Sport
YeChL. “PSJ” “Inter”ga javobsiz 5ta gol urib, o‘z tarixida ilk bor musobaqa g‘olibi bo‘ldi
Yevropa Chempionlar Ligasi 2024/2025 yilgi mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Final bahsi Germaniyaning Myunxen shahridagi “Arena Myunxen” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Fransiyaning “Pari Sen-Jyermen” jamoasi Italiyaning “Inter” klubini yirik — 5:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixida ilk bor YeChL chempioniga aylandi.
O‘yinning 12-daqiqasida Ashraf Hakimi Dezire Duening uzatmasini golga aylantirib, hisobni ochdi. 20-daqiqada Duening o‘zi ikkinchi golni, 63-daqiqada esa dublga erishib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi — 3:0.
73-daqiqada Kvaratsxeliya jamoasining to‘rtinchi golini urdi. Yakuniy hisob esa 86-daqiqada Mayulu tomonidan o‘rnatildi — 5:0.
Shu tariqa, “PSJ” o‘z tarixida birinchi marta Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Bundan tashqari, parijliklar Chempionlar Ligasi tarixida finalni besh gol farqi bilan yutgan ilk jamoa bo‘ldi
Yevropa Chempionlari Ligasi, 31 may. Final.
PSJ – Inter – 5:0
Gollar: Xakimi 12, Due 20, 63, Kvaratsxeliya 73, Mayulu 86
PSJ: Donnarumma, Hakimi, Markinos, Pacho, Mendesh (L. Ernandes 78), Vitinya, Nevesh (Mayulu 86), Ruis (Zair-Emeri 84), Due (Barkola 67), Dembele, Kvaratsxeliya (Ramush 84)
Inter: Zommer, Pavar (Bissek 54, Darmian 62), Acherbi, A. Bastoni, Dumfriz, Chalxano‘g‘li (Asllani 70), Barella, Mxitaryan (Augusto 62), Dimarko (Zalevski 54), M. Tyuram, Lautaro Martines
Ogohlantirishlar: Due 65 – Zalevski 56, M. Tyuram 69, Acherbi 71