Jamiyat
Yashnobod tumanidagi oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi
Jamiyat | 09:00
643
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent shahar Yashnobod tumanida, Aviasozlar ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konida 30 noyabr kuni tush payti yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tezkor yetib kelib, yong‘in qisqa vaqt ichida o‘chirildi, jabrlanuvchilar qayd etilmadi.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Kecha, 30 noyabr kuni soat 12:41 da Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan oziq-ovqat do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani haqida 112 yagona tezkor harakat tizimi orqali shahar FVBga xabar kelib tushgan.
Ma’lumotga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 12:47 da hodisa joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 12:58 da qurshab olingan va soat 13:07 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori o‘rganilmoqda. Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.