki Yagona Raqamli Platforma Dav Xizmati MChJ nomidan to‘lov amalga oshirilgani hamda E-AUKSION elektron tizimida g‘olib bo‘lingani to‘g‘risida qalbaki hujjatlar tayyorlab bergan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version