Jamiyat

Yashnoboddagi yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

Published

on


Toshkentning Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida, Aviator savdo-ko‘ngilochar majmuasida sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng olib borilgan dastlabki o‘rganish ishlarida vayronalar ostida bir kishining jasadi topildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

FVV vakilining so‘zlariga ko‘ra, yong‘in oqibatida 2023 yilda tug‘ilgan go‘dak halok bo‘lgan. U aniq ma’lumotlar olinganidan so‘ng yana qo‘shimcha ma’lumot berilishini aytdi. Vazirlik xabar berishicha, yong‘in haqida poytaxt FVBBga 31 yanvar soat 15:47 da xabar kelib tushgan bo‘lib, soat 15:53 da qutqaruv ekipajlari voqea joyiga yetib borgan va birinchi navbatda bino ichidagi hamma odamlar evakuatsiya qilingan. Yong‘in soat 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan. 

Yong‘inni bartaraf etish ishlariga favqulodda vaziyatlar vaziri Azizbek Ikromov boshchilik qildi.

Avvalroq Korzinka supermarketlar tarmog‘i ushbu savdo markazining 1-qavatidan ijara asosida foydalanishi, yong‘in esa binoning 2-qavatida boshlanganini ma’lum qilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version