Jamiyat

Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilindi

Published

on


Bugungi yig‘ilishda dunyoda savdo qoidalarining tez o‘zgarishi yoki logistikadagi uzilishlar to‘xtamayotgani sharoitida to‘qimachilik tarmog‘ini rivojlantirishga alohida yondashuvlar zarurligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan Prezident Mirziyoyev Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilinishini e’lon qildi. Agentlik to‘qimachilik, charm va ipak sanoatiga mas’ul bo‘ladi.

Agentlikka investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Xolmurodov rahbarlik qiladi.

Agentlik qoshida tajribali tadbirkorlardan iborat kengash tashkil qilinadi. Agentlikning alohida jamg‘armasi bo‘ladi, davlat ko‘magi, shuningdek to‘qimachilik korxonalariga arzon aylanma mablag‘ shu jamg‘arma orqali beriladi. Jamg‘armaga 200 million dollar ajratiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version