Jamiyat

Yashnobod tumanida restorandagi yong‘in haqidagi xabar tasdiqlanmadi

Published

on


14 fevral kuni ertalab Toshkent shahri Yashnobod tumanida restoran xonasi yonayotgani haqida xabar tushgan. Hodisa joyiga yetib borgan qutqaruvchilar tekshiruv natijasida yong‘in sodir bo‘lmaganini, skuter akkumulyatorini zaryadlash vaqtida elektr simlarida qisqa tutashuv yuz berganini aniqladi.

Bugun, 14 fevral kuni soat 05:09 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasida restoran xonasi yonayotganligi to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari ko‘rsatilgan manzilga soat 05:16 da yetib borgan. Hodisa joyida o‘tkazilgan tekshiruvda restoran binosi ichidagi xonada skuter akkumulyatori zaryadlanayotgan vaqtda elektr simlarida qisqa tutashuv sodir bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holatda yong‘in sodir bo‘lmagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version