Sport

YeChLga qur’a tashlandi: «Real Madrid» Qozog‘istonga keladi

Published

on


Bugun, 28 avgust kuni Monako shahrida Yevropa Chempionlar Ligasi umumiy bosqichiga qur’a tashlandi.

Turnirda 36 ta klub ishtirok etadi. Ular 4 ta savatga ajratilgan. Umumiy bosqichda har bir jamoa 8 tadan o‘yin o‘tkazadi. 

YeChL umumiy bosqichi o‘yinlari 16 sentyabr – 28 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarning aniq sanalari 30 avgustda ma’lum bo‘ladi.

Musobaqada birinchi marta ishtirok etayotgan Qozog‘istonning «Qayrat» klubi qur’aga ko‘ra o‘z maydonida «Real Madrid», «Bryugge», «Olimpiakos» va «Pafos» bilan o‘ynaydi. Shuningdek safarda «Arsenal», «Inter», «Sporting» va «Kopengagen» klublari bilan kuch sinashadi.

Abduqodir Husanov to‘p tepadigan «Manchester Siti» esa «Borussiya», «Real», «Bayer», «Vilyarreal», «Napoli», «Budyo-Glimt», «Galatasaroy», «Monako» kabi klublar bilan o‘ynaydi.

Quyida YeChLning to‘rtta savatidagi jamoalarni keltirib o‘tamiz.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version